279
zonning antral, pilorik kanal qismlari va uning shu qismlardan boshlanuvchi oshqo-
zon-chambar boylami; orqadan – yuqori kavak vena bilan chap buyrak venasi,
umumiy o‘t yo‘lining retropankreatik qismi.
Oshqozon osti bezining tana qismiga quyidagi a’zolar taqalib turadi: yu-
qoridan – taloq arteriyasi; pastdan – o‘n ikki barmoq-och ichak egriligi (burilma-
si); old tomondan – oshqozonning orqa devori; orqa tomondan – oshqozon osti
bezi o‘yig‘ida joylashgan yuqorigi tutqich venalari va darvoza venasi (boshchasi
qismida), tanasining orqasida – taloq venasi va quyosh chigali joylashadi. O‘tkir
pankrea-tit xuruji vaqtida bemorning majburiy oldinga egilgan holatda o‘tirishi
yoki “to‘rt oyoqlab” turishini kattalashgan bez tanasining
quyosh chigaliga be-
rayotgan bosimini kamaytirish uchun intilish deb izohlasa bo‘ladi.
Bezning dumiga quyidagi a’zolar tegib turadi: old tomondan – oshqozon
tubi; orqa tomondan – chap buyrak hamda chap buyrak usti bezi; chapdan – taloq
darvozasi; o‘ngda – dum qismi bezning tanasiga davom etadi.
Ko‘ndalang-chambar ichakning tutqichi oshqozon osti beziga uning oldingi
yuzasi bo‘ylab duplikatura holida birikkan (177-rasm), shuning uchun o‘tkir
pankreatitda ichak parezining belgilari barvaqt namoyon bo‘ladi. Patologik holat-
larda bez boshchasining kattalashuvi natijasida, uning
orqasida yotuvchi umumiy
o‘t yo‘lining siqilishi mexanik sariqlikni keltirib chiqaradi.
Oshqozon osti bezi qorinpardaga nisbatan ikki xil joylashishi mumkin:
1) mezoperitoneal joylashishda qorinparda bez tanasining oldingi va pastki yuza-
larini qoplaydi, bunda uning boshchasi va dumi qorinparda bilan qoplanmaydi,
ya’ni retroperitoneal joylashadi; 2) “yassi” bezlarda ularning tanasi qorinparda
bilan faqat oldingi tomondan qoplangan (oshqozon osti
bezining ekstraperitoneal
joylashishi), bunda ham bezning boshchasi va dumi qorinparda bilan qoplanmay-
di. Ba’zan dum qismi intraperitoneal joylashib, taloq darvozasi bilan –
lig.
pancreatolienale orqali tutashadi.
Oshqozon osti bezi va qo‘shni a’zolarning qorinparda bilan murakkab
qoplanishi bez kasalliklari simptomatikasini belgilab beradi. Masalan, bezda hosil
bo‘ladigan psevdokistalar qorinparda eng kam qarshilik ko‘rsatadigan joylarda
paydo bo‘ladi. Ko‘pincha psevdokistalar kichik
charvi xaltasida joylashib, oshqo-
zonni yuqoriga yoki old tomonga suradi. Kista oshqozonning kichik egriligini
ezishi yoki ko‘ndalang chambar ichak tutqichi varaqlari orasidan pastga o‘sib,
ichakni pastga tomon siljiti-shi mumkin.
O‘tkir pankreatitda ba’zan patologik jarayonga bezni o‘rab turgan qorinpar-
da ham qo‘shiladi, natijada charvi xaltasida ekssudat to‘planadi.
Oshqozon osti bezi tevaragida arteriya va vena tomirlari ko‘p bo‘lib, ularn-
ing eng yiriklari umurtqa pog‘onasi bilan bezning orasida joylashgan qorin aorta-
si va pastki kavak venadir. Aortaning pulsatsiyasi oshqozon
osti beziga uzatiladi
va odatda, qorin devorining epigastral sohasini paypaslaganda yaxshi seziladi;
oshqozon osti bezi infiltratsiyaga uchraganda aortadagi tomir urishi sezilmay qola-
di. Oshqozon osti bezi kattalashgan boshchasi tomonidan pastki kavak venaning
siqilishi oyoqlarning shishishiga va qorinning odingi devoridagi venalarning ken-
gayishiga olib keladi.
Yuqori tutqich arteriyasi va venasi o‘n ikki barmoq-och ichak burilmasini old
tomondan kesib o‘tib, oshqozon
osti bezining orqasiga, uning bo‘yinchasi bilan il-
280
moq-simon o‘simtasi orasidagi o‘yiq (tarnov) orqali yuqoriga yo‘naladi. Yuqori tut-
qich venasi oshqozon osti bezining orqa tomonida taloq venasi bilan qo‘shilib, darvo-
za venasini hosil qiladi. Tomirlarning kattalashgan bez tanasi yoki boshchasi tomonidan
ezilishi assit yoki portal gipertenziyaning boshqa belgilarini yuzaga chiqaradi.
Taloq venasi oshqozon osti bezining tanasi va dumi bo‘ylab taloq darvoza-
sigacha boradi, bunda u bezdagi egatda yoki bez parenximasiga chuqurroq kirib
joylashishi mumkin.
Chap oshqozon osti venasi bezning orqasida
taloq venasiga yoki bevosita
darvoza venasiga quyiladi. Pastki tutqich venasi ham oshqozon osti bezining orqa
tomonida taloq venasi yoki yuqori tutqich venasiga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: