1. Hasharotlar yordamida changlanadigan o'simliklar berilgan qatorni aniqlang



Download 87,73 Kb.
bet1/7
Sana23.01.2022
Hajmi87,73 Kb.
#404388
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 Biologiya 6-sinf mavzulashgan test

Biologiya 6-sinf.



GULLA

1. Hasharotlar yordamida changlanadigan o'simliklar berilgan qatorni aniqlang.

A) nok, beda B) suli, tol

C) oqquray, kartoshka D) terak, tol

2.Gulli o'simliklarda tuxum hujayra qayerda yetiladi ?

A) urug'chi tumshuqchasida

B) changchi changdonida

C) urug'chi tugunchasida

D) urug'chi ustunchasida

3. Isfarak gulining tuzilishiga mos belgini aniqlang.

A) to'g'ri gul B) qiyshiq gul

C) ikki uyli D) bir uyli

4. To'pgulli o'simliklarni ko'rsating.

1. olma 2. makkajo'xori 3, yong'oq 4.g'o'za 5. binafsha 6. qoqio't 7.zubturum.

A) 4.6.7 B) 4.5.7

C) 1.5.7 D) 1.2.3.6.7

5. Guli gulpoyaning uchidagi savatchada joylashgan o'simlikni belgilang.

A) lolaqizg'aldoq B) sabzi

C) makkajo'xori D) karrak

6. O'simlikning jinsiy organlariga nimalar kiradi?

A) gul, ildiz, barg B) barg, urug'

C) urug',gul D) urug', poya, gul

7. Murtak xaltasida qanday hujayralar yetiladi va urug'lanishdan so'ng nimalar hosil bo'ladi?

A) tuxum, sperma, urug'palla, murtak

B) tuxum, markaziy hujayra, murtak, endosperma

C) sperma, murtak, endosperma, vegetativ hujayra

D) sperma, generativ murtak, endosperm

8. Savatcha to'pgulli o'simlikni belgilang?

A) yeryong'oq, yong'oq

B) beda, karam

C) bo'tako'z, bo'ztikan

D) kamxastak, sachratqi

9. O'zidan changlanish ....... sodir bo'ladi.

A) gullaming rang-barangligi, nektarli bo'lsa

B) chang va urug'chilar bir vaqtda yetilsa

C) gullar ko'rimsiz, hidsiz bo'lsa

D) chang va urug'chilar har-xil vaqtda yetilsa

10. Oqquray o'simligi qanday changlanadi?

A) o'z-o'zidan

B) shamol yordamida

C) qushlar yordamida

D) hasharotlar yordamida

11. Gul tugunchasida bir nechta urug'kurtagi bo'lgan o'simliklar guruhini ko'rsating.

A) g'o'za, olcha, shaftoli

B) o'rik, ko'knori, behi

C) g'o'za, ko'knori, anor

D) ko'knori, gilos, olma

12. To'pguli murakkab shingil bo'lgan o'simliklarga misol keltiring.

A) karam, rediska, achambiti

B) otquloq.kelinsupurgi, sholi

C) uzum, karam, siren

D) yong'oq, terak, tol

13.Qo'sh urug'lanish qaysi o'simlik turiga mansub?

A) faqat ochiq urug'li o'simliklarga

B) ochiq va yopiq urug'li o'simliklarga

C) sporali, ochiq urug'lilarga

D) faqat gulli o'simliklarga

14. Bitta o'simlikda ham changchi, ham urug'chi guli bo'lgan osimliklarni aniqlang.

A) qovoq, bodring, pomidor, tarvuz, yeryong'oq

B) gilos, olcha, qovun, bodring, terak

C) qovun, tarvuz, bodring, qovoq,yong'oq

D) makkajo'xori, bug'doy, tol, gilos, qovoq

15. Qurttana o'simligining to'pguli qanday ataladi ?

A) oddiy shingil

B) murakkab shingil

C) ro'vak D) qalqon

16. Gullar changlangandan va urug'langan-dan keyin urug' kurtakdan nima hosil bo'ladi?

A) meva B) urug`

C) endosperm

D) urug' po'sti

17. Urug`langan markaziy hujayradan nima hosil bo'ladi?

A) urug` po'sti B) urug' murtagi

C) endosperm D) meva

18. Gullari ikki jinsli o'simliklar guruhini toping.

A) lola, g'o'za, o'rik

B) terak, tol, g'o'za

C) lola, bodring, yong'oq

D) tol, o'rik, terak

19.Gulning qaysi qismi eng muhim hisoblanadi?

A) kosachabarg, changchi

B) tojbarg, kosachabarg

C) gulqo'rg'on , changchi

D) changchi, urug'chi

20 Achambiti o'simligining to'pguli qanday ataladi?

A) ro'vak B) oddiy soyabon

C) qalqonsimon D) oddiy shingil

21. Qaysi o'simliklarning guli to'pgul o'qida bandsiz joylashgan?

A) zubturum, makkajo'xori

B) rediska, qurttana

C) shashir ,bodiyon

D) ituzum, zubturum

22. O'simliklarning urug'i gulning qaysi qismidan hosil bo'ladi?

A) gulo'rni B) urug'kurtak

C) murtak D) urug'chi tugunchasidan

23. Qiyshiq gulli o'simliklar guruhi berilgan qatorni aniqlang.

A) na'matak, do'lana, marmarak

B) burchoq, binafsha, olcha

C) kiyiko’t, burchoq, loviya

D) olcha, marmarak, beda

24. Qiyshiq gulli o'simliklar berilgan qatorni aniqlang.

A) burchoq, kiyiko't, behi

B) gladiolus,nastarin, gunafsha

C) isfarak, beda, na'matak

D) marmarak, isfarak, shaftoli

25. Qaysi o'simliklarning gullari to'pgul o'qida uzun bandi orqali birikkan?

A) olma, nok, gilos

B) zubturum, makkajo'xori

C) karam, rediska, jag'-jag

D) tok, sholi, sachratqi

26. Chang hujayralari nechta va qanday hujayralardan tashkil topgan?

A) ikkita, yirik genarativ, mayda vegetativ

B) uchta, ikkita yirik generativ, bitta yumaloq vegetativ

C) ikkita, yirik vegetativ, mayda generativ

D) bitta, yupqa pardali

27. Oddiy to`pgulda...

A) to'pgul har-xil rangda bo'ladi

B) to'pgul o'qi shoxlangan

C) to'pgul o'qi shoxlanmagan

D) to'pgul bir xil tekislikda joylashgan

28. Gul nima? U qanday qismlardan tuzilgan?

A) jinsiy ko'payish a'zosi, gulband, gulo'rni, gulqo'rg'on changchi, urug'chi

B) jinsiy ko'payish a'zosi, gulband, gulqo'rg'on, changchi, urug'chi

C) jinsiy a'zo, gulo'mi, gulqo'rg'on, changchi, urug'chi, urug'

D) jinsiy a'zo, gulband, changchi, urug'chi, ustuncha, tuguncha

29. Quyidagi donli ekinlardan qaysi birlarining gullari ro'vak to'pgulda joylashgan?


1. sholi; 2. arpa; 3. oqjo'xori;

4. makkajo'xori; 5. tariq; 6. javdar;

7. g'umay

A) 4.6.7 B) 2.1.7

C) 4.6.3 D) 1.5.7

30.Suli, sholi, terak kabi o'simliklar qanday to'pgul hosil qiladi?

A) ro'vak B) boshoq

C) so'ta D) shingil

31.Oddiy gulqorg'on deb nimaga aytiladi?

A) gulqo'rg'on kosacha, va tojbargdan tashkil topgan

B) gulqorg'on bo`laklarim'ng asosan rangi bir xil bo`lsa

C) gulqorg'on bo'laklari asosan rangi har xil bo'lsa

D) gulqorg on bolaklari halqa va spiral holatda joyiashsa

32. Gulli osimliklarda tuxum hujayra qayerda yetiladi ?

A) urug'kurtakdagi murtak xaltasida

B) urug'kurtakdagi arxegoniyda

C) urug'kurtakning tugunchasida

D) tugunchadagi arxegoniyda

33. Quyidagi berilgan o'simliklarga mos to'pgullar berilgan javobni aniqlang.

1. yong'oq; 2. ituzum; 3. ermon; 4. zubturum; a) oddiy boshoq b) murakab shingil v) kuchhala g) oddiy shingil d) savatcha

A) 1-d 2-a 3-v 4-g B) l-v 2-g 3-b 4-d

C) l-g 2-d 3-a 4-v D) l-v 2-b 3-d 4-a

34. Eng kichik gulli o'simlik berilgan javobni aniqlang?

A) Volfiya B) Raffleziya Arnoldi

C) Kalifomiyadagi sekvoyadendron

D) Avstraliyadagi evkalipt

35. Gulli o'simliklarning spermalari qaysi hujayradan hosil bo'ladi?

A) markaziy B) vegetativ

C) plazmatik D) generativ

36. Shamol yordamida changlanadigan o'simliklarning guli uchun xos belgilar berilgan qatorni aniqlang.

A) gultojibarglari yirik, rangi xilma - xil, xushbo'y

B) guli mayda, ko'rimsiz, rangsiz, hidsiz, changlari yengil

C) guli mayda, chiroyli, xushbo'y, ko'p nektar ajratadi

D) gulqorg'oni murakkab, xushbo'y, chiroyli

37. Changlanish va urug'lanishdan so'ng urug'kurtak va tugunchadan nima hosil bo'ladi?

A) meva va urug'

B) urug' va meva C) faqat urug'

D) har ikkalasidan urug'

38. Terakning changchili, urug`chili gullari qayerda joylashadi?

A) bitta o'simlikda

B) boshqa-boshqa o'simlikda

C) gullari jinssiz

D) faqat yangi novdada

39.0'simliklarda sun'iy changlash otkazishdan maqsad nima?

A) yangi nav yaratish, hosildorlikni oshirish

B) kasalikka chidamli o'simliklar navini yaratish

C) hosildorlikni oshirish

D) o'simliklarni yangi navini yaratish

40. Gulni urug'chisi necha qismdan iborat?

A) 2 B) 1 C) 4 D) 3

41. Murakkab gulqo'rg'onda qanday qismlar bo'ladi ?

A) ostkosa, kosacha, tojbarg

B) kosacha, changchi

C) tojbarg, changchi, urug'chi

D)ostkosa, kosachabarg, tojbarg, changchi, urug'chi

42. Gulning qaysi qismi g'ovak bo'ladi?

A) changchi ipi

B) urug'chi tumshuqchasi

C) urug'chi ustunchasi

D) gulo'rni

43. Qaysi osimliklarda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar to'pgul o'qiga navbat bilan joylashadi?

A) olma, nok

B) zubturum, makkajo'xori

C) qurttana, rediska D) sabzi, ukrop

44. Qaysi o'simliklarning bir tupida ikki xil to'pgul bo`ladi?

A) sholi B) kelinsupurgi

C) makkajo'xori D) nastarin

45. Savatcha to'pgulli o'simliklarni aniqlang.

1. g'o'za; 2. olma; 3. sabzi; 4. bo'tako'z; 5. dastargul; 6. qo'qongul; 7. bodring

A) 1.2.3 B) 2.3.4

C) 4.5.6 D) 5.6.7

46.Guli oddiy gulqorg'onli bo'lgan o'simlik guruhini belgilang.

1. qo'ypechak; 2. lola; 3. olma;

4. g'o'za; 5. chuchmoma; 6. nok;

7. gulsafsar

A) 1.2.7 B) 2.3.5 C) 4 1 6 D) 7.2.5

47. Urug' tugunchasiga bir nechta chang naychasi o'sib kiradigan o'simliklarni aniqlang?

A) bug'doy, arpa, sholi

B) olma, o'rik, ko`knori

C) g'o'za, ko'knori, olma

D) sholi, makkajo'xori, kamxastak

48. Gul urug`chisidagi qaysi qismining ichi govak bo'ladi?

A) ustuncha B) tuguncha

C) tumshuqcha D) a va c

49. Zubturumni to'pguli qanday bo'ladi?

A) oddiy boshoq

B) murakkab boshoq

C) qalqonsimon

D) murakkab soyabon

50. Qanday to'pgullar oddiy va murakkab bo'ladi ?

A) soyabon, shingil, boshoq

B) kuchala, savatcha, boshoq

C) soyabon, qalqon, kuchala

D) qalqon, shingil, boshoq

51. Ikki uyli, ayrim jinsli gulga ega bo'lgan o'simlikni aniqlang.

A) tol, terak, ismaloq

B) tut, qovoq, anjir

C) chinor, ismaloq, terak

D) jiyda, qovoq, tol

52. Gulqo'rgon bo'laklari qo'shilgan gullarga qaysilar kirishini aniqlang?

1. qo'ypechak; 2. lola; 3. marmarak; 4. g'o'za; 5. nok; 6. o'sma;

7. karnaygul

A) 1.3.7 B) 1.2.3 C) 2.4.6 D) 3.6.7

53. Gulo'rinda gul bo' laklarining halqa shakiida joylashish tartibini belgilang.

1. kosacha; 2. tojbarg; 3. changchi;

4. urug'chi

A) 2.3.4.1 B) 1.3.2.4

C) 1.2.3.4 D) 4.3.2.1

54. Qaysi o'simlikning soyabon to'pguli shoxlangan to'pgulda

bo'ladi ?

A) bodiyon B) qurttana

C) piyoz D) pimula

55. Endosperm qaysi hujayralarning qo'shilishidan hosil bo'ladi?

A) tuxum - sperma

B) markaziy- sperma

C) tuxum - sperma

D) zigota-urug'kurtak

56. Ukrop, sabzi kabi o'simliklarning to'pgulini aniqlang?

A) savatcha B) oddiy shingil

C) murakkab boshoq

D) murakkab soyabon

57.Changlanishni qanday xillari mavjud ?

A) o'z-o'zidan, qo'sh changlanish

B) chetdan, o'z-o'zidan, sun'iy

C) qo'sh,o'z-o'zidan, sun'iy changlanish

D) qo'sh, chetdan changlanish

58. Kuchala to'pgulli o'simliklar guruhini toping ?


A) oqqayin, sholi, akatsiya

B) yong'oq, terak, tol

C) zubturum, terak, ituzum

D) qamish, otquloq, rovoch

59. Qanday gullar to'g'ri gullar deyiladi?

A) gul asosidan boshlanib ikkitadan ortiq teng bo'lakka ajralsa

B) gul asosidan boshlanib umuman teng bo'lakka ajiralmasa

C) faqat teng bo'lakka ajralsa

D) gul qismlari gul o'rnida qiyshiq holatda joylashsa

60. Qanday gullar qiyshiq gullar deyiladi?

A) gul asosidan boshlanib ikkitadan ortiq teng bo'lakka bo'linsa

B) gul asosidan boshlanib teng bo'lakka ajiralmasa

C) gul asosidan bir nechta simmertik chiziq o'tkazib bo'lsa

D) oddiy gulqo'rg'onli o'simliklarga

61. Guli to'g'ri bo'lgan o'simliklar qatorini ko`rsating.

A) gladiolus, rayhon, isfarak

B) burchoq, rayhon, marmarak

C) o'rik, olma, nok

D) kiyiko't, nastarin, olma

62. Bo'tako'z o'simligining to'pguli qanday bo'ladi?

A) oddiy shingil B) kuchala

C) savatcha D) qalqonsimon

63. Murakkab to'pgulli o'simliklami belgilang. 1. kelinsupurgi;

2. gilos; 3. nastarin; 4. jag' – jag`;

5. bodiyon; 6. karrak;

7. zubturum; 8. rediska;

A) 8.7.1.4 B) 1.3.5.6

C) 3.5.6.7 D) 2.3.4.6

64. Qaysi o'simliklar guruhida gulqo'rg'oni tangachalarga aylangan

A) tol,terak,tut

B) lola, atirgul, nok

C) olma, shaftoli, o'rik

D) yantoq, qulupnay, tut

65. Qanday to'pgul oddiy shingil deyiladi?

A) gullari to'pgul o'qiga bandsiz biriksa

B) gullari to'pgulga uzun bandi bilan biriksa

C) gullari to'pgulga kalta bandi orqali biriksa

D) gullari har xil uzunlikda biriksa

66. Gullning gulqo'rg'oni qanday vazifani bajaradi?

A) chang donachalarini shakllantiradi

B) changlanishni ta'minlaydi

C) urug'lanish jarayonini ta'minlaydi

D) yetilmagan changchi va urug'chini himoya qiladi

67. Qanday o'simliklar ikki uyli o'simliklar deb ataladi?

A) bitta o'simlikda ham changchi, ham urug'chi gullar joylashgan bo'lsa

B) bitta o'simlikda ikki jinsli gullar bo'lsa

C) changchi guli boshqa o'simlikda, urug'chi guli boshqa o'simlikda bo'lsa

D) shamol yordamida changlanadigan o'simliklar

68. Qiyshiq gulli o'simliklar qatorini belgilang.

A) olma, o'rik, ajriq

B) bug'doy, kungaboqar, gilos

C) beda, rayhon, loviya

D) behi, shaftoli, na'matak

69. Guli oddiy gulqo'rg'onli o'simliklarda gulqo'rg'orn bo'laklarining...

A) rangi bir xil B) shakli har xil

C) rangi har xil D) shakli bir xil

70. Gulqorg'oni oddiy bo'lgan o'simliklar guruhini aniqlang.

A) lola, do'lana, shirinmiya

B) akatsiya, na'matak, atirgul

C) lola, chuchmoma, gulsafsar

D) olvoli, burchoq, mosh

71. Qiyshiq gullar asosidan boshlanib...

A) ikkitadan ortiq bo'lakka ajraladi

B) faqat teng ikkita bo'lakka ajraladi

C) qo'shilib o'sadi

D) qo'shilmasdan o'sadi

72. Kuchala to'pgulli o'simliklar guruhini aniqlang.

A) pista, bodom B) yong'oq, tol

C) oqqayin, bodiyon D) tol, qoqio't

73.Qaysi o'simliklar guruhi shamol yordamida changlanadi?

A) arpa, yong'oq, terak

B) terak, akatsiya, go`za

C) olma, beda, suli

D) tol, oqquray,beda

74. Qashqarbedaning to'pguli ?

A) oddiy boshoq

B) oddiy soyabon

C) oddiy shingil

D) ro'vak

75. To'pgulida gulpoyasi shoxlanmaydigan o'simliklar qatorini belgilang.

A) karam, olma, uzum. ukro`p

B) piyoz, karam jag' -jag'

C) shashir, karam, jag'-jag', ukro'p

D) piyoz, oima, nastarin, makkajo'xori

76. Gulqo`rg`oni murakkab shingil bo`lgan o'simlikni aniqlang.

A) jag` B) rovoch

C) sebarga D) tobulg'i

77. Gullari ayrim jinsli o'simliklar guruhini aniqlang.

A) shuvoq, ismaloq

B) aloe, agava

C) oshqovoq, turkiston ismalog'i

D) ebalak, jag'-jag .

78. Yong'oqning changchi va urug'chi gullari qayerda joylashgan?

A) boshqa - boshqa o'simlikda joylashgan

B) bitta o'simlikda joylashgan

C) faqat eski novdalarda

D) asosiy poyaning tanasida

79. Guli bir jinsli o'simlikni belgilang.

A) gazanda B) o'rik

C) gladiolus D) behi

80. Qaysi o'simlikalrning guli oddiy gulqo'rg'onli?

A) lola, yong'oq

B) chuchmoma, gulsafsar

C) gulsafsar, na'matak

D) g'o'za, olma

81. To'g'ri gulli o'simlik -...

A) angishvonagul B) arpa

C) suvyig`ar D) burchoq

82. Gulning barcha a'zolari joylashgan qismi qanday nomlanadi?

A) gulo'rni B) gulkosacha

C) tuguncha D) ustuncha

83.Gulning qaysi qismi uch qismdan iborat?

A) gulqo'rg'on B) changchi

C) gulo'rni D) urug'chi

84. Qaysi o'simlikni guli boshqa o'simlik po'stlog'i orasiga kirib, uning shirasi hisobiga yashaydi?

A) volfrya B) baobab

C) seyshel D) Raffleziya arnoldi

85. Urug'kurtakdagi qaysi hujayralarning qo'shilishidan murtak hosil bo'ladi?

1. vegetativ; 2. generativ; 3. markaziy; 4. sperma; 5. tuxum

A) 1.2 B) 3.4 C) 3.2 D) 4.5

86. Bir yillik ayrim jinsli o'simliklami aniqlang.

1. qovoq; 2. tol; 3. ismaloq; 4. terak;

5. makkajo'xori; 6. behi; 7. archa;

8. qovun

A) 1.2.3.4 B) 1.3.4.5

C) 1.3.5.8 D) 1.2.4.7

87. Bir yillik o'simliklami ko'rsating?

A) suli, shashir B) terak, tol

C) makkajo'xori, bodring

D) makkajo'xori, iloq

88. Murakkab boshoq (1) murakkab shingil (2) to'pgullari qaysi o'simlikaxos?

a) otquloq b) rovoch c) sholi d) arpa e) javdar f) bug'doyiq j) zubturum

A) l-a,b,g; 2-d,e,f B) l-a,e,f; 2-d b,c

C) l-d,c,e; 2-a,b,f D) l-d,e,f; 2-a,b,c

89. To'pguli - ro'vak o'simliklar guruhini aniqlang.

A) karam, oq akatsiya, zubturum

B) sholi, suli, oqjo'xori

C) bug'doyiq, ajriq, kungaboqar

D) g'umay, bug'doy, oqso'ta

90. Bir jinsli bir uyli. (I) va bir jinsli ikki uyli (II) o'simliklami aniqlang.

a. shaftoli; b. makkajoxori; c. tol; d. terak. f. arpa g. olma; e. gazanda; j. oshqovoq

A) I- a,b,g,j; II-c,d,f,e

B) I-b,j; II-c,d,e

C) I- a,b,g,j; II-c,d,e

D) I-b,j; II-a,b,c,d,e

91.0ddiy shingil to'pgulli o'simlikni ko'rsating.

A) qashqarbeda B) nastarin

C) qamish D) ituzum

92. Qaysi o'simlik o'zidan qo'lansa hid tarqatadi?

A) raffleziya B) yantoq

C) suv qaroqchisi D) archa va terak

93. To'pgul hosil qilmaydigan o'simlikni toping.

A) behi B) olma

C) karrak D) sebarga

94. Makkajo'xorining so'tasida ... to'plangan.

A) changchi gullari

B) urug'chi gullari

C) urug'chi va changchi gullari

D) jinssiz gullar

95. Qaysi o'simliklarning gulqo'rg'on bo'laklari qo'shilgan (1) yoki qo'shilmagan (2) ? a) marmarak

b) angishvonagul c) boychechak

d) o' sma

A) l-a,b/ 2-c,d B) l-c,d/ 2-a,b

C) l-a,d /2-b,c D) l-a,c /2-a,d

96. Qaysi o'simliklar uchun bir jinsli gul xos ?

A) tut, qayin B) gazanda, gilos

C) terak, lola D) tol,o'rik

97. Olma, nokning gullari qanday to'pgulga yig'iladi ?

A) murakkab boshoq

B) murakkab qalqon

C) oddiy soyobon

D) oddiy qalqon

98. Yong'oq, oq qayin kuchalasi boshoqdan nima bilan farqlanadi?

A) asosiy gul poyasining osilib turishi bilan

B) ikki jinsli gullardan iboratligi bilan

C) urug'chi gullaridan iboratligi bilan

D) barcha javoblar to'g'ri

99. Urug'chining qaysi qismi changlarni ushlab qoladi?

A) tuguncha B) ustuncha

C) tumshuqcha D) gulqo'rg'on

100. Yong'oq uchalasida ........ to'plangan

A) urug'chi va changchi gullari

B) urug'chi gullari

C) jinsiz gullar D) changchi gullar

101. Qaysi o'simlikning to'pguli boshoqqa o'xshaydi, lekin asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi? 1.sholi 2.yong'oq

3. qamish 4.otquloq 5.oq qayin

6. ukrop

A) 2,5,7 B) 1,2,7 C) 3,5,7 D) 2,4,7

102. Shamol yordamida changlanmaydigan o'simlikni toping.

A) yong'oq B) sholi

C) oqquray D) arpa

103. Qiyshiq gulli o'simlikni aniqlang.

A) burchoq, suvyig'ar

B) suvyig'ar, angishvonagul

C) rayhon, kiyiko't D) parpi, lola

104. Yong'oq, terak o'simliklarining gullariga xos belgilarni aniqlang.

A) gulqo'rg'oni oddiy, tojsimon

B) gulqo'rg'onsiz

C) gulqo'rg'oni murakkab

D) gulqo'rg'oni oddiy, kosachasimon

106. Bodiyon osimligining gullari qanday to'pgulga yig'ilgan?

A) murakkab shingil

B) savatcha

C) oddiy shingil

D) murakkab soyabon

107. Olma, nokning gullari qanday to'pgulga yig'ilgan?

A) murakkab boshoq

B) murakkab qalqon

C) oddiy qalqon

D) oddiy soyabon

108.O'rik gulining urug'kurtak po'stidan mevaning qaysi qismi hosil

bo'ladi?

A) meva devori B) meva eti .C) urug' D) urug' po'sti

109. G'o'za gulining tuzilishini ketma- ketlik asosida belgilang? 1. urug'chisi 2. changchilari; 3. ostkosachasi; 4. tojibarg;

5. kosachasi; 6. urug'kurtagi

A) 3.5.4.2.1.6 B) 1.2.3.4.5.6.

C) 2.3.4.5.6.1 D) 3.4.1.2.6.5

110. Qaysi o'simlikning to'pguli boshoqqa o'xshaydi, lekin asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi?

1) sholi; 2) yong'oq; 3) qamish;

4) otquloq; 5) oq qayin;

6) ukrop; 7) tol

A) 1,2,7 B) 2,4,7

C) 2,5,7 D) 3,5,7

111. Shamol yordamida changlanmaydigan o'simlikni toping.

A) arpa B) sholi

C) oqquray D) yong'oq

112. Quydagi o'simliklar orasida hasharotlar yordamida changlanadigan o'simlikni toping.

A) arpa B) sholi

C) oqquray D) yong'oq

113. Mevasi chatnaydigan o'simlikni aniqlang. A) suli B) jag'-jag'

C) zarang D) makkajo'xori

114. Qaysi o'simliklarning mevasi oziq-ovqat sifatida foydalanilmaydi?

A) kartoshka, sabzi, karam

B) qo'noq, uzum, na'matak

C) qo'noq, loviya, no'xat

D) loviya, sabzi, zira

115. Qaysi o'simliklarning urug'i mevaning ichki bosimi yoki pallalarning chatnashi, buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi ?

1) shumtol; 2) yorongul; 3) burchoq;

4) baliqko'z; 5) boyalich; 6) xina; 7) cherkez; 8) o'qotar bodring

A) 2,3,6,8 B) 1,4,5,7

C) 2,4,6,8 D) 1,5,7,8

116. Ermon shuvog'i o'simligining gullari qanday to'pgulda joylashgan?

A) murakkab qalqon

B) oddiy shingil

C) savatcha D) murakkab soyabon

117. Bodiyon o'simligining gullari qanday to'pgulda yig'ilgan ?

A) murakkab shingil

B) oddiy shingil

C) savatcha

D) murakkab soyabon

118. Quyida meva xillari berilgan, ularni mos o'simliklar bilan juftlang.

1) don; 2) ko'sak; 3) qo'zoqcha; 4) rezavor; 5) qanotchali; 6) dukkak a) qayrag'och; b) beda; c) boychechak; d) makkajo'xori;

e) achambiti; f) ituzum

A) l-d, 2-c, 3-e, 4-f, 5-a, 6-b

B) l-d, 2-c, 3-b, 4-e, 5-a, 6-f

C) l-d, 2-a, 3-b, 4-f, 5-c, 6-e

D) l-d, 2-e, 3-c, 4-f, 5-b, 6-a

119. Unig'chining qaysi qismi changlarni ushlab qoladi?

A) tumshuqcha

B) ustuncha

C) tuguncha

D) gulqo'rg'on

120. Yong'oq, terak o'simliklarining gullariga xos belgini aniqlang.

A) gulqo'rg'oni murakkab

B) gulqo'rg'oni oddiy, kosachasimon

C) gulqo'rg'oni oddiy, tojsimon

D) gulqo'rg'onsiz

121. Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkin?

A) o'simlikning hayotiy shaklini

B) meva turini

C) qaysi oilaga mansubligini

D) yashash muhitini

122. Achambitining ikkinchi nomini aniqlang. A) qoraqobiq B) jag'-jag'

C) xarduma D) ajriq

123. Qaysi o'simliklarga bir jinsli gul xos?

A) tut, qayin B) tol, o'rik

C) terak, iota D) gazanda, gilos

124. To'pgulli o'simliklarni ko'rsating.

1) olma; 2) makkajo'xori; 3) yong'oq;

4) ko'knor; 5) g'o'za; 6) binafsha;

7) qoqio't; 8) zubtunim

A) 4,5,6 B) 4,6,8

C) 1,2,3,7,8 D) 1,5,7

125. Gulning barcha a'zolari joylashgan qismi qanday

nomlanadi ?

A) gulqo'rg'on B) tuguncha

C) gulo'rin D) gulkosacha

126. Qaysi o'simliklarning guli oddiy gulqo'rg'onli ?

A) chuchmoma, gulsafsar

B) lola, yong'oq

C) g'o'za, olma

D) gulsafsar, na'matak

127. Guli bir jinsli o'simlikni belgilang.

A) o'rik B) gazanda

C) behi D) gladiolus

128. Gullari qiyshiq tuzilishga ega o'simlikni toping.

A) parpi, paq-paq, angishvonagul, olma

B) parpi, gunafsha, angishvonagul, isfarak

C) gunafsha, isfarak, karnaygul,

jag'-jag"

D) tobulg'i, bangidevona, kamxastak

129. Kuchala to'pguli qaysi to'pgulga o'xshaydi?

A) savatcha B) shingil

C) soyabon D) boshoq

130. To'g'ri gulli o'simlik

A) parpi B) angishvonagul

C) burchoq D) suvyig'ar

131. Gk0Gt(5)Ch(5)U(2) gul formulasi qaysi o'simlikka xos?

A) achambiti B) sachratqi

C) olxo'ri D) sassiq kovrak

132. Qaysi to'pgul atrofi o'rama bargchalar bilan o'ralgan?

A) savatcha B) murakkab shingil

C) kuchala D) soyabon

133. Bir jinsli (1) va ikki jinsli (2) gulga ega bo'lgan o'simliklarni aniqiang.

a) tut; b) tol; c) Turkiston ismalog'i;

d) shaftoli; e) gladiolus; f) na'matak

A) 1-b,c,d; 2-a,e,f

B) 1-a,b,e,f; 2-a,b,c

C) 2-a,d,f; 2-b, c,e

D) 1-a,b,c; 2-d,e,f

134. Qaysi o'simlikning guli boshqa o'simlikning po'stlog'i orasiga kirib, uning shirasi hisobiga yashaydi?

A) Raffleziya Arnoldi B) volfiya

C) qo'g'a D) suv qaroqchisi

135. Qaysi o'simliklaming gulqo'rg'on bo'laklan qo'shilgan

(1) yoki qo'shilmagan (2) ?

a) mannarak; b) angishvonagul;

c) boychechak; d) o'sma;

A) 1-a,d; 2-b,c B) 1-a,c; 2-b,d

C) 1-a,b; 2-c,d D) 1-c,d; 2-a,b

136. Makkajo'xorining so'tasida ... to'plangan.

A) changchi gullari .B) urug'chi gullari

C) urug'chi va changchi gullari

D) jinssiz gullar

137. Yong'oq kuchalasida ... to'plangan.

A) changchi gullari

B) urug'chi gullari

C) urug'chi va changchi gullari

D) jinssiz gullar

138. Qo'sh urug'lamshdan keyin tuxum hujayradan (1), markaziy hujayradan (2), urug'kurtakchadan (3), urug'kurtakchaning po'stidan (4) nima rivojlanadi?

a) murtak; b) endosperm; c) urug'; d) urug'ni o'rab turadigan po'st; e) mevani o'rab turadigan po'st; f) meva.

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c

C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-c

D) 1-b, 2-f, 3-a, 4-e

139. Spermalar gulning qaysi qismidan rivojlanadi ?

A) urug`chi tugunchasidan

B) urug`chi tumshuqchasidan

C) changchi ipidan

D) chang donachasidan

140. Ikki uyli bo`lmagan o`simlikni aniqlang ?

A) makkajo`xori B) tol

C) archa D) gazanda

141. Bir gramm asal yig`ish uchun bitta asalari nechta gulga qo`nadi ?

A) o`nlab B) yuzlab

C) minglabD) o`n minglab

142. Quyidagilarning qaysi biri kishini o`ziga jalb etadi ?

A) o`simliklar ildizining suv ahtarib bir necha metr chuqurlikka kirib borishi

B) o`simliklarning changlanishida tashqi muhit bilan bog`liqlik

C) o`simlik meva va urug`larining turli yo`llar bilan uzoq masofalarga tarqalishi

D) barcha yashil o`simliklarda yorug`lik ta'sirida fotosintez jarayonining borishi

143. Nechta gul birlashib oddiy boshoqchani hosil qiladi ?

A) bir-ikkita B) ikki-uchta

C) uch-to`rtta D) bir nechta

144. Mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashgan o`simlikni belgilang.

A) tok B) sholi

C) zubturum D) shuvoq

145. Nastarinning gullari qanday to`pgul hosil qiladi ?

A) savatcha B) shingil

C) soyabon D) ro`vak

146. Gulning qaysi qismi joylashishiga ko`ra ostki va ustki bo`ladi ?

A) tuguncha B) changchi

C) tojibarg D) barchasi

147. Ikki uyli o`simlik berilgan javobni belgilang ?

A) olma B) gazanda

C) oshqovoq D) makkajo`xori

148. To`g`ri gulli o`simlikni belgilang.

A) gunafsha B) suvyig`ar

C) nastarin D) parpi

149. Qaysi o`simlikning mayda gullari uzun gulpoyaga bandsiz joylashadi ?

A) sabzi B) tol

C) ermon D) zubturum

150. O`simliklarni sun`iy changlatishdan nima maqsadda foydalaniladi ? 1. tez pishib yetiltirish; 2. xosildorlikni oshirish; 3. o`simliklarni yangi navlarini yaratish; 4. suvchizlikka chidamliligini oshirish;

5. zararkunandalarga chidamliligini oshirish.

A) 2.3 B) 1.4.5

C) 2.3.4.5 D) barchasi

151. Qo`sh urug`lanishdan so`ng urug`kurtak nimaga aylanadi ?

A) meva B) urug`C) endosperm D) kurtak

152. Ayrim jinsli gullar o`simlikda joylashishiga qarab qanday guruhlarga bo`linadi ?

A) bir uyli, ikki uyli

B) bir va ikki jinsli

C) bir jinsli, bir uyli

D) ikki jinsli bir uyli

153. Shamol yordamida changlanadigan ko`pgina o`simliklar ………

A) avval gullab keyin barg chiqaradi

B) avval barg chiqarib keyin gullaydi

C) bir vaqtda gullab barg chiqaradi

D) suniy yo`l bilan qo`shimcha changlantirilmaydi

154. Qaysi javobda to`g`ri gulli o`simliklar berilgan ?

A) qo`ng`iroqgul, lola, suvyig`ar

B) gunafsha, parpi, angishvonagul

C) gladiolus, nastarin, isfarak

D) angishvonagul, lola, isfarak

155. O`simliklarning qaysi organi bilan bog`liq bo`lgan turli afsonalar yaratilagn ?

A) gul B) barg C) poya D) ildiz

156. Qamish o`simligining gullari qanday to`pgulda joylashgan ?

A) ro`vak B) savatcha

C) boshoq D) soyabon

157. Generativ hujayradan nima hosil bo`ladi ?

A) ikkita sperma B) chang yo`li

C) urug` devoir D) meva eti



Download 87,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish