1. Adir o‘simliklari. Tog‘ mintaqasi



Download 47,5 Kb.
bet1/3
Sana06.08.2022
Hajmi47,5 Kb.
#846541
  1   2   3
Bog'liq
geografiyadan referat


6-sinf o’quvchisi ________________________________________________ning
Geografiya fanidan
ADIR, TOG‘ VA YAYLOV O‘SIMLIKLARI. JANUBIY OSIYO” mavzusida yozgan


Mavzu: ADIR, TOG‘ VA YAYLOV O‘SIMLIKLARI. Janubiy Osiyo
Reja:
1. Adir o‘simliklari.
2. Tog‘ mintaqasi
3. Alp o‘tloqlari
4. Geografik o‘rni
5. Himolay tog‘lari.
6. Hind-Gang pasttekisligi.
7. Hindiston yarimoroli
Adir o‘simliklari.Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi. Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar —qo‘ziquloq va oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z o‘sadi. O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Torbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Tyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Torbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor. Tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200 —1500 m dan 2800 — 3000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan. Tog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi). Tog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tiðga: tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish mumkin. Tog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘ziquloq, astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na’matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na’matakjuda keng tarqalgan bo‘lib, na’matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na’matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Tyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Tojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin. Tog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir. Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Tyanshan va Torbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor. O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Tyanshan, Hisor va Janubiy Tojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodomva do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, toko‘sadi. Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Tyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan. Yaylov o‘simliklari.Tog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba’zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 — 600 mm atrofida o‘zgarib turadi. Tog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Subalp o‘tloqlaridao‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.

Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish