HIND OKENIGA UMUMIY TAVSIF
REJA:
1.HIND OKEANINING GEOGRAFIK O`RNI
2. HIND OKEANINING O`SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI
3. HIND OKEANINING FOYDALI QAZILMALARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.HIND OKEANINING GEOGRAFIK O`RNI
Hind Okeanı - kattaligi jihatidan dunyodagi uchinchi yirik okeandir. Yer maydonining taxminan 20% egallagan. Gʻarbdan Afrika va Arabiston yarimoroli, shimoldan Osiyo, sharqdan esa Hindiston yarimoroli, Zond orollari va Avstraliya bilan oʻralgan. Yuzasi Qırmızı dengiz va Fors koʻrfazi bilan birga 73,556,000 km², hajmi 292,131,000 km³-dir.
Hind okeani — Dunyo okeanining bir qismi. Shimoliy tropik chizigidan deyarli butunlay janubida. Okeanning tabiatiga uning atrofini oʻrab olgan barcha materiklar, ayniqsa, Yevrosiyo materigi katta taʼsir koʻrsatadi. Janubiy qismida Hind okeani Atlantika va Tinch oke-anlari bilan katta masofada tutashib turadi. Atlantika okeani bilan chegarasi shargli ravishda Afrika janubidagi Igna burni meridiani (20° shq.u.), Tinch okean bilan chegarasi Tasmaniya o.dagi Janubiy burun meridiani (147° shq.u.) orqali oʻtkaziladi. \.o.ning Shimoli-sharqda Tinch okean bilan chegarasi murakkab: Malakka yarim oroldan Sumatra o. shimoliy qismiga oʻtadi, soʻngra Sumatraning janubi-gʻarbiy, Yava, Sumbava, Timor o.larining janubiy qirgoqlari boʻylab oʻtib, Yangi Gvineyaning gʻarbiy qirgʻogiga borgach, orolning janubiy qiryugʻi boʻylab oʻtib, Avstraliyaning Iork burni meridi-aniga, keyin shu meridian boʻylab Avstraliyaga boradi. Soʻngra Avstrali-yaning shim., gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlari boʻylab oʻtib, Tasmaniya o.ga boradi. Shimolidan Osiyo, garbdan Afrika va janubidan Antarktida oʻrab turadi. Hind okeani Tinch okeandan farq qilib Yer poʻstining barqaror materik tuzili-shiga ega boʻlgan palaxsalari —- Gon-dvana materigi boʻlaklari bilan oʻralgan. Faqat Shimoli-sharqda yosh, tektonik geosinklinal mintaqa bilan chegaralangan. Bu yerda tektonik harakatlar kuch-li, yer qimirlashlar tez-tez boʻlib turadi.
Hind okeani maydoni 76,17 mlp. km², kattaligi jiqatdan 3-oʻrinda. Suv hajmi 282,7 mln. km\ oʻrtacha chuq. 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond novi). Qirgʻoq chizigʻi ancha tekis, faqat shimoliy va Shimoli-sharqda egri-bugri joylar bor. Bu yerda qoʻltiq (Adan, Ummon, Fors, Bengaliya va boshqalar) va dengiz (Qizil, Andaman, Timor, Arafura va boshqalar) koʻp. Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning oʻrta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqa bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan togʻlarida marjon orollar koʻtarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqa
Hind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki janubiy tropik chizigʻi okeanning deyarli oʻrta qismidan kesib oʻtadi.
Relyefi va geologik tuzilishi. Hind okeani botigʻi ancha yosh boʻlib, mezozoy erasida qad. Gondvana materigi (quruqligi)ning parchalanishi, quruqlik palaxsalarini siljib keti-shi, qad. Tetis va Tinch okeanlari Yer poʻstining parchalanishi natijasida 70—65 mln. yillar avval hozirgi shaklini olgan. Botiqning taraqqiyot tarixi hozirgi suv osti relyefida oʻz aksini topgan. Materiklarning suv ostidagi davomi okean maydonining 30% ga yaqinini tashkil etadi. Afrikaning suv ostidagi davomi shelfning en-siz ekanligiga qaramay, Agulyas sayozligi, Mozambik, Madagaskar suv osti togʻlari hisobiga ancha keng maylonni egallagan. Madagaskar suv osti doʻngligi va Madagaskar o.ni kichik konti-nent deyish mumkin. Zambezi daryosi quyilish joyidan Somali yarim orolgacha boʻlgan materik sayozligida marjon qurilmasi koʻp. Yevrosiyo shelfi ancha keng maydonni egallagan. Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigidagi materik sayozligi, asosan, daryo choʻkindilaridan qosil boʻlgan. Hind okeanida oraliq mintaqa (materikdai okeanga tektonik oʻtish zonasi) uning Shimoli-sharqiy qismida nisbatan kichik masofada ifodalangan. Unga Andaman dengizi, Zond o.lari yoyi (Sumatra, Yava, kichik Zond o.lari), Yava, Timor, Kay botiqlari kiradi. Bu srda 30 dan ortiq vulkan mavjud. kuchli zilzilalar boʻlib turadi.
Hind okeanida okean oʻrtaliq tizmalari maydoni 17% ni gashkil etadi. Ular okean oʻrtasidan 3 yoʻnalishda davom etadi. Ara-biston, Gʻarbiy Hind, Afrika—An-tarktika, Arabiston — Hindiston, Markaziy Hind, Avstraliya—Antark-tika koʻtarilmalari Arabiston, Soma-li, Madagaskar, Mozambik, Agulyas, Kroze, Afrika—Antarktika, Markaziy, Janubiy Avstraliya, Avstraliya— Antarktika soyliklarini bir-biridan ajratib turadi. Okeanning eng chuqur joyi Yava botigʻidagi Zond novi, 7729 m.
Okean osti yotqiziqlari orasida foraminifera gili koʻp. Soyliklarning chuqur qismlarida chuqur suv qizil gillari, ekvatorial mintaqada radiolyariy gillari tarqalgan. Hind okeanida foydali qazilmalardan Markaziy soylikda temir-marganets konkretsiyalari, Afrika janubiy va Arabiston yarim orol yaqinida fosforit koʻp. Materik sayozligi qumlaridan ilmenit, rutil, sirkoniy, monatsit, magnetit ajratib olinadi. Kassiteritning sochma konlari bor. Qirgʻoqlarda qurilish materiallari: chigʻanoqli ohaktosh, shagʻal, qum, glaukonit, dolomit, ol-tingugurt olinadi. Hind okeani qavzasi, ayniqsa, Jan.-Gʻarbiy Osiyo neft va gazga boy. Okean shelf zonasida ham neft va gaz konlari topilgan.
Gidrologik rejimi. Hind okeani janubiy yarmidagi oqimlar Atlantika va Tinch okeanlardagiga oʻxshash. Subtro-pik yuqori bosim taʼsirida soat millari harakatiga teskari yoʻnalishda aylanma oqimlar tizimi yuzaga kela-di: Janubiy passat, Madagaskar, Mozam-bik, Agulyas, Gʻarbiy Shamollar, Gʻarbiy Avstraliya oqimlari. Okean shimolidagi oqimlarga musson shamollari katta taʼsir koʻrsatadi. Qishda musson oqimining eng katta tezligi 2,1—2,9 km/soatdan oshmaydi, oʻrtacha yillik tezligi 3,6 km/soatga geng. Af-rikaning Shimoli-sharqiy qirgʻogʻi yaqinida Somali oqimi vujudga keladi. Suv qalqishi yarim sutkalik va notoʻgʻri sutkalik xususiyatga ega. Eng katta suv qalqishi Kambey qoʻltigʻida (balandligi 12 m) yuzaga keladi. Hind okeanining shimoli-sharqiy chekkalari kuchli seys-mik zona boʻlganidan sunami koʻp kuzatiladi.
Hind okeanida Janubiy Hind yuqori bosim markazi, Ekvatorial past bosim markazi, Osiyo materigidagi fasliy oʻzga-ruvchan bosim markazi havo qarakatlarini belgilovchi omildir. Qishda xavo bosimi Yevrosiyodan okean markaziga tomon pasayib boradi. Okeanning shimoliy qismida qishki musson shamollari esadi. Yozda Janubiy Osiyo minimumi markazi tarkib topadi. Janubiy Hind okeani maksimumi kuchayadi. Natijada janubidan shimolga shamol esadi. Yerning oʻz oʻqi atro-fida aylanishi natijasida bu shamol Shimoli-sharqqa burilib, yozgi mussonni tashkil etadi. Shamol tezligi 8–9 m/ sek. Janubiy Hind okeani yuqori bosimi 30° dan janubidagi kengliklarda boʻladi. Antark-tika yoni past bosimli markazga yil davomida tezligi 5 m/sek. boʻlgan doimiy gʻarbiy shamollar esadi. Baʼzan shamol tezligi kuchayib, dovulga aylanadi. Kergelen o. va uning yon atrofi dunyoda dovul eng koʻp boʻladigan joy hisoblanadi. Okeanda suv harorati qavo harorati oʻzgarishiga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Suvining temperaturasi yuza qismida 20°, eng janubida 0° dan past. Eng yuqori temperatura Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida kuzatiladi: 30—32°. Shoʻrligi shimoli-gʻarbiy qismida 35,5— 36%g, Qizil dengiz va Fors qoʻltigʻida 40—41’^g, eng kam shoʻrlik Bengaliya qoʻltigʻi va Malayya o.lari atro-fida boʻlib, 30 — 34%g .Hind okeanida muzlar hosil boʻlishi Antarktida yaqinida kuzatiladi va shamol hamda oqimlar taʼsirida avgustda 55° j.k. va fevralda 65—68° j.k.largacha yetib boradi. Aysberg 40 va 80° shq.u.larda ayniqsa koʻp.
Do'stlaringiz bilan baham: |