Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. Oshqozon osti bezi ikkita manbadan qon bilan
ta’minlanadi; u qorin arteriya o‘zani (truncus coeliacus) va yuqori tutqich arteri-
yasi (a.mesenterica superior) sistemalaridan qon oladi.
Oshqozon-o‘n ikki barmoq arteriyasining tarmog‘i bo‘lgan yuqorigi oshqo-
zon osti-o‘n ikki barmoq arteriyasi o‘n ikki barmoq ichak bilan oshqozon osti
bezi boshchasining orasidagi egatda joylashib, pastga yo‘naladi va o‘ziga o‘xshash
pastki oshqozon osti-o‘n ikki barmoq arteriyasi (yuqori tutqich arteriyasining bi-
rinchi tarmog‘i) bilan anastomoz qiladi. Bu ikkala tomir oshqozon osti-o‘n ikki
barmoq arteriyasi ravog‘ini hosil qiladi. Undan radial yo‘nalishda ham o‘n ikki
barmoq ichakka ham oshqozon osti bezi boshchasiga tarmoqlar yo‘naladi. Bez-
ning tana va dum qismlari uning yuqorigi qirg‘og‘i bo‘ylab yo‘naluvchi taloq
arteriyasidan chiquv-chi 9 tagacha tarmoqlar orqali qon bilan ta’minlanadi
(181- rasm).
Oshqozon osti bezi boshchasi bilan o‘n ikki barmoq ichakning yuqorida ay-
tib o‘tilgan oldingi va orqa oshqozon osti-o‘n ikki barmoq arteriyasi ravoqlari
orqali qon bilan ta’minlanishi shu darajada o‘zaro bog‘langanki, operatsiya payti-
da, oshqozon osti bezining boshchasini ajratib olishda, unga qo‘shib o‘n ikki bar-
moq ichakni ham olib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Vena qoni yuqorida tasvirlangan arteriyalar yo‘nalishi bo‘ylab oqib ketadi.
Venoz qon oshqozon osti bezining tanasi va dumidan – taloq venasiga, bosh-
chasidan – yuqori tutqich venasiga, ya’ni darvoza venasi sistemasiga oqib ketadi.
Limfa oqishi. Bez boshchasining limfa tomirlari uning yuqori qirg‘og‘i
bo‘ylab va orqasida joylashgan limfa tugunlariga quyiladi. Dum qismidan limfa
tomirlari taloq darvozasidagi tugunlarga boradi. Bezning tanasidan limfa yuqo-
riga – yuqori pankreatik tugunlarga, o‘ngga – aorta va pastki tutqich tugunlariga,
pastga – periaortal tugunlarga yo‘naladi. Bezning limfa sistemasi o‘n ikki barmoq
ichak, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining limfa sistemasi bilan bog‘langan.
Innervatsiyasi. Oshqozon osti bezining innervatsiyasida quyidagi 6 ta nerv
chigali ishtirok etadi: 1) quyosh chigali – bezga uning yuqori qirg‘og‘i tomondan
kiradi; 2) oldingi jigar chigali; 3) orqa jigar chigali; 4) taloq chigali - bezga
tuber omentale-ning chap tomonidan kiradi; 5) yuqorigi tutqich chigali bezning
pastki qirg‘og‘idan kiradi; 6) chap buyrak chigali – bezning dumiga kiradi.
Bu nerv chigallari tegishli arteriyalar atrofida joylashadi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish