Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


QORINPARDA BO‘SHLIG‘INING PASTKI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

281
QORINPARDA BO‘SHLIG‘INING PASTKI
 QAVATIDAGI A’ZOLAR
Ingichka ichak
Ingichka ichak (intestinum tenue), oshqozonning pilorik qismidan boshlanib,
yo‘g‘on ichakka o‘tish joyida ileotsekal burchak bilan tugaydi.
Ingichka ichak 3 qismdan: o‘n ikki barmoq ichak ( duodenum), och ichak
(jejunum) va yonbosh ichak (ileum) – dan iborat. So‘nggi ikki bo‘lagi ingichka
ichakning tutqichli qismini tashkil etadi.
Ingichka ichak ovqat hazm qilish traktining eng uzun (5 sm gacha) bo‘limi
hisoblanadi: uning tutqichli qismi qorin bo‘shlig‘ining pastki qavatini deyarli bu-
tunlay egallaydi.
Ingichka ichakning diametri uning turli qismlarida bir xil emas: proksimal
qismida 4-6 sm ga teng bo‘lsa, distal qismlarida 2,5-3 sm ni tashkil etadi.
O‘n ikki barmoq ichakning o‘ziga xosligi shundaki, u deyarli butunlay qorin-
parda osti bo‘shlig‘i - spatium retroperitonealeda joylashgan bo‘lib, qorinparda
ortidagi a’zolar jumlasiga kiradi.
Ingichka ichakning qolgan qismi barcha tomondan qorinparda bilan o‘ralgan
bo‘lib, qorinparda bo‘shlig‘ida (intraperitoneal) joylashadi va o‘zining tutqichiga
(mesenterium) ega.
Klinik amaliyotda ingichka ichak deb uning o‘z tutqichiga ega bo‘lgan, in-
traperitoneal joylashgan (intestinum tenue mesenteriale), flexura duodenojejuna-
lisdan ko‘r ichakkacha davom etuvchi va o‘ziga och ichak, jejunum va yonbosh
ichak, ileum- ni oluvchi qismiga aytish qabul qilingan. Och ichak bilan yonbosh
ichak o‘rtasida aniq-ravshan chegara bo‘lmasa ham, ingichka ichak tutqichli qismi-
ning 2/5 qismi och ichakka, 3/5 qismi esa yonbosh ichakka to‘g‘ri keladi.
Ingichka ichakning boshlanish va oxirgi qismlari qorin bo‘shlig‘ining orqa
devoriga tutqich ildizi yordamida fiksatsiyalangan bo‘lib, topografik jihatdan
doimiydir. Ingichka ichakning qolgan qismi turli kenglikdagi tutqichga ega bo‘lib,
bu, o‘z navbatida, ingichka ichakning harakatchanligini va qovuzloqlar ko‘rinishida
joylashuvini ta’minlaydi.
Och va yonbosh ichaklar quyidagi a’zolar tevaragida joylashadi. Ingichka
ichak qorinning oldingi devoridan katta charvi orqali ajralib turadi. Orqada in-
gichka ichakdan pariyetal qorinparda bilan ajratilgan qorinning orqa devorida
yotuvchi a’zolar - buyraklar (qisman), o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismi,
yirik qon tomirlari (pastki kavak vena, qorin aortasi va ularning shoxlari) joylash-
gan. Yuqorida ingichka ichak ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichiga tegib
turadi. Pastda ichak qovuzloqlari tos bo‘shlig‘iga tushib, erkaklarda orqada yo‘g‘on
ichak (sigmasimon va to‘g‘ri) va oldinda siydik pufagi orasida; ayollarda esa bacha-
don va siydik pufagining orqasida joylashadi. O‘ng yon tomonda ingichka ichak
ko‘r va yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichaklarga, chap yon tomonda pastga tush-
uvchi chambar va S–simon ichaklarga tegib turadi.
Ingichka ichak tutqichining ildizi (radix mesenterii) 5-8 sm uzunlikga ega
bo‘lib, yuqoridan va chapdan, II bel umurtqasi tanasining chap tomonidan pastga va


282
o‘ngga, o‘ng dumg‘aza – yonbosh birikmasiga tomon qiyalab yo‘naladi (195-rasm).
Ingichka ichakni yuqori tutqich arteriya qon bilan ta’minlaydi: undan in-
gichka ichakka ko‘p sonli (20 va undan ortiq) tarmoqlar (aa.jejunales va aa.ilei)
hamda chambar ichakning o‘ng yarmiga boruvchi bir qator shoxlar chiqadi. Bu
195-rasm. Ingichka va
yo‘g‘on ichak tutqichlarining
birikish chiziqlari.
1–
cardia
; 2–
lig

gastrolienale
;
3–
pancreas
(qorin parda bilan
qoplangan); 4–
l i g
.
p h r e n i c o c o l i c u m
; 5–
p a r s
ascendens
duodeni
; 6–chap
siydik yo‘li (relef); 7–
colon
sigmoideum
; 8 - 
mesocolon
sigmoideum
; 9–
rectum
; 10–
appendix
va uning tutqichi;
11–o‘ng siydik yo‘li (relef);
12–
radix
mesenterii
; 13–
flexura
duodenojejunalis
;
14–
mesocolon
tr
a
nsversum
;
15–
flexura
coli
dextra
; 16–
pars
superior
duodeni
; 17–
lig

hepatogastricum
; 18–
lig
.
falciforme
hepatis
.
196-rasm. Yuqori tutqich
arteriyasining shoxlari.
1–
colon
transversum
;
2–
mesocolon
transversum
; 3–
arteriya ravog‘i;
4, 5–
v

et
a

mesenterica
superior
;
6–chap chambar arteriya-sining
ko‘tariluvchi shoxi; 7–
aa
.
jejunales
;
8–
mesenterium
; 9–
aa

ilei
; 10–
ingichka ichak qovuzloqlari;
11–
processus
vermiformis
; 12–
caecum
; 13–
a

appendicularis
;
14–
a

ileocolica
;
15–
a

colica
dextra
;
16–
duodenum
;
17–
flexura
coli
dextra
;
18–
a

pancreati-coduodenalis
superior
; 19–
caput
pancreatis
;
20–
a

colica
media
;
21–
a

pancreaticoduodenalis
inferior
.


283
arteriyalar tutqichning varaqlari orasida o‘tib, yoylar yoki arkadalar hosil qilib
bo‘linadi. Ulardan, o‘z navbatida, yana bo‘linib, yoylar hosil qiluvchi tarmoqlar
boshlanadi. Natijada, birinchi, ikkinchi, uchinchi (va hatto to‘rtinchi, beshinchi)
tartibli arterial tutqich yoylari hosil bo‘ladi (196-rasm).
Och ichakning boshlanish qismlarida faqat birinchi tartibli yoylar bo‘ladi,
ileotsekal burchakka yaqinlashgan sayin tomir arkadlarining tuzilishi murakkab-
lashib, ularning soni ortib boradi. Ingichka ichakning venalarini yuqori tutqich
venasining tarmoqlari hosil qiladi.
Ingichka ichakning nervlari uning tomirlarini kuzatib boradi: ular yuqori
tutqich chigalining tarmoqlaridir.
Och va yonbosh ichaklarning olib ketuvchi limfa tomirlari (sut tomirlari)
ularning tutqichlarining ildizida qo‘shilib, bu yerda ko‘p sonli (180-200 ta gacha)
tutqich limfa tugunlari orqali o‘tadi. D.A.Jdanovning ma’lumotlariga ko‘ra bu
tugunlari 4 qator bo‘lib joylashadi.
Ingichka ichakning barcha qismidan yig‘iluvchi limfa (o‘n ikki barmoq
ichakniki bundan mustasno) yuqori tutqich tomirlarining oshqozon osti bezi bilan
qoplangan qismi bo‘ylab joylashgan 2-3 ta markaziy limfa tugunlariga boradi. Bu
tugunlarning olib ketuvchi tomirlari qisman ko‘krak limfa yo‘lining boshlanish
qismiga, qisman qorin aortasining oldingi va yon yuzalari bo‘ylab joylashgan tu-
gunlar (nodi limphatici lumbales)ga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish