Mashg’ulot № Siydik organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari. Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi. Buyraklarda qon aylanishining o’ziga xos xususiyatlari. Siydik yo’llari, qovuq, siydik pufagi



Download 22,81 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi22,81 Kb.
#780018
Bog'liq
MASHG’ULOT 4. Siydik organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari.


MASHG’ULOT №:4. Siydik organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari. Buyraklarning mikro-makro tuzilishi va rivojlanishi. Buyraklarda qon aylanishining o’ziga xos xususiyatlari. Siydik yo’llari, qovuq, siydik pufagi, ularning axamiyati va yoshga bog’liq xususiyatlari.
Ishdan maqsad: ayirish organlarining tuzilishi va joylashishini o’rganish.
Nazariy tushuncha: Siydik ayirish organlari organizmning normal hayot faoliyatida muhim o'rin tutadi. Chunki bu organlar qondagi ortiqcha suv va tuzlarni hamda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan parchalanish mahsulotlari (mochevina va boshqalar)ni organizmdan tashqariga chiqarib turadi. Bundan tashqari, buyraklar faoliyati natijasida qon osmotik bosimi va reaksiyasi doim turg'un bo'ladi. Siydik ayirish organlariga bir juft buyrak, siydik yo'llari (ureter), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali (uretra) kiradi.
Buyraklar (renis) loviya shaklidagi juft organ bo'lib, XII ko'krak va I-II bel umurtqalari ro'parasida, qorin bo'shlig'ining orqa devoriga yopishib joylashadi. O'rta yashar odamlarda uning og'irligi 140-150 g ga teng. Buyrak yuzasida fibroz kapsula, bu kapsula sirtida yog' kapsula bor. Yog' kapsula buyrakfassiyasi bilan o'ralgan. Bu kapsula va fassiyalar buyraklar bel mushaiklariga birikishida ishtirok etadi.
Buyrakning umurtqa pog'onasiga qaragan ichki (medial) tomonida buyrak darvozasi bor. Darvoza orqali buyrakka buyrak arteriyasi va nervlari kiradi, buyrak venasi, siydik yo'li va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi buyrak kovagi deb ataladigan chuqurchaga olib kiradi. Buyrak kovagida buyrak kosalari, buyrak jomi, jomda esa nervlar, qon tomirlari va yog' to'qimasi bor. Buyrakni kesib qaraganimizda, u ikki qavat moddadan: tashqi -po'stloq moddasi, ichki mag'iz moddasidan tuzilganligini ko'ramiz. Buyraklarning po'stloq moddasida juda ko'p buyrak tanachalari bor, bar qaysi tanacha qon tomirlaridan hosil bo'lgan Malpigiy koptokchasi va uni o'rab olgan Shumlyanskiy kapsulasidan iborat.


9.1-rasm. Siydik organlari tizimi: 1-o'ng buyrak (tashqi ko'rinishi); 2-chap buyrak (uzunasiga kesilgan); 3-qon tomirlar (aorta va pastki kovak vena); 4-buyrakning po'stloq moddasi; 5-buy-rakning mag'iz moddasi; 6-buyrak jomi; 7-siydik yo'llari; 8-qovuq, siydik yo'lining ochilish joyini ko'rsatish uchun qovuq devorining bir qismi kesib olingan (9); 10-buyrak usti bezlari;
11-piramidacha
Kapsulaning qo'shqavat devori bir qavatli epiteliy hujayralaridan tuzilgan. Devorlar orasidagi kapsula bo'shlig'idan buyrak kanalchalari boshlanadi. Ular buyrakning po'stloq moddasida ko'p marta buralib, birinchi tartib burama kanalchalar hosil qiladi. Burama kanalchalar mag'iz moddasida to'g'rilanadi va po'stloq moddasi tomonga qayrilib, Genie qovuzlog'ini hosil qiladi. Po'stloq moddasida kanalchalar yana bir necha marta buraladi. Bu kanalchalar ikkinchi tartib burama kanalchalar deyiladi. Ular chiqarish yo'llariga, chiqarish yo'llari esa o'z navbatida buyrak so’rg 'ichlari orqali buyrakning kichik kosalariga ochiladi. Buyrakda 8-12 dona kichik kosa bo'ladi. Kichik kosalar qo'shilib, katta kosalarni (2-3 dona), ular esa buyrak jomini hosil qiladi. Buyrak jomidan siydik yo'li boshlanadi.
Buyrak tanachasiga keladigan tomir (olib keluvchi arteriya) kapillyarlarga bo'linib, Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Koptokchadagi kapillyarlar o'zaro qo'shilib, boshqa organlardagidek venani emas, balki yana arteriyani hosil qiladi. Bu arteriya (olib ketuvchi arteriya) burama kanalchalar atrofida yana kapillyarlarga bo'linadi va ularni qalin qilib o'rab turadi. Kapillyarlar burama kanalchalardan o'tgandan keyin o'zaro qo'shilib, mayda venalarni hosil qiladi. Bu venalar buyrak venasiga quyiladi.
Buyrak tanachalari bilan burama va to'g'ri kanalchalar nefronlar deb ataladi. Ular buyrakning siydik hosil qiladigan qismidir. Ikkala buyrakda 2-4 mln. nefron bor. Buyrak kanalchalarining umumiy uzunligi 100-120 km ga yetadi.
Siydik yo'li (ureter) yassi nay shaklidagi organ bo'lib, uzunligi 30 sm, diametri 3-9 mm ga yetadi. Siydik yo'li buyrak jomidan boshlanadi va qorinning orqa devoriga yopishgan holatda pastga yo'nalib, kichik chanoqqa kiradi va shu joyda qovuqqa ochiladi. Siydik yo'li devori uch qavatdan: tashqi qavat—biriktiruvchi to'qima qavati, uning ostida mushak qavati va ichki qavat - shilliq pardadan iborat.
Qovuq (vesica urinaria) yoki siydik pufagi siydik yo'lidan keladigan siydik to'planadigan organ bo'lib, kichik chanoq bo'shlig'ida, qov birikmasi (simfiz)ning orqasida joylashgan. Uning orqasida erkaklarda to'g'ri ichak, ayollarda bachadon joylashadi.
Qovuqda pastdagi keng qismi - qovuq tubi, yuqori toraygan uchi - cho'qqi va bu ikki qism oralig'i, qovuq tanasi deb ataladi.Qovuqning siydik chiqarish kanaliga o'tish joyida halqasimon silliq mushak tolalari qalinlashadi va ichki sfinkter (pufak sfmkteri) hosil bo'ladi. Ichki sfinkterdan pastroqda tashqi sfinkter yoki siydik chiqarish kanalining sfmkteri bor. Bu sfinkter ko'ndalang - targ'il mushak tolalaridan tuzilgan. Ichki va tashqi sfinkter qovuq to'lmasdan turib, siydikni tashqariga chiqarmaydi. Qovuqning sig'imi 500-700 ml.
Siydik chiqarish kanali (urethra) erkaklarda va ayollarda har xil tuzilgan. Qovuqdagi siydik shu kanal orqali tashqariga chiqariladi. Ayollarning siydik chiqarish kanali (uzunligi 3-3,5 sm) qin dahliziga ochiladi. Erkaklarniki (uzunligi 16-18 sm) olati ichida joylashadi.
Ishning borishi: Talabalar mulyajlar, rangli plakatlar va hol preparatlardan foydalanib buyrakning tashqi va ichki tuzilishini organishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar buyrakning tuzilishini, nefronning tuzilishini albomlariga chizishadi.
Download 22,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish