304
bo‘ylamasiga joylashgan qatorlarni hosil qiladi. Oldingi ildizcha
(radix ventralis)
efferent (harakatlantiruvchi) neyronlarning neyritlaridan, orqa ildizcha (
radix dor-
salis) esa orqa miya tugunlarida yotuvchi afferent (sezuvchi) neyronlarning ney-
ritlaridan iborat bo‘ladi. Oldingi va orqa ildizchalar
bir-biriga yaqinlashib,
qo‘shiladi va orqa miya nervi poyasini (
truncus n.
spinalis) hosil qiladi (uni
amaliy shifokorlar tizimcha
(funiculus) deb ataydilar) (208-rasm).
Mazkur nerv poyasi qisqa bo‘lib, umurtqalararo teshikdan chiqqach to‘rtta:
oldingi (
r.
ventralis s.
anterior), orqa (
r.
dorsalis s.
posterior), meningeal
(
r.
meningealis) va oq bog‘lovchi (
r.
communicans albus) shoxlarga bo‘linadi.
Orqa miya nervi tizimchasi yallig‘langanda (funikulit) shu nerv innervatsiyalov-
chi segmentda sezish va harakat funksiyalari buziladi, ildizchalarning
yallig‘lanishida (radikulit) esa ularning qaysi biri kasallanganligiga qarab buzi-
lishlar bo‘ladi; orqa ildizcha yallig‘lansa yoki kesib qo‘yilsa – sezish, oldindagisi
zararlansa – harakat buziladi. Orqa miya nervining shoxlaridan biri yallig‘lansa
(nevrit), shu nervning innervatsiya zonasida buzilish bo‘ladi.
Orqa miyaning yon tomonlaridan 31 juftdan ildizchalar chiqadi. Ulardan 31 juft
orqa-miya nervlari hosil bo‘ladi. Orqa miyaning ikki juft (ikkita
oldingi va ikkita
orqa) ildizchalarga to‘g‘ri keluvchi bo‘lagi segment deb ataladi. Shunday qilib, orqa
miyada 31 juft orqa miya nervlariga mos ravishda 31 ta segment farq qilinadi. Orqa
miyada segmentlar va orqa miya nervlarining taqsimlanishi quyidagicha: 8 ta bo‘yin,
12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 1 ta dum (207-rasm). Orqa miyaning har bir
segmentiga tananing shu segment tomonidan innervatsiyalanuvchi qismi mos keladi.
Patologik jarayon orqa miyaning qaysi qismida joylashganligini aniqlashda
ildizchalarning orqa miyadan chiqish joylari ularning umurtqa kanalidan chiqish
joylariga to‘g‘ri kelmasligini e’tiborga olish zarurdir. Faqat dastlabki 3-4 ta bo‘yin
orqa-miya nervlarigina gorizontal yo‘nalgan ildizchalardan tarkib topadi. Pastda-
208-rasm. Orqa miyaning pardalari (ko‘ndalang kesimda)
1–orqa to‘siq; 2–yumshoq parda; 3–qattiq parda; 4–qattiq miya pardasining
ichki varag‘i; 5–
lig
.
denticulatum
; 6 - subaraxnoidal bo‘shliq; 7–orqa
miyaning to‘r pardasi; 8–subdural bo‘shliq; 9–epidural bo‘shliq; 10–oldingi
ildiz; 11–
n
.
spinalis
; 12–
ganglion
spinale
; 13–
radix
posterior
.
305
gi nervlarning ildizchalari esa orqa miyaga nisbatan o‘tkir
burchak ostida qiyalab
pastga yo‘naladi va muayyan masofa o‘tgandan keyingina umurtqa kanalidan
chiqadi. Bunga sabab, bolalarda umurtqa pog‘onasining orqa miyaga nisbatan tez-
roq o‘sishi natijasida unga nisbatan uzun bo‘lib qolishi va o‘zi bilan birga nerv
poyalarini ham pastga olib tushishidir.
Bo‘yin va ko‘krakning yuqori bo‘limlarida orqa-miya segmentlari o‘ziga
mos keluvchi umurtqaga nisbatan bir umurtqa yuqorida, o‘rta ko‘krak bo‘limida
– ikki umurtqa yuqorida, pastki ko‘krak bo‘limida esa
uch umurtqa yuqorida joy-
lashadi. Bel segmentlari X, XI va qisman XII ko‘krak umurtqalari sathida,
dumg‘aza segmentlari XII ko‘krak hamda I bel umurtqalari sathida joylashgan.
Ko‘rinib turibdiki, bel, dumg‘aza va dum ildizchalari ancha uzun bo‘ladi.
Ular orqa miyadan chiqadi va pastga yo‘nalib, I yoki II bel umurtqasi sathida
(orqa miya tugagan joyda), qattiq miya pardasining pastga davom etishidan hosil
bo‘lgan qopcha ichiga kiradi. Shunday qilib, II bel va II dumg‘aza
umurtqalari
orasida orqa miya kanalida faqat nerv shoxlarigina bo‘ladi, xolos. Ular ot dumi
(cauda equina) nomini olgan (207-rasm).
Modomiki, birinchi orqa miya nervi ensa suyagi bilan atlant ravog‘i orasidan,
ikkinchisi – atlant bilan o‘qli umurtqa oralig‘idan chiqar ekan, bo‘yindagi orqa
miya nervlarining soni ham 7 ta emas 8 ta bo‘ladi; ularning sanalishi ham pastda
yotuvchi umurtqa bo‘ylab olib boriladi. Birinchi ko‘krak orqa miya nervi umurtqa
kanalidan I va II ko‘krak umurtqalari orasidagi teshikdan chiqadi va undan boshlab
nervlar hisobi ustki umurtqa bo‘yicha olib boriladi.
Orqa miya markazda joylashgan kulrang va periferiyadagi
oq moddalardan
tashkil topgan bo‘lib, uning o‘rtasidan bo‘ylamasiga o‘tgan markaziy kanal
(canalis
centralis) bosh miyaning IV qorinchasi bilan tutashadi.
Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi oldingi va orqadagi orqa-miya ar-
teriyalari
(a.
spinalis anterior et aa.
spinales posteriores) hamda umurtqa,
qovurg‘alararo, bel va dumg‘aza arteriyalaridan chiquvchi orqa miya shoxlari
(rr.
spinales) orqali amalga oshiriladi.
Venalar umurtqalararo teshiklar sohasida umurtqa kanali venalari bilan
qo‘shilib, umurtqa vena chigallariga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: