306
Epidural bo‘shliqda ichki
umurtqa vena chigali
(plexus venosus
vertebralis internus) joylashgan bo‘lib,
uni ikkiga: umurtqa tanalarining orqa yuzalarida joylashgan hamda ularning su-
yak usti pardasiga ko‘p sonli bitishmalar yordamida
yopishgan oldingi chigal va
umurtqa ravoqlari bilan sariq boylamlarning ichki yuzasida yotuvchi orqa chigal-
ga ajratiladi. Oldingi va orqa umurtqa ichi vena chigallari o‘zaro hamda
umurtqalar atrofidagi venalar bilan anastomozlashadi; ularda klapanlar
bo‘lmaydi (kava-kaval anastomozlar).
Orqa miya va ichki umurtqa chigalidan vena qonini olib ketuvchi
umurtqalararo venalar umurtqalararo teshiklar orqali
chiqishida ularning chetlar-
idagi suyak usti pardasiga mahkam birikadi; shu sababli shikastlanganda yopilib
qolmaydi. Bu venalar umurtqa, toq va yarim toq hamda bel venalariga quyiladi.
O‘ng tomondagi III-V umurtqa venalarining shikastlanishlarida havo em-
boliyasi xavfi paydo bo‘ladi, chunki, ular manfiy bosimga ega bo‘lgan
toq venan-
ing oxirgi bo‘limiga quyiladi (209-rasm).
Old umurtqa ichi chigali umurtqa tanalarining old yuzalari bo‘ylab joylash-
gan oldingi tashqi umurtqa chigali bilan umurtqalarning tanalari orqali o‘tuvchi
venalar yordamida, orqa umurtqa chigali bilan sariq boylamlarni teshib o‘tuvchi
venalar vositasida tutashadi.
Orqa miyaning to‘rli pardasi (a
rachnoidea spinalis) qattiq miya pardasi os-
tida joylashgan yupqa tomirsiz parda bo‘lib, ularni bir-biridan subdural bo‘shliq
(spatium subdurale) ajratib turadi. To‘rli parda bilan uning ostidagi yumshoq par-
da orasida kengroq to‘r osti bo‘shlig‘i
(cavitas subarachnoidalis) bo‘lib,
uni orqa-
miya suyuqligi (likvor) to‘ldirib turadi. Bu bo‘shliq katta ensa teshigi orqali bosh
miyadagi xuddi shunday bo‘shliq bilan tutashadi.
To‘rli pardani yumshoq miya pardasi bilan tutashtiruvchi biriktiruvchi
to‘qimali tutamlar bo‘lib, bular orqa miyaning yon yuzalari bo‘ylab yaxshi rivoj-
langan. Ularni tishli boylamlar
(ligg.
denticulata) deb nomlangan. Tishli
boylam-
lar subaraxnoidal bo‘shliqni oldingi va orqa bo‘limlarga bo‘ladi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi
(pia mater spinalis) orqa miya to‘qimasini
qoplab, o‘zida qon tomirlarni tutadi.
209-rasm. Umurtqa kanalining
sagittal tekislikdagi kesimi.
1–traxeya; 2 - o‘ng adashgan
nerv; 3 - yuqori kavak vena;
4
- toq vena; 5 - o‘ng bronx;
6 - ko‘krak aortasi;
7 - q i z i l o ‘ n g a c h ; 8 –
p l e x u s
venosus
vertebralis
internus
posterior
; 9–umurtqalararo vena;
10 -
plexus
venosus
vertebralis
internus
anterior
; 11–IV ko‘krak
umurtqasining tanasi; 12 -
qovurg‘alararo vena.