Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


TOS CHANOG‘INING KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

TOS CHANOG‘INING KLETCHATKA BO‘SHLIQLARI
Tos chanog‘i kletchatkasi undagi a’zolarni tos devoridan ajratib turadi va
undan tashqari har bir a’zo yog‘ kletchatkasi hisobiga a’zolarni o‘rab turgan fassiya-
lardan ajralib turadi. Asosiy kletchatka bo‘shliqlari tosning ikkinchi qavati – ca-
vum subperitonealeda joylashgan (213-rasm).
Tos chanog‘ining ikkala yon bo‘limlarida chanoq fassiyasi pariyetal
varag‘ining ikkala tomonlarida devoriy kletchatka bo‘shlig‘i bo‘lib, pariyetal
varaqdan tashqarida dumg‘aza chigalini hosil qiluvchi yirik nerv poyalari, ichka-
rida esa katta qon tomirlar (ichki yonbosh) yotadi. Bu kletchatka tos a’zolari va
qo‘shni sohalarga boruvchi qon tomir va nervlarni kuzatib boradi: foramen supra
va infrapiriforme orqali yuqori va pastki dumba nerv va tomirlari orqali dumba
sohasi bilan, quymuch nervi bo‘ylab esa sonning orqa sohasi kletchatkasi bilan


315
bevosita aloqada bo‘ladi. Canalis obturatorius orqali tosning devoriy kletchatka
bo‘shlig‘i sonning yaqinlashtiruvchi muskullari o‘rindig‘i kletchatkasi bilan alo-
qada bo‘ladi.
Simfizning orqasida, siydik pufagining oldida amaliy jihatdan muhim aha-
miyatga ega bo‘lgan pufak oldi bo‘shlig‘i (spatium prevesicale) joylashgan bo‘lib,
u Retsiy bo‘shlig‘i deb yuritiladi. Bu bo‘shliq pastdan qov-pufak boylami bilan
chegaralangan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, siydik pufagi oldida bitta emas,
balki ikkita kletchatka bo‘shlig‘i mavjud: pufak oldi va qorinparda oldi kletchat-
kalari. Ikkita bo‘shliqning bo‘lishiga asosiy sabab, siydik pufagining oldingi yu-
zasini qoplovchi alohida pufak oldi fassiyasining borligidir. Fassiya uchburchak
shaklidagi varaqdan iborat bo‘lib, yon qirg‘oqlari obliteratsiyalangan kindik ar-
teriyalarigacha yetib boradi, uchi esa kindik halqasida tugaydi. Shunday qilib,
qorinning ko‘ndalang fassiyasi bilan pufak oldi fassiyasi orasida pufak oldi kletchat-
ka bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi, ko‘ndalang fassiya bilan qorinparda oralig‘ida esa siy-
dik pufagining qorinparda oldi kletchatka bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi (214-rasm).
Tos suyaklari singan hollarda pufak oldi bo‘shlig‘ida qon to‘planishi, siydik
pufagi yorilib ketgan hollarda esa siydik yig‘ilishi mumkin. Siydik pufagining
qorinpardadan tashqarida yorilishida pufak oldi fassiyasining yirtilishi kuzatila-
di; bu holda esa siydik yuqoriga, qorinparda oldi kletchatkasi orqali qorin devori-
ga tarqalishi mumkin.
Yon tomonlardan pufak oldi kletchatka bo‘shlig‘i pufak atrofi kletchatka
bo‘lig‘iga (spatium paravesicale) o‘tadi; bu bo‘shliq ichki yonbosh qon tomirlari-
gacha yetib boradi (220-rasm).
To‘g‘ri ichak orti kletchatka bo‘shlig‘i (spatium retrorectale) to‘g‘ri ichak am-
pulasi va uning kapsulasi orasida joylashgan bo‘lib, orqadan dumg‘aza suyagi bi-
lan, pastdan esa m.levator ani–ni qoplab turuvchi fassiya bilan chegaralangan, yon
tomonlardan bu bo‘shliq ichki yonbosh tomirlarigacha yetib boradi (to‘g‘ri ichakdan
lateral joylashgan kletchatka bo‘shlig‘i pararektal kletchatka deb yuritiladi).
To‘g‘ri ichak orti kletchatkasi yuqoridan qorinparda orti bo‘shlig‘i bilan bevo-
sita tutashadi. Retrorektal kletchatka bo‘shlig‘ida o‘rta hamda lateral (yuqori va
pastki) dumg‘aza arteriyalari, vena chigali, simpatik nervlar va dumg‘aza limfa
tugunlari joylashgan.
Pararektal kletchatka to‘qimalarining yiringli yallig‘lanishidan kelib chiqa-
digan kasallik paraproktit deb yuritiladi. Kasallik boshida, chanoq diafragmasidan
yuqori joylashuvchi chuqur abssesslar pelviorektal abssesslar deb yuritiladi; key-
in yiring yuqoriga tarqalib, hatto, qorinparda orti bo‘shlig‘igacha yetib boradi.
Undan tashqari, pastga – m.levator ani tolalari orasiga tarqalishi mumkin va ni-
hoyat m.levator ani–ni qoplab turuvchi fassiya varaqlari orqali fossa ischiorectal-
isda to‘planishi mumkin. Bu chuqurchaga, odatda, to‘g‘ri ichakning oraliqdagi
qismi atrofidagi kletchatka yallig‘langanda, ya’ni yuza paraproktitlarda yiring
to‘planishi mumkin (217-rasm).
Ayollar chanog‘ida muhim ahamiyatga ega kletchatka bo‘shliqlaridan biri,
bachadon bo‘ynining yon tomonlarida joylashgan bachadon atrofi (parametral)
kletchatkasidir. Bu bo‘shliq bachadonning keng boylami asosida joylashgan qon
tomir, nerv, siydik nayi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bachadon keng boylami oralig‘i
kletchatka bo‘shlig‘i bilan aloqada bo‘ladi.


316
Bachadon atrofi kletchatkasi pastda chanoq diafragmasigacha yetib borsa,
yuqorida qorinparda orti bo‘shlig‘iga, yonbosh chuqurchasiga, yon tomonlarda
va orqada esa katta quymuch teshigi orqali dumba sohasi bilan aloqada bo‘ladi.
Bachadon atrofi kletchatkasining yiringli yallig‘lanishida yiring, asosan, ik-
kita yo‘nalishda:
1) bachadonning yumaloq boylami bo‘ylab chov kanali ichki halqasiga, un-
dan qorin devoriga;
2) yonbosh chuqurchasiga; undan qorinparda orti kletchatkasi orqali buyrak-
lar tomonga tarqalishi mumkin.
Yiringli jarayon tosning boshqa kletchatka bo‘shliqlariga yoki bir vaqtning
o‘zida ham dumba, ham son sohalariga tarqalishi mumkin.
Shunday qilib, tosning ikkinchi qavatidagi asosiy kletchatka bo‘shliqlari quyi-
dagilardir: devoriy, pufak oldi, retrorektal va bachadon atrofi kletchatka
bo‘shliqlari. Pufak orti va to‘g‘ri ichak oldi kletchatka bo‘shliqlari boshqalarga
nisbatan kam rivojlangan.
Tosning uchinchi qavati kletchatka bo‘shlig‘i quymuch-to‘g‘ri ichak chu-
qurchasi (fossa ischiorectalis) da joylashgan. Bu chuqurchada yotgan yog‘
to‘qimalari m.levator ani–ni qoplab turuvchi fassiya va shu muskul tolalarini yir-
ing yemirib shikastlagan hollarda tos chanog‘ining ikkinchi qavati kletchatkalari
bilan aloqada bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, kichik quymuch teshigi orqali
o‘tuvchi vasa pudenda interna bo‘ylab ham ikkinchi qavat kletchatkalari bilan
tutashishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish