Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Siydik pufagi (qovuq)
Siydik pufagi (vesica urinaria) qov birikmasining orqasida joylashgan.
Go‘daklarda siydik pufagi to‘lig‘icha qov birikmasidan yuqorida, chanoq bo‘shlig‘idan
tashqarida yotadi. Yosh o‘tishi bilan siydik pufagi pastga tusha boradi va taxminan


321
20 yoshlarda batamom chanoq bo‘shlig‘iga tushadi. Katta yoshdagi odamlarda siydik
pufagi siydikka to‘lgandagina chanoq bo‘shlig‘idan yuqoriga ko‘tarilishi mumkin.
Qariyalarda esa siydik pufagi simfizdan butunlay pastda yotadi.
Siydik pufagining uchi, tanasi va tubi, undan tashqari siydik kanaliga o‘tuvchi
qismi – bo‘yni tafovut qilinadi. Shilliq osti qavati evaziga siydik pufagining ichki
yuzasida burmalar hosil bo‘ladi. Siydik pufagining tubida uchburchak shaklidagi
silliq qismi bo‘lib, unda shilliq osti qavati bo‘lmaydi; shilliq qavati esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muskul qavati bilan birikib ketgan bo‘lib, u pufak uchburchagi (trigonum
vesicae) deb yuritiladi.
Uchburchak cho‘qqisini siydik chiqarish kanalining ichki teshigi, asosini
siydik yo‘llarining teshiklarini tutashtiruvchi ko‘ndalang bolishcha hosil qiladi; u
plica interureterica deb yuritiladi.
Siydik pufagining irodaga bo‘ysunmaydigan sfinkteri siydik kanali boshla-
nish qismini o‘ragan holda m.sphincter vesicae-ni hosil qiladi. Bo‘ysinuvchi sfink-
ter – m.sphincter urethrae esa uretraning parda qismi atrofida joylashgan bo‘ladi.
Siydik pufagining oldingi devori simfizga hamda qov suyagining gorizontal
qismlariga tegib turadi. Siydik pufagi va suyaklar oralig‘ida kletchatka mavjud bo‘lib,
siydik pufagiga o‘tuvchi qorinparda, siydik pufagi to‘lgan hollarda, yuqoriga ko‘tariladi
(220-rasm). Siydik pufagi topografiyasining shu xususiyatlari tufayli jarrohlik muola-
jalarini qorinpardani jarohatlamasdan amalga oshirish mumkin (siydik pufagini qov
usti orqali kesish, siydik pufagini punksiya qilish shular jumlasidandir).
220-rasm. Erkaklar tos
chanog‘ining sagittal kesimida
siydik pufagining topografiyasi.
A: 1–pararektal kletchatka;
2–chanoq fassiyasi; 3–to‘g‘ri ichak
fassiyasi va devori; 4–
excavatio
rectovesicalis
; 5–
vesicula
seminalis
;
6–
aponeurosis
retroperitonealis
(Denonvile aponevrozi); 7–
prostata
;
8–
m

sphincter
ani
internus
;
9–
m

sphincter
ani
externus
;
10–
testis
; 11–
m

sphincter
internus
;
12–
m

bulbocavernosus
; 13–
bulbus
penis
(
bulbus
urethrae

BNA
);
14–
urethra
; 15–
corpus
cavernosus
penis
; 16–
diaphragma
urogenitale
;
17–
plexus
venosus
prostaticus
;
18–simfiz; 19–siydik pufagi;
20–pufak oldi kletchatkasi; 21–qorin
parda oldi kletchatkasi; 22–
fascia
prevesicalis
;
23–
fascia
transversalis
;
24–
m

rectus
abdominis
;
25–qorinparda;
B: qorinpardaning (I) ichi bo‘sh siydik pufagiga munosabati;
V: qorinpardaning (II) ichi to‘la bo‘lgan siydik pufagiga munosabati.


322
Prostata bezi siydik pufagi va siydik kanali (boshlanish qismi) ni o‘ragan
holda siydik pufagi tubiga tegib turadi. Prostata bezi tanasidan yuqorida siydik
pufagining tubiga, aniqrog‘i, orqa devoriga, urug‘ yo‘lining ampulasi va urug‘
pufakchalari tegib turadi. Urug‘ pufakchalari bilan siydik pufagi orasida siydik
yo‘llari oxirgi qismlari yotadi (221-rasm). Siydik pufagining yon devoriga urug‘
yo‘llarining kattagina qismi tegib turadi. Yuqori va yon tomonlardan qorinparda
orqali ingichka ichak qovuzloqlari, S-simon ichak, ba’zi hollarda ko‘ndalang cham-
bar va ko‘r ichak chuvalchangsimon o‘simtasi bilan tegib turadi. Siydik pufagi
ichki yonbosh arteriyasining shoxlari orqali qon bilan ta’minlansa, vena qoni siy-
dik pufagi devorida chigallar hosil qilgan holda ichki yonbosh venalarga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish