Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Urug‘ pufakchalari (vesiculae semilunares), (222-rasm) urug‘ yo‘lining qop-
simon qismi bo‘lib, old qismida siydik pufagi tubi va siydik naylarining tugash
qismlari, orqa-qorinparda – oraliq aponevrozi orqali to‘gri ichak, yuqorida qorin-
parda orkqali ichaklarga tegib turadi. Urug‘ pufakchasining pastki uchi prostata
bezi asosida, urug‘ yo‘llari ampulasidan tashqarida yotadi. Urug‘ pufakchalarini
ham prostata bezi kabi to‘gri ichak old devori orqali paypaslab ko‘rish mumkin.
ERKAKLAR ORALIG‘I TOPOGRAFIYASI, REGIO PERINEALIS
Chegaralari va tavsifi
Oraliq – tosning pastki devori bo‘lib, oldindan qov va quymich suyaklari-
ning pastki qirralari, yon tomonlardan quymich do‘mboqlari va dumg‘aza-do‘mboq
boylamlari, orqadan dum va dumg‘aza suyaklari bilan chegaralangan. U romb
shaklida bo‘lib tomonlarini: oldindan – quymuch va qov suyaklari; orqadan –
dumba muskulining pastki qirralari tashkil qiladi. Oraliq yon tomondan son so-
hasining medial qismidan son-oraliq burmalari yordamida ajralib turadi.
Agar quymuch bo‘rtiqlarini tutashtiruvchi oldinga bo‘rtib chiqqan yoki gori-
zontal chiziq (linea biischiadica) o‘tkazilsa, oraliq ikkiga: orqa va old qismlarga
bo‘linadi; oldinda – siydik-tanosil a’zolarining bir qismini o‘z ichiga oluvchi
siydik-tanosil sohasi (regio urogenitalis) va orqada - to‘g‘ri ichakning orqa chiqaruv
qismini o‘z ichiga oluvchi orqa chiqaruv sohasi (regio analis) joylashgan.
Regio urogenitalis–dan oldinda yotgan tanosil a’zolar uyatli soha (regio pu-
dendalis) ga taalluqli. Oldingi va orqa oraliq bo‘laklari bir-biridan fassial varaqlar
soni va ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi bilan farq qiladi.
Oraliqning yuza qavatlari
Oraliq sohasining terisi yon tomonlarida o‘rtasiga nisbatan qalinroq. Tashqi
chiqaruv teshigi atrofidagi teri tashqi jom muskul tutamlari bilan tutashib, taral-
gan nur singari burmalar hosil qiladi, keyin to‘g‘ri ichak shilliq qavatiga o‘tib
ketadi. Terisi jun bilan qoplangan bo‘lib, ter va yog‘ bezlariga boy. Oraliq o‘rta
chizig‘i bo‘ylab terida uzunasiga joylashgan bolishcha bo‘lib, u oraliq choki, raphe
perinei deb yuritiladi; pirovardida u yorg‘oq chokiga borib qo‘shiladi.
Teri osti yog‘ kletchatkasi fastsiya bilan birgalikda m.sphincter ani externus
atrofida yaxshi rivojlangan. Bu muskul to‘g‘ri ichakning oxirini halqa shaklida
o‘raydi, uning tolalarining bir qismi anal teshigining old tarafida teri osti yog‘
kletchatkasida yo‘qolib ketadi, bir qismi esa oraliq yuza ko‘ndalang va so‘g‘on-
g‘ovaksimon muskul tolalariga qo‘shilib ketadi.


325
Teri osti yog‘ qavatida a.pudenda interna va n.pudendus (a., vv. va n.perinei)
joylashgan bo‘lib, ular oraliqning old qismi va yorg‘oqning orqa qismi terisini
ta’minlaydi. Limfa tomirlari chov limfa tugunlariga kelib quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish