Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Bachadon ortiqlari
Ikkita tuxumdon va ikkita bachadon yoki Fallopiy naylari bachadon ortiqlari
hisoblanadi (225- va 226-rasmlar).
Tuxumdon (ovarium)ning ikkita: yuqori (nay) va pastki (bachadon) uchlari;
ichki va tashqi yuzalari, ikkita: oldingi (bachadon keng boylamiga mesovarium
yordamida birikib turgan) va orqa - erkin (to‘g‘ri ichakka qarab turuvchi) qirralari
bor. Tuxumdonning nay uchi yuqoriga, bachadon uchi pastga qaragan. Ichki yu-
zasi tos chanog‘i bo‘shlig‘iga, tashqi yuzasi esa tos devoriga qaragan. Tuxumdon
qobig‘i qorinpardadan emas, balki, birlamchi epiteliydan iborat. Shuning uchun
ham tuxumdonning yuzasi qorinparda bilan hamma tomonlama o‘ralgan boshqa
a’zolardek yaltiroq emas. Qorinparda tuxumdon oldingi qirrasida uncha katta
bo‘lmagan oqish chambarak – linea limitans mesovarii yoki Farre-Valdeyer halqa-
sini hosil qiladi. Tuxumdonning nay uchi uni tos devori qorinpardasi bilan tutash-
tiruvchi boylam - lig.suspensorium ovarii yoki boshqacha qilib aytganda
lig.infudibulopelvicumga ega. Tuxumdonning bachadon uchi bachadon tanasiga
xususiy boylam (lig.ovarii proprium) orqali birikib turadi.
Tuxumdon tosning yon devoriga chegaralovchi chiziqdan birmuncha past-
roqda, yonbosh arteriya bifurkatsiyasi sohasida qorinpardadan chuqurcha (fossa
ovarica) hosil qilgan holda yondoshib turadi.
Bachadon nayi (tuba uterina) bachadon keng boylami yuqori qirg‘og‘i
bo‘ylab o‘tadi. Bachadon nayining interstitsial (bachadon devoriga kirib turuv-
chi), toraygan (bo‘yin oldi), kengaygan (ampula) qismlari tafovut qilinadi. Bacha-
don nayining voronka qismi shokilalarga boy bo‘lib, tuxumdonning orqa qirrasi-
ga tegib turadi. Keng boylamning nay bilan tuxumdon tutqichi orasidagi qismi
bachadon nayi tutqichi (mesosalpinx) deb yuritiladi.
Qin
Qin (vagina) yuqori qismi bilan bachadon bo‘yinchasini o‘rab turadi. Pastki
qismi esa kichik uyatli lablar bilan chegaralangan qin dahliziga ochiladi.
Qinning yuqori qismi va bachadon bo‘yinchasi orasida halqasimon chuqur-
lik bo‘lib, u qin gumbazi deyiladi. Oldingi, orqa va ikkita yon gumbazlar tafovut


333
qilinadi. Orqa gumbaz boshqalarga nisbatan chuqurroq bo‘lib, to‘g‘ri ichak-bacha-
don chuqurchasining tubigacha yetib boradi.
Qinning oldingi devori siydik pufagi va siydik kanaliga yondoshib, ular bilan,
ayniqsa, uretra bilan mustahkam birikib ketgan. Qinning orqa devori to‘g‘ri ichak-
ka tegib turadi (225-rasm), uning orqa gumbazi devorini hosil qiluvchi eng yuqori
qismi to‘g‘ri ichakdan Duglas bo‘shlig‘ining pastki qismi orqali ajralib turadi.
Tos bo‘shlig‘i o‘rta qavatida qin to‘g‘ri ichakdan to‘siq, septum rectovagi-
nale yordamida ajralib turadi. Oraliq sohasida qin to‘g‘ri ichakdan birmuncha ol-
dinga tomon uzoqlashadi, ular orasini oraliq muskullari to‘ldirib turadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish