O’zim dars o’tgan 8-sinf o’quvchilar bilan o’tilgan darslar tahlili
Darsning o’tilgan sanasi: 03.10.2022yil
Mavzu: Tabiat komplekslari tavsifi. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari
1 soat
Mavzu to’g’risida umumiy malumot:
O‘zbekiston hududining tekislik qismi bilan tog‘oldi va tog‘ qismi orasidagi tafovutlarni hisobga olib, uni quyidagi ikki qismga — tekislik qismi hamda tog‘oldi va tog‘ qismiga bo‘lamiz. Tekislik qismi respublikamizning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy hududlarini o‘z ichiga oladi.
O’zbekiston tekislik qismlari , ular 5 ta tabiiy geografik okrugga bo‘linadi: 1) Ustyurt, 2) Quyi Amudaryo, 3) Qizilqum, 4) Quyi Zarafshon, 5) Orol.
O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li qismi esa 6 ta tabiiy geografik okrugga bo‘linadi: 1) Surxondaryo, 2) Qashqadaryo, 3) O‘rta Zarafshon, 4) Mirzacho‘l, 5) Chirchiq-Ohangaron, 6) Farg‘ona.
Darsning texnologik kartasi:
1)Tashkiliy vaqt:4 daqiqa.Hissiy muhit yaratish orqali o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undash.
2)Uy vazifasi:10 daqiqa.Mavzuni o’qib kelishi,savol-javoblar,aqliy hujum
3)Yangi mavzu:10 daqiqa.Yangi mavzu bayoni,xarita bilan ishlash.
4)Yangi mavzuni mustahkamlash:6 daqiqa.Metodlardan foydalangan holda mustahkamlash.
5)Debrifing bosqichi:7 daqiqa.Darsni baholash.
6)Fikrlash bosqichi:8 daqiqa.BBB jadavali asosida.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yaxti
1)P.G’ulomov,V.Vahobov,P.Baratov,M.Mamatqulov.”O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” 7-sinf.Toshkent-2017y
Darsning o’tilgan sanasi: 07.10.2022yil
Mavzu: Chirchiq-ohangaron tabiiy geografik okrugi
1 soat
Mavzu to’g’risida umumiy malumot:
Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o‘krugi respublikamizning shimoli-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G‘arbiy Tyanshan tog‘lari oralig‘ida joylashgan
Tabiiy geografik okrug G‘arbiy Tyanshan tog‘larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho‘lini o‘z ichiga oladi.
Chirchiq-Ohangaron okrugi xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo‘rg‘oshin kabi ma’dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qorjontov etaklaridan aluminiy xomashyosi — alunit topilgan. Ohangaron vodiysida chinni xomashyosi — kaolin konlari mavjud
Darsning texnologik kartasi:
1)Tashkiliy vaqt:4 daqiqa.Hissiy muhit yaratish orqali o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undash.
2)Uy vazifasi:10 daqiqa.Mavzuni o’qib kelishi,savol-javoblar,aqliy hujum
3)Yangi mavzu:10 daqiqa.Yangi mavzu bayoni,xarita bilan ishlash.
4)Yangi mavzuni mustahkamlash:6 daqiqa.Metodlardan foydalangan holda mustahkamlash.
5)Debrifing bosqichi:7 daqiqa.Darsni baholash.
6)Fikrlash bosqichi:8 daqiqa.BBB jadavali asosida.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yaxti
1)P.G’ulomov,V.Vahobov,P.Baratov,M.Mamatqulov.”O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” 7-sinf.Toshkent-2017y
Darsning o’tilgan sanasi:21.11.2022yil
Mavzu: Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi
1 soat
Mavzu to’g’risida umumiy malumot:
Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi, asosan, Sirdaryo bilan Arnasoy ko‘li oralig‘ida joylashgan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi sharqda Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qizilqum okrugi bilan chegaradosh. Okrugning janubi va janubi g‘arbda Turkiston, Morguzar, Nurota tog‘ tizmalari joylashgan. Turkiston, Morguzar, Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri Mirzacho‘l, janubiy yonbag‘ri O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugiga kiradi, chegara ularning suvayirg‘ich qismlari orqali o’tadi.
Turkiston tizmasining davomi hisoblangan Morguzar tog‘i okrug hududida joylashgan bo‘lib, o‘rtacha balandligi 1500 — 2000 m, eng baland qismi esa 2621 m ga yetadi. Morguzar tog‘i g‘arbga davom etib, Sangzor daryo vodiysi orqali Nurota tog‘idan ajraladi. Sangzor vodiysining eng tor joyi Amir Temur (Ilono‘tdi) darvozasi (kengligi 120 — 130 m) deyiladi
Darsning texnologik kartasi:
1)Tashkiliy vaqt:4 daqiqa.Hissiy muhit yaratish orqali o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undash.
2)Uy vazifasi:10 daqiqa.Mavzuni o’qib kelishi,savol-javoblar,aqliy hujum
3)Yangi mavzu:10 daqiqa.Yangi mavzu bayoni,xarita bilan ishlash.
4)Yangi mavzuni mustahkamlash:6 daqiqa.Metodlardan foydalangan holda mustahkamlash.
5)Debrifing bosqichi:7 daqiqa.Darsni baholash.
6)Fikrlash bosqichi:8 daqiqa.BBB jadavali asosida.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yaxti
1)P.G’ulomov,V.Vahobov,P.Baratov,M.Mamatqulov.”O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” 7-sinf.Toshkent-2017y
Darsning o’tilgan sanasi:05.12.2022 yil
Mavzu: O’rta zarafshon iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi
1 soat
Mavzu to’g’risida umumiy malumot:
Okrug janubda joylashganligidan hamda shimol, shimoli sharqdan tog‘lar bilan o‘ralganligidan qishda havo haddan tashqari sovib ketmaydi. Yanvarning o‘rtacha harorati –0,9 –1,9°C. Ba’zan Arktika havosi kirib kelganda eng past harorat –24 –35°C gacha pasayadi. Yozda esa havo ochiq bo‘lib, +26 +28°C atrofida bo‘lib, eng yuqori harorat +40 +44°C ga yetadi. O‘rta Zarafshon okrugida sovuq bo‘lmaydigan kunlar bir yilda 213—215 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davridagi ijobiy haroratning yig‘indisi 4300 — 5000°C ga yetadi
Okrugning asosiy daryosi Zarafshon bo‘lib, u Turkiston va Zarafshon tog‘larining tutashgan qismida 131 joylashgan Ko‘ksuv tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan Mastchoh nomi bilan boshlanadi. Mastchoh daryosi Fandaryo bilan qo‘shilgach Zarafshon nomini oladi. Zarafshon daryosi sersuv bo‘lib, o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 165 m3 , eng kami 30 — 35 m3 , eng ko‘pi sekundiga 930 m3.
Darsning texnologik kartasi:
1)Tashkiliy vaqt:4 daqiqa.Hissiy muhit yaratish orqali o’quvchilarni o’quv faoliyatiga undash.
2)Uy vazifasi:10 daqiqa.Mavzuni o’qib kelishi,savol-javoblar,aqliy hujum
3)Yangi mavzu:10 daqiqa.Yangi mavzu bayoni,xarita bilan ishlash.
4)Yangi mavzuni mustahkamlash:6 daqiqa.Metodlardan foydalangan holda mustahkamlash.
5)Debrifing bosqichi:7 daqiqa.Darsni baholash.
6)Fikrlash bosqichi:8 daqiqa.BBB jadavali asosida.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yaxti
1)P.G’ulomov,V.Vahobov,P.Baratov,M.Mamatqulov.”O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” 7-sinf.Toshkent-2017y
Do'stlaringiz bilan baham: |