Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Bachadon
Bachadon (uterus) ikkita asosiy: yuqorigi (tana) va pastki (bo‘yin) qismlar-
idan iborat. Ular orasida bo‘yin oldi (bo‘g‘iz) qismi tafovut qilinadi. Tananing
bachadon nayidan yuqorigi qismi bachadon tubi deb yuritiladi. Bo‘yinda qin va
qin usti qismlari tafovut qilinadi. Qorinparda bachadonni old va orqasidan o‘rab
o‘tib bachadonning yon tomonlarida o‘zaro qo‘shiladi, natijada bachadonning keng
boylami (lig. lata uteri) hosil bo‘ladi. Bachadonning yon qirralari (qovurg‘asi)
qorinparda bilan qoplanmagan. Bachadonning keng boylamlari varaqlari orasida
yog‘ kletchatkasi bo‘lib, u bachadon bo‘ynini o‘rab turgan yog‘ kletchatkasi bilan
tutashgan va parametriy nomini olgan.
Bachadon keng boylami asosida siydik yo‘li va bachadon arteriyasi o‘tadi
(226-rasm). Ularni bachadon-qin chigali venalari va shu nomdagi nerv chigali
shoxlari o‘rab turadi. Bachadon arteriyasi bo‘ylab bachadonning asosiy boylami
(lig.cardinale) tortilgan. Yon tomonlarda bachadonning keng boylami tos chanog‘i
devorini qoplab turuvchi qorinpardaga o‘tadi va shu joyda tuxumdonning ushlab
turuvchi boylamini hosil qiladi, boylam orasida a. va v.ovarica joylashgan. Boy-
lam chegara chiziq sohasida siydik yo‘li hosil qiladigan burmalardan oldinda joy-
lashgan. Tuxumdon tutqich yordamida bachadon keng boylamining orqa varag‘iga
yopishib turadi. Bachadon keng boylamining erkin qirg‘og‘ida bachadon nayi,
undan pastroqda va orqaroqda, bachadon burchagiga yaqinroq tuxumdonning
xususiy boylami joylashgan. Bachadon nayidan pastroqda va oldinroqda bacha-
don dumaloq boylamining chanoq qismi joylashgan. Bachadon yumaloq boylami
(lig.teres uteri), bachadon burchagidan chov kanalining ichki halqasiga qarab bo-
radi (226-rasm).
Bachadon tosning bo‘ylama o‘qiga nisbatan oldinga egilgan (anteversio),
bundan tashqari, tanasi bo‘yniga nisbatan oldinga egilgan (anteflexio). Bacha-


331
donning holatiga siydik pufagi va to‘g‘ri ichakning to‘lib turishi ma’lum darajada
ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni uning holatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Bachadon qin yordamida mustahkamlanadi; undan tashqari yuqorida sanab
o‘tilgan boylamlar yordamida ushlanib turishiga qaramasdan bachadon chanoq
a’zolari orasida eng harakatchan hisoblanadi.
Oldindan bachadonga siydik pufagi, orqadan to‘g‘ri ichak tegib turadi (226-
rasm). Ikkala a’zo ham bachadondan qorinparda hosilalari – o‘yiqlar bilan ajralib
turadi. Shuni nazarda tutish kerakki, to‘g‘ri ichak-bachadon bo‘shlig‘ining yuqorigi
qismi bilan ajralib tursa, qinning orqa gumbazidan esa uning pastki qismi orqali
226-rasm. Ayollar oralig‘ining muskul, tomir va nervlari topografiyasi.
1–
nn
.
labiales
posteriores
et
rr
.
labiales
posteriores
a

perinealis
; 2–
bulbus
vestibuli
vaginae
; 3–
a

profunda
clitoridis
; 4–
a

bulbi
vestibuli
; 5–
n

perinei
et
a

perinealis
; 6–
n

dorsalis
clitoridis
; 7–
a

pudenda
interna
et
n

pudendus
;
8–
nn
.
rectales
inferiores
et
a

rectalis
inferior
; 9–
lig

anococcygeum
; 10–
m
.
gluteus
maximus
; 11–
m

sphincter
ani
externus
; 12–
m

levator
ani
; 13–
lig
.
sacrotuberale
; 14–
m

obturatorius
internus
; 15–
tuber
ischiadicum
; 16–
m
.
transversus
perinei
superficialis
; 17–
m

transversus
perinei
profundus
;
18–
m

bulbocavernosus
; 19–
m

ischiocavernosus
.


332
ajralib turadi. Bachadon tubiga qorinparda orqali ingichka ichak qovuzloqlari (ular
o‘yiqqacha kiradi), ba’zida S-simon hamda ko‘ndalang chambar ichaklar tegib turadi.
Bachadonning arterial tomirlari juft aa.uterinae bo‘lib, ichki yonbosh ar-
teriyasidan boshlanadi. Undan tashqari bachadonni qon bilan ta’minlashda qorin
aortasidan boshlanuvchi aa.ovaricae qatnashadi. Vena qon oqimi bachadon vena-
si orqali ikkala yonbosh venaga quyiladi.
Bachadonning nervlanishida bachadon-qin chigalidan (Frankengeyzer) chiqa-
digan shoxlar qatnashadi. Chigal bachadon oldi kletchatkasida bachadon bo‘yniga
yaqin joylashgan bo‘lib, qorin osti chigalining davomi hisoblanadi.
Bachadon bo‘ynidan ketuvchi limfa yo‘llar dumg‘aza va yonbosh arteriya-
lari atrofida yotuvchi limfa tugunlarga quyiladi. Tanasidan limfa qorin aortasi va
pastki kavak vena atrofidagi limfa tugunlariga, tubidan dumaloq boylam tarkibi-
da chov tugunlariga quyiladi. Bu tugunlarga qindan ham limfa oqib keladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish