Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qon bilan ta’minlanishi. Umurtqalar bo‘yin sohasida umurtqa, ko‘tariluvchi
bo‘yin hamda chuqur bo‘yin arteriyalari bilan, ko‘krak sohasida – qovurg‘alararo
arteriyalar bilan, bel sohasida – bel arteriyalari bilan, dumg‘aza sohasida – lateral
va o‘rta dumg‘aza arteriyalari bilan ta’minlanadi. Orqa miya shoxlari – rrspina-
les, umurtqalararo teshiklar orqali umurtqa kanaliga kirib, qarama-qarshi tomondagi
shunday shoxlar bilan anastomozlashadi va o‘z navbatida forrnutricia orqali
umurtqa tanalariga shoxlar beradi.
Limfa umurtqa pog‘onasining oldida va yon tomonlarida joylashgan limfa
tugunlariga oqadi.
Innervatsiyasi orqa-miya nervlarining orqa shoxlari (rr.spinales) hisobiga
amalga oshiriladi.
ORQA MIYA, medulla spinalis
Orqa miya, atlant ravog‘idan II bel umurtqasigacha cho‘zilgan, 42-45 sm
uzunlikdagi silindrsimon tuzilma bo‘lib, umurtqa kanalining ichida yotadi. Orqa
miyaning pastki oxiri – miya konusi (conus medullaris) katta yoshdagi kishilarda
bir umurtqa pastda yoki yuqorida bo‘lishi mumkin. Bolalarda (1 yoshgacha) esa
III bel umurtqasi sathida joylashadi. Miya konusidan pastga, II dum umurtqasiga
birikuvchi terminal ip (filum terminale) boshlanadi; u orqa miya pardalarining
davomidir.
Orqa miya bo‘ylab ikkita yo‘g‘onlashma bo‘lib, yuqoridagisi – bo‘yin
yo‘g‘onlashmasi (intumescentia cervicalis) C
IV 
dan 
Th
I
umurtqagacha davom
etadi (qo‘lni innervatsiyalaydi), pastdagisi – bel-dumg‘aza yo‘g‘onlashmasi (in-
tumscentia lumbosacralis) pastki ko‘krak va yuqori bel umurtqalari sathida joy-
lashadi (oyoqni innervatsiya qiluvchi neyronlar).
Orqa miyaning yon tomonlaridan chiquvchi orqa miya ildizchalari ikkitadan


304
bo‘ylamasiga joylashgan qatorlarni hosil qiladi. Oldingi ildizcha (radix ventralis)
efferent (harakatlantiruvchi) neyronlarning neyritlaridan, orqa ildizcha (radix dor-
salis) esa orqa miya tugunlarida yotuvchi afferent (sezuvchi) neyronlarning ney-
ritlaridan iborat bo‘ladi. Oldingi va orqa ildizchalar bir-biriga yaqinlashib,
qo‘shiladi va orqa miya nervi poyasini (truncus nspinalis) hosil qiladi (uni
amaliy shifokorlar tizimcha (funiculus) deb ataydilar) (208-rasm).
Mazkur nerv poyasi qisqa bo‘lib, umurtqalararo teshikdan chiqqach to‘rtta:
oldingi (rventralis santerior), orqa (rdorsalis sposterior), meningeal
(r.meningealis) va oq bog‘lovchi (rcommunicans albus) shoxlarga bo‘linadi.
Orqa miya nervi tizimchasi yallig‘langanda (funikulit) shu nerv innervatsiyalov-
chi segmentda sezish va harakat funksiyalari buziladi, ildizchalarning
yallig‘lanishida (radikulit) esa ularning qaysi biri kasallanganligiga qarab buzi-
lishlar bo‘ladi; orqa ildizcha yallig‘lansa yoki kesib qo‘yilsa – sezish, oldindagisi
zararlansa – harakat buziladi. Orqa miya nervining shoxlaridan biri yallig‘lansa
(nevrit), shu nervning innervatsiya zonasida buzilish bo‘ladi.
Orqa miyaning yon tomonlaridan 31 juftdan ildizchalar chiqadi. Ulardan 31 juft
orqa-miya nervlari hosil bo‘ladi. Orqa miyaning ikki juft (ikkita oldingi va ikkita
orqa) ildizchalarga to‘g‘ri keluvchi bo‘lagi segment deb ataladi. Shunday qilib, orqa
miyada 31 juft orqa miya nervlariga mos ravishda 31 ta segment farq qilinadi. Orqa
miyada segmentlar va orqa miya nervlarining taqsimlanishi quyidagicha: 8 ta bo‘yin,
12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 1 ta dum (207-rasm). Orqa miyaning har bir
segmentiga tananing shu segment tomonidan innervatsiyalanuvchi qismi mos keladi.
Patologik jarayon orqa miyaning qaysi qismida joylashganligini aniqlashda
ildizchalarning orqa miyadan chiqish joylari ularning umurtqa kanalidan chiqish
joylariga to‘g‘ri kelmasligini e’tiborga olish zarurdir. Faqat dastlabki 3-4 ta bo‘yin
orqa-miya nervlarigina gorizontal yo‘nalgan ildizchalardan tarkib topadi. Pastda-
208-rasm. Orqa miyaning pardalari (ko‘ndalang kesimda)
1–orqa to‘siq; 2–yumshoq parda; 3–qattiq parda; 4–qattiq miya pardasining
ichki varag‘i; 5–
lig

denticulatum
; 6 - subaraxnoidal bo‘shliq; 7–orqa
miyaning to‘r pardasi; 8–subdural bo‘shliq; 9–epidural bo‘shliq; 10–oldingi
ildiz; 11–
n

spinalis
; 12–
ganglion
spinale
; 13–
radix
posterior
.


305
gi nervlarning ildizchalari esa orqa miyaga nisbatan o‘tkir burchak ostida qiyalab
pastga yo‘naladi va muayyan masofa o‘tgandan keyingina umurtqa kanalidan
chiqadi. Bunga sabab, bolalarda umurtqa pog‘onasining orqa miyaga nisbatan tez-
roq o‘sishi natijasida unga nisbatan uzun bo‘lib qolishi va o‘zi bilan birga nerv
poyalarini ham pastga olib tushishidir.
Bo‘yin va ko‘krakning yuqori bo‘limlarida orqa-miya segmentlari o‘ziga
mos keluvchi umurtqaga nisbatan bir umurtqa yuqorida, o‘rta ko‘krak bo‘limida
– ikki umurtqa yuqorida, pastki ko‘krak bo‘limida esa uch umurtqa yuqorida joy-
lashadi. Bel segmentlari X, XI va qisman XII ko‘krak umurtqalari sathida,
dumg‘aza segmentlari XII ko‘krak hamda I bel umurtqalari sathida joylashgan.
Ko‘rinib turibdiki, bel, dumg‘aza va dum ildizchalari ancha uzun bo‘ladi.
Ular orqa miyadan chiqadi va pastga yo‘nalib, I yoki II bel umurtqasi sathida
(orqa miya tugagan joyda), qattiq miya pardasining pastga davom etishidan hosil
bo‘lgan qopcha ichiga kiradi. Shunday qilib, II bel va II dumg‘aza umurtqalari
orasida orqa miya kanalida faqat nerv shoxlarigina bo‘ladi, xolos. Ular ot dumi
(cauda equina) nomini olgan (207-rasm).
Modomiki, birinchi orqa miya nervi ensa suyagi bilan atlant ravog‘i orasidan,
ikkinchisi – atlant bilan o‘qli umurtqa oralig‘idan chiqar ekan, bo‘yindagi orqa
miya nervlarining soni ham 7 ta emas 8 ta bo‘ladi; ularning sanalishi ham pastda
yotuvchi umurtqa bo‘ylab olib boriladi. Birinchi ko‘krak orqa miya nervi umurtqa
kanalidan I va II ko‘krak umurtqalari orasidagi teshikdan chiqadi va undan boshlab
nervlar hisobi ustki umurtqa bo‘yicha olib boriladi.
Orqa miya markazda joylashgan kulrang va periferiyadagi oq moddalardan
tashkil topgan bo‘lib, uning o‘rtasidan bo‘ylamasiga o‘tgan markaziy kanal (canalis
centralis) bosh miyaning IV qorinchasi bilan tutashadi.
Orqa miyaning qon bilan ta’minlanishi oldingi va orqadagi orqa-miya ar-
teriyalari (a. spinalis anterior et aa. spinales posteriores) hamda umurtqa,
qovurg‘alararo, bel va dumg‘aza arteriyalaridan chiquvchi orqa miya shoxlari (rr.
spinales) orqali amalga oshiriladi.
Venalar umurtqalararo teshiklar sohasida umurtqa kanali venalari bilan
qo‘shilib, umurtqa vena chigallariga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish