301
Umurtqa suyagining tanasi tayanch vazi-
fasini o‘tashi tufayli, bo‘yin umurtqalari yaxshi
taraqqiy etmagan, pastga tusha borgan sayin
uning o‘lchamlari orta boradi va bel umurtqalari-
da eng zalvorli bo‘ladi. Dumg‘aza umurtqalari bosh
va gavdaning (qo‘llar bilan birga) butun og‘irligini
o‘ziga
olganligi, shuningdek, bu soha skeletlari-
ning tos suyaklari orqali oyoqlar bilan tutashtiril-
ganligi sababli bir-biriga birikib, yaxlit dumg‘aza
suyagini hosil qiladi. Dum umurtqalari kichik su-
yaklardan iborat.
Barcha umurtqa suyaklari o‘zaro
boylam-
lar va umurtqalararo disklar yordamida birlash-
ib, tikkasiga bir butun umurtqa ustunini
(pog‘onasini) hosil qiladi. Umurtqa pog‘onasi
to‘g‘ri ustun shaklida bo‘lmasdan, sagittal tekis-
likdagi egriliklarga ega. Bo‘yin va bel sohalar-
idagi egriliklar old tomonga qabargan (lordoz),
ko‘krak va dumg‘aza bo‘limlaridagi egriliklar
orqa tomonga qabargan bo‘ladi (ular
kifoz deb
ataladi). Chaqaloqlarning umurtqa pog‘onasi de-
yarli to‘ppa-to‘g‘ri bo‘ladi. Bola boshini tuta
boshlaganda bo‘yin lordozi, o‘tirishga
o‘rganganda ko‘krak kifozi, turib yurishni bosh-
laganda esa bel lordozi va dumg‘aza kifozi shak-
llanadi. Bu egriliklar muhim amortizatsiya
funktsiyasini bajaradi (207-rasm).
Gavdani noto‘g‘ri tutish (o‘quvchilarda) va
ayrim kasalliklarda umurtqa pog‘onasida fron-
tal egriliklar (skolioz) rivojlanishi mumkin.
Umurtqa pog‘onasining sagittal tekislikda-
gi harakat amplitudasi 60-70
0
gacha boradi.
Uning bo‘yin va bel bo‘limlari
eng harakatchan,
ko‘krak bo‘limi esa kam harakatli bo‘ladi. Dum
umurtqalari distal qismining siljishi esa tug‘ruq
vaqtida katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kompressiyali (siqilgan, ezilgan) suyak si-
nishlari, asosan, umurtqa pog‘onasining kam
harakatli (yoki harakatsiz) va harakatchan bo‘limlari chegarasida bo‘ladi. I bel
umurtqasi eng ko‘p sinadi: uning tanasi, asosan, g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib,
kompakt suyak plastinkasi yaxshi rivojlanmagan. Bundan tashqari, umurtqa ta-
nasining oldingi qismi orqa qismiga nisbatan kamroq mustahkam bo‘ladi. Shu
sababli, kompressiyali su-yak sinishlarida umurtqa tanasining oldingi qismi ko‘proq
eziladi va yon tomonlama rentgenografiyada singan umurtqaning tanasi asosi orqa-
ga qaragan uchburchak shaklida ko‘rinadi.
207-rasm.
Orqa miya
segmentlari bilan
umurtqalarning o‘zaro
nisbati.
302
Umurtqa pog‘onasidagi o‘zaro harakatchan birlashgan erkin umurtqalarning
soni, odatda, 24 ta bo‘ladi. Ba’zan, dumg‘aza suyagini XXVI-XXIX umurtqalar
emas, balki XXVII-XXX umurtqalar hosil qiladi. Bunda 25-umurtqa erkin bo‘lib
qoladi va VI umurtqa bo‘lib bel bo‘limiga qo‘shiladi. Umurtqaning l yu m b a l i
z a ts i ya s i deb shunga aytiladi. Umurtqaning s a k r a l i z a ts i ya s i d a
esa 24-umurtqa, ya’ni V bel umurtqasi dumg‘aza suyagining hosil bo‘lishida qat-
nashganligi tufayli erkin umurtqalarning soni 23 taga tushib qoladi.
Erkin umurtqalar umurtqalararo disklardan (
disci intervertebrales) iborat
bo‘lgan umurtqalararo simfizlar vositasida o‘zaro birlashgan. Har bir disk (cham-
barak) tolali tog‘ay plastinkalar bilan qoplangan bo‘lib,
tashqi fibroz halqa (anu-
lus fibrosu)s va markazdagi amortizatsiyalovchi liqildoq o‘zak (yadro)
(nucleus
pulposus)dan iborat. Disk elastik bo‘lib, umurtqalar orasidagi bosimni qabul qilib
olib taqsimlaydi va umurtqa pog‘onasining bukilish-yozilishiga imkon beradi.
Fibroz halqaning orqa-yon va orqa-medial (o‘rta) tomonlari zaif bo‘lib, bu
yerdan turli shikastlanishlarda, liqildoq o‘zakning qisman tashqariga chiqib qo-
lishi, ya’ni disk churrasi kuzatiladi.
Umurtqalarning tanalari o‘zaro ikkita pishiq bo‘ylama boylamlar yordamida
bog‘langan. O l d i n g i bo‘ylama boylam
(lig.
longitudinale anterius) umurtqa
tanalari va disklarning oldingi yuzalari bo‘ylab atlantning oldingi ravog‘idan
dumg‘azaning ichki yuzasigacha davom etadi. Boylamning atlant bilan ensa suyagi
orasidagi yuqorigi keng qismini oldingi atlant-ensa pardasi (
membrana atlantooc-
cipitalis anterior) deb yuritiladi. Oldingi bo‘ylama boylam o‘z yo‘lida
disklarga va
umurtqa tanalarining turtib chiqib turuvchi tepa va pastki chetlariga birikib, umurtqa
pog‘onasining orqaga haddan ortiq egilishini (yozilishini) chegaralaydi.
O r q a b o‘ y l a m a b o y l a m
(lig.
longitudinale posterius) II bo‘yin
umurtqasidan dumg‘aza kanaligacha tortilgan bo‘lib, umurtqa tanalari va disklar-
ni umurtqa kanali tomonidan qoplab turadi. Boylam disklarga mustahkam birik-
kan, suyakka esa yopishmaganligidan boylam bilan suyak usti pardasi oralig‘ida
vena chigali joylashadi.
Umurtqa ravoqlarini bir-biri
bilan sariq boylamlar (ligg.
flava), o‘tkir qir-
ralari o‘siqlarini
(ligg.
interspinalia et supraspinalia), ko‘ndalang o‘siqlarini
(ligg.
intertransversaria) tutashtirib turadi.
Dumg‘aza suyagi dum suyagiga ichida kichik bo‘shliq hamda disk bo‘lgan
dumg‘aza-dum bo‘g‘imi
(art.
sacrococcygea) vositasida harakatchan birikkan.
Umurtqa pog‘onasi qayishqoq va elastik, vertikal joylashgan ustun bo‘lib,
unda oldinga, orqaga, yon tomonlarga egilish hamda aylanma harakatlar amalga
oshiriladi. Umurtqalararo disklar umurtqa suyaklari tanalarining bir-biriga urilib,
shikastlanishining oldini olsa, bo‘ylama boylamlar esa umurtqalarni bir-biridan
uzoqlashib ketishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: