Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Pastki kavak vena
Pastki kavak vena (vcava inferior) IV-V bel umurtqalarining oldida ikkala
umumiy yonbosh venalarining tutashgan joyida hosil bo‘lib, umurtqalar oldingi
yuzalarining o‘ng tomonida joylashadi. Uning old tomonida ingichka ichakning
tutqichi, o‘n ikki barmoq ichakning pastki gorizontal qismi, oshqozon osti bezi-
ning boshchasi, jigarning orqa pastki qismi joylashgan. Venaning o‘ng chekkasi-
da o‘ng simpatik poyaning bel qismi o‘rin olgan. Bundan tashqari, o‘ng tomonda
vena bel muskuliga, o‘ng buyrak, siydik yo‘li va o‘ng buyrak usti beziga tegib
turadi. Chap tomonda aorta, orqasida o‘ng buyrak arteriyasi joylashgan. Belning
pastki yarmida pastki kavak vena aortaga juda yaqin yondoshgan, yuqoriroqda
undan uzoqlashadi va jigarning fossa venae cavae nomli chuqurchasidan o‘tib,
diafragmaning maxsus teshigi orqali ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi.
Pastki kavak venaga kelib quyiladigan juft venalar, aortaning juft tarmoq-
larini deyarli qaytaradi va shu nom bilan ataladi. Aortaning toq tarmoqlariga man-
sub venalar esa o‘zaro qo‘shilib, qopqa venasini tashkil qiladi. Qopqa venasi jigar
orqali o‘tib, jigar venalarini hosil qiladi. 2-4 poyadan iborat jigar venalari, a’zoning
orqa chuqurchasida joylashgan pastki kavak venaga quyiladi.


298
Qorinparda orti bo‘shlig‘ining limfa tizimi
Qorinparda orti bo‘shlig‘ining asosiy limfa tugunlari va kollektorlari qorin
aortasi va pastki kavak venaning yon tomonlarida joylashgan. Markazga yo‘naluvchi
kollektorlar o‘zaro qo‘shilib, yuqorida ko‘rsatilgan tomirlarning orqa tomonida o‘ng
va chap bel limfa poyalarini (trunci lymphatici lumbales dexter et sinister) tashkil
qiladi. Bular o‘z navbatida, har xil balandlikda, ko‘pincha II bel umurtqasi bilan XII
ko‘krak umurtqasi oralig‘ida o‘zaro qo‘shilib, ko‘krak limfa yo‘li (ductus
thoracicus)ni hosil qiladi. Bu limfa oqim yo‘lining boshlang‘ich kengaygan qismi
(cisterna chyli), limfa xaltasi deb ataladi. Cisterna chyli katta yoshdagi odamlar-
ning 52 foizida uchraydi va ko‘pincha diafragmaning o‘ng ichki oyoqchasi ustida
joylashadi. Bundan boshlangan ko‘krak limfa yo‘li aortaning orqa yuzasi bo‘ylab,
diafragmaning aorta teshigi orqali ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish