292
Fascia retrorenalis buyrakni o‘rab
turgan kletchatkaning orqasidan o‘tadi va
ichkarida
fascia prerenalis bilan tuta-
shib, diafragma oyoqchalarning fassial
qinlariga, aorta va pastki kavak venaning fibroz qinlariga chatishadi.
Pastda u
siydik yo‘li orqasi bo‘ylab tushadi va
fascia retroureterica nomini oladi.
Fascia prerenalis buyrakni oldidan o‘rab turuvchi yog‘ kletchatkasining ol-
didan o‘tadi, yuqorida buyrak usti bezi uchun qin hosil qiladi va
fascia retrorena-
lis bilan qo‘shilib, yirik tomirlarning fibroz qinlariga birikadi,
yuqori ichak tut-
qich arteriyasidan pastroqda qarma-qarshi fassiya bilan tutashadi. Bu fassiya pastda
siydik yo‘lining old tomonidan o‘tadi va
fascia preureterica nomini oladi.
Ikkinchi qavat kletchatka (
paranephron) fascia pre- va
retrorenalis oralig‘ida
joylashib, buyrakning yog‘ kapsulasini (
capsula adiposa renis) tashkil qiladi. Xuddi
shunday g‘ilofchalar buyrak usti bezi va siydik yo‘llari atrofida ham hosil bo‘ladi.
Siydik yo‘llari atrofidagi kletchatka
(paraureterium) shu yo‘llar bo‘ylab siydik
qopigacha davom etadi.
Fascia prerenalis va
preuretericalarning oldida, ko‘tariluvchi
va tushuvchi
chambar ichaklarning orqa sohasi bo‘ylab uchinchi qavat kletchatka-chambar atrofi
kletchatkasi (
paracolon) joylashgan. Uning oldingi devorini shu ichaklarning orqa
fassiyasi (
fascia retrocolica), ichak tashqarisida esa qorinparda tashkil qiladi. Ushbu
kletchatkada uchraydigan yallig‘lanish jarayonlari parakolit nomi bilan ataladi.
203-rasm. O‘ng buyrak
sohasida qorinparda orti
kletchatkasi qavatlari (yarim
sxema tarzida).
1–plevra; 2–diafragma; 3–
fascia
diaphragmatica
; 4–jigar;
5–buyrak
usti bezi;
6–o‘ng buyrak; 7–
f a s c i a
prerenalis
; 8–qorinparda;
9–
fascia
Toldti
;
10–
paraureterium
; 11–
vasa
iliaca
communis
; 12–
m
.
iliacus
;
13–
fascia
illiaca
;
14–
aponeurosis
m
.
transversi
abdominis
(boshqacha nomi–
fascia
thoracolumbalis
-ning
chuqur varag‘i); 15–
m
.
erector
spinae
; 16–
fascia
retrorenalis
;
17–
m
.
quadratus
lumborum
;
18–
arcus
lumbocostalis
lateralis
;
19–
fascia
thoracolumbalis
.
293
Fascia retrocolica (
Toldti) qorinparda mahsuli bo‘lib, u embrionning taraq-
qiyot davrida ko‘tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning orqa tomonidagi-
na uchraydi, ichaklarning tashqi va ichki tomonlarida qorinpardaga birikadi.
So‘nggi qavatni, ya’ni qorinparda orti bo‘shlig‘ining oldingi devorini orqa devor
qorinpardasi tashkil qiladi. Demak, qorinparda orti bo‘shlig‘i
quyidagi qavatlar-
dan iborat:
·
qorinning ichki fassiyasi;
·
qorinparda orti bo‘shlig‘ining xususiy yog‘ kletchatkasi;
·
fascia retrorenalis va
retroureterica;
·
paranephron va
paraureterium;
·
fascia prerenalis,
preureterica;
·
qorinparda hamda
fascia retrocolica.
Qorinparda orti bo‘shlig‘i kletchatkasi fassiyalar bilan ayrim qatlamlarga
bo‘linganligi tufayli, bu yerda turli davolash va tashxis qo‘yish ishlarini o‘tkazish
mumkin, jumladan, pnevmoretroperitoneum, paranefral,
retroperitoneal va para-
kol novokain blokadalarini bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: