Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qorin aortasi
Qorin aortasi (aorta abdominalis) – bel umurtqalarining oldingi sathida, past-
ki kavak venaning chap tomonida joylashgan. U diafragmaning aorta teshigidan
boshlanib, ko‘pincha IV bel umurtqasi oldida umumiy yonbosh arteriyalariga
bo‘linadi (aorta bifurkatsiyasi). Yuqorida aorta oldida oshqozon osti bezi, o‘n ikki
barmoq ichakning ko‘tariluvchi qismi, pastroqda ingichka ichak tutqichi joylash-
gan. Aortaning chap tomonida chap simpatik poyaning bel qismi o‘rin olgan. Qorin
aortasidan pariyetal va visseral tarmoqlar boshlanadi.
Pariyetal tarmoqlarga pastki diafragma arteriyalari, bel arteriyalari va
dumg‘azaning o‘rta arteriyasi kiradi.
1. Aphrenicae inferior dextra et sinistra aorta boshlang‘ich qismining ol-
dingi sathidan boshlanib, diafragmaning pastki yuzasiga yo‘naladi.
2. Aalumbales 4 juft bo‘lib, yuqorigi 4 ta bel umurtqalari davomida, aorta-
ning orqa yuzasidan boshlanib, bel, orqa miya va qorin devorining pastki qismini
qon bilan ta’minlashda qatnashadi.
3. Asacralis mediana – ingichkagina tomir aortaning davomi tarzida,
uning ikkiga bo‘linish yeridan boshlanib, dumg‘azaning oldingi sathi bo‘ylab past-
ga, dum tomonga yo‘naladi.
Qorin aortasining visseral (ichki) tarmoqlari:
1) qorin poyasi (truncus coeliacus) - aortaning oldingi sathidan XII ko‘krak–
I bel umurtqalari oralig‘ida boshlanib, qorinparda ortida o‘zining asosiy 3 ta
tarmog‘iga bo‘linadi: ahepatica ommunis, agastrica sinistra, aLienalis;


297
2) yuqori ichak tutqich arteriyasi (amesenterica superior) - I bel umurtqasi
ro‘parasida aortaning oldingi yuzasidan boshlanadi, oshqozon osti bezining tagidan
chiqib, o‘n ikki barmoq ichak ko‘tariluvchi qismining oldidan o‘tadi, so‘ngra in-
gichka ichak tutqichiga kirib, o‘zining oxirgi tarmoqlariga bo‘linadi;
3) buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi (asuprarenalis media) - aortaning
yon devoridan boshlanib, bez tomon yo‘l oladi;
4) buyrak arteriyalari (aaRenales) - aortaning yon tomonidan boshlanib,
buyraklarning darvozasiga kiradi;
5) moyak (yoki tuxumdon) arteriyalari (aatesticulares (ovaricae)) juft hol-
da aortaning oldingi sathidan boshlanib, qorinparda ortida siydik yo‘li va tashqi
yonbosh arteriyasining old tomonidan kesib o‘tadi. Erkaklarda chov kanali orqali
moyakka, ayollarda esa tuxumdonga boradi.
Pastki ichak tutqich arteriyasi (amesenterica inferior) - III bel umurtqasi
ro‘parasida aorta oldingi yuzasining chaprog‘idan boshlanadi va qorinparda orti-
da o‘z tarmoqlariga bo‘linadi.
Qorin aortasi ko‘pincha IV bel umurtqasi ro‘parasida umumiy yonbosh ar-
teriyalariga (aailiacae communes) bo‘linadi. Umumiy yonbosh arteriyalari 30-
60
0
ga teng burchak hosil qilib, pastga va lateral tomonga yo‘naladi. Bu arteriy-
alarning o‘rtacha uzunligi 5-7 sm ga teng bo‘lib, ular dumg‘aza-yonbosh birlash-
masi ro‘parasida ichki va tashqi yonbosh arteriyalariga bo‘linadi. Tashqi yonbosh
arteriyasi (ailiaca externa), umumiy yonbosh arteriyasining davomi hisoblana-
di, u chov boylamining o‘rta qismi tomon yo‘naladi va shu boylamning tagidan
o‘tib, son arteriyasi nomini oladi.
Ichki yonbosh arteriya, ailiaca interna qorinparda orti bo‘ylab chanoq
bo‘shlig‘iga tushadi va katta quymuch teshigining yuqori chekkasida oldingi va
orqa tarmoqlarga bo‘linadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish