Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Orqa miyaning pardalari
Orqa miya bosh miya kabi 3 ta parda bilan o‘ralgan. Orqa miyaning qattiq
pardasi (dura mater spinalis) - eng tashqi parda bo‘lib, umurtqa kanalini ichki
tomondan qoplasa-da, unga zich yopishmaydi; qattiq parda bilan umurtqalarning
suyak usti pardasi orasida g‘ovak kletchatka bilan to‘lgan yoriqsimon epidural
bo‘shliq (cavitas epiduralis) bo‘ladi. Qator mualliflar qattiq miya pardasini ikki-
ta: umurtqalarning suyak usti pardasiga va boylamlariga birikib ketgan tashqi ham-
da undan epidural bo‘shliq orqali chegaralangan ichki pardalarga ajratadilar.
Orqa miyaning qattiq pardasi yuqorida katta ensa teshigi (foramen occipi-
tale magnum) ning chetlariga birikib, bosh miyaning qattiq pardasiga davom eta-
di; pastda esa II yoki III dumg‘aza umurtqasida tugaydi. Umurtqa kanalining yon
tomonlarida qattiq miya pardasidan o‘siqlar chiqib, orqa-miya nervlarini
umurtqalararo teshiklargacha o‘rovchi g‘iloflar hosil qiladi (208-rasm).


306
Epidural bo‘shliqda ichki
umurtqa vena chigali (plexus venosus
vertebralis internus) joylashgan bo‘lib,
uni ikkiga: umurtqa tanalarining orqa yuzalarida joylashgan hamda ularning su-
yak usti pardasiga ko‘p sonli bitishmalar yordamida yopishgan oldingi chigal va
umurtqa ravoqlari bilan sariq boylamlarning ichki yuzasida yotuvchi orqa chigal-
ga ajratiladi. Oldingi va orqa umurtqa ichi vena chigallari o‘zaro hamda
umurtqalar atrofidagi venalar bilan anastomozlashadi; ularda klapanlar
bo‘lmaydi (kava-kaval anastomozlar).
Orqa miya va ichki umurtqa chigalidan vena qonini olib ketuvchi
umurtqalararo venalar umurtqalararo teshiklar orqali chiqishida ularning chetlar-
idagi suyak usti pardasiga mahkam birikadi; shu sababli shikastlanganda yopilib
qolmaydi. Bu venalar umurtqa, toq va yarim toq hamda bel venalariga quyiladi.
O‘ng tomondagi III-V umurtqa venalarining shikastlanishlarida havo em-
boliyasi xavfi paydo bo‘ladi, chunki, ular manfiy bosimga ega bo‘lgan toq venan-
ing oxirgi bo‘limiga quyiladi (209-rasm).
Old umurtqa ichi chigali umurtqa tanalarining old yuzalari bo‘ylab joylash-
gan oldingi tashqi umurtqa chigali bilan umurtqalarning tanalari orqali o‘tuvchi
venalar yordamida, orqa umurtqa chigali bilan sariq boylamlarni teshib o‘tuvchi
venalar vositasida tutashadi.
Orqa miyaning to‘rli pardasi (arachnoidea spinalis) qattiq miya pardasi os-
tida joylashgan yupqa tomirsiz parda bo‘lib, ularni bir-biridan subdural bo‘shliq
(spatium subdurale) ajratib turadi. To‘rli parda bilan uning ostidagi yumshoq par-
da orasida kengroq to‘r osti bo‘shlig‘i (cavitas subarachnoidalis) bo‘lib, uni orqa-
miya suyuqligi (likvor) to‘ldirib turadi. Bu bo‘shliq katta ensa teshigi orqali bosh
miyadagi xuddi shunday bo‘shliq bilan tutashadi.
To‘rli pardani yumshoq miya pardasi bilan tutashtiruvchi biriktiruvchi
to‘qimali tutamlar bo‘lib, bular orqa miyaning yon yuzalari bo‘ylab yaxshi rivoj-
langan. Ularni tishli boylamlar (ligg.denticulata) deb nomlangan. Tishli boylam-
lar subaraxnoidal bo‘shliqni oldingi va orqa bo‘limlarga bo‘ladi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi (pia mater spinalis) orqa miya to‘qimasini
qoplab, o‘zida qon tomirlarni tutadi.
209-rasm. Umurtqa kanalining
sagittal tekislikdagi kesimi.
1–traxeya; 2 - o‘ng adashgan
nerv; 3 - yuqori kavak vena;
4 - toq vena; 5 - o‘ng bronx;
6 - ko‘krak aortasi;
7 - q i z i l o ‘ n g a c h ; 8 –
p l e x u s
venosus
vertebralis
internus
posterior
; 9–umurtqalararo vena;
10 - 
plexus
venosus
vertebralis
internus
anterior
; 11–IV ko‘krak
umurtqasining tanasi; 12 -
qovurg‘alararo vena.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish