Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


SUYAK-BOYLAM ASOSI, TOS CHANOG‘I TUBI VA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

SUYAK-BOYLAM ASOSI, TOS CHANOG‘I TUBI VA
DEVORLARINING MUSKULLARI
Chanoqning suyak asosini ikkita tos suyagi, dumg‘aza, dum va V bel
umurtqasi hosil qiladi. Tos suyagining har biri esa yonbosh, quymuch va qov su-
yaklaridan iboratdir. Yonbosh suyaklari dumg‘aza suyagi bilan qo‘shilib, 2 ta kam
harakatli yonbosh-dumg‘aza birlashmasini hosil qiladi; qov suyaklari bir-biri bi-
lan oldinda, tolali tog‘ay (symphysis ossium pubis) yordamida birikadi.
Dumg‘aza va yonbosh suyaklari bir-biri bilan har ikki tomonda ikkita lig.
sacrospinale va ligsacrotuberale deb ataluvchi baqquvat boylamlar yordamida
birikib turadi. Bunda quymuch suyagidagi ikkita: kichik va katta o‘yiqlar boylamlar
yordamida teshiklarga aylanadi va foramen ischiadicum major et minor deb yuriti-
ladi. Bu teshiklar orqali muskullar, qon tomirlar va nervlar o‘tadi (41-rasm).
Tos chanog‘i devorining hosil bo‘lishida suyaklardan tashqari devoriy mus-
kullar ham qatnashadi, ularning asosiy qismi esa dumba sohasiga tegishlidir.
Dumg‘aza suyagining oldingi yuzasidan boshlanuvchi noksimon muskul
(m.piriformis) katta quymuch teshigi orqali o‘tadi. Natijada muskul usti va ostida


308
tirqishsimon teshiklar (foramen supraet infrapiriforme) hosil bo‘ladi. Ushbu
hosil bo‘lgan teshiklardan qon tomir va nervlar o‘tadi.
Yopqich teshigi qirg‘og‘i hamda tos suyaklari ichki yuzalaridan ichki yop-
qich muskuli (m.obturatorius internus) boshlanadi. Bu muskul esa kichik quy-
much teshigidan o‘tadi.
Chanoqda devoriy muskullardan tashqari, bevosita tos chanog‘i a’zolariga
aloqador bo‘lgan ichki (visseral) muskullar guruhi tafovut qilinadi. Bu guruhga
orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi juft muskullar – m.levator ani va orqa chiqaruv
teshigi tashqi iskanjasini hosil qiluvchi muskul – m.sphincter ani externus kiradi.
M.levator ani uchburchak shakliga ega bo‘lib, ikkita: oldingi (m.pubococcygeus)
va orqa (m.iliococcygeus) muskullardan iborat. Ikkala muskul ham tos suyaklari-
ning ichki yuzasidan (birinchi muskul – qov suyagidan, ikkinchisi esa – yonbosh
suyagidan), undan tashqari chanoq fassiyasining qalinlashgan qismidan (arcus
tendineus fasciae pelvis) boshlanadi.
Orqa chiqaruv teshigini ko‘taruvchi o‘ng va chap muskul tolalari pastga qarab
torayib boruvchi o‘ziga xos voronka hosil qiladi. Bu muskul tolalari siydik-tanosil
a’zolarining yon tomonida joylashgan bo‘lib, uning bir qismi to‘g‘ri ichak va tos-
ning boshqa a’zolari mushaklari bilan qo‘shilishib ketadi, boshqa qismi esa to‘g‘ri
ichakni orqadan o‘rab, lig.anococcygeum yordamida dum suyagiga birikadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish