Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Tos chanog‘i fassialalari
Kichik tos devori va undagi a’zolar tos fassiyasi (fascia pelvis) bilan qop-
langan. Bu fassiya bevosita qorin ichki fassiyasining davomi bo‘lib, tos chanog‘i
sohasida tosning ichki fassiyasi, fascia endopelvina deb yuritiladi. Chanoq fassi-
yasining ikkita varag‘i (visseral va pariyetal) tafovut qilinadi. Pariyetal fassiya
chanoq tubini va devorini, visseral fassiya esa tos a’zoalrini qoplab turadi (212-
rasm).
Ichki yopqich muskulining ustki va pastki qismlari orasida tosning devoriy
fassiyasi qalinlashib, pay yoyini (arcus tendineus fasciae pelvis) hosil qiladi. Shu
yoydan boshlanuvchi m.levator anining ustki yuzasi tos fassiyasi bilan qoplan-
gan. Tos tubining orqa bo‘limida fassiya m.piriformisni qoplaydi.
211-rasm. Tos fassiyalari
qiyshiq-ko‘ndalang qirqimda.
1–siydik pufagi; 2–
m
.
obturatorius
internus
; 3–
prostata
;
4–
aponeurosis
peritoneoperinalis
(aponevroz Denonvile);
5–yopqich fassiyasi hisobiga hosil
bo‘lgan 
canalis
pudendalis
va
uning tarkibi: 
vasa
pudenda
interna
et
n
.
pudendus
;
6–
m
.
levator
ani
va uni qoplovchi
yuqorigi va pastki tos diafragmasi
fassiyalari; 7–to‘g‘ri ichak va uning
tashqi va ichki sfinkterlari; 8–
fossa
ischiorectalis
;
9–pararektal kletchatka;
10–
plexus
venosus
prostaticus
.


310
212-rasm. Qorinpardaning ayollar tos chanog‘idagi yo‘li.
1- o‘ng siydik naychasi; 2–a, 
v

iliaca
communis
dextra
; 3–
a

et
v

iliaca
interna
; 4–bachadon; 5–bachadon-pufak o‘yig‘i; 6–bachadon-to‘g‘ri ichak
o‘yig‘i; 7–qorinparda-oraliq aponevrozi; 8–to‘g‘ri ichak; 9–qin; 10 –siydik
chiqaruv kanali; 11–qov simfizi; 12–qovuq; 13–tuxumdon; 14–bachadon
naylari.
Simfiz va prostata bezi orasida (ayollarda esa simfiz va siydik pufagi orasi-
da) chanoq fassiyasi sagittal yo‘nalgan ikkita qalin boylam (lig.puboprostatica,
lig.pubovesicalia) ni hosil qiladi. Tos fassiyasi a’zolarga o‘tishda qov va dumg‘aza
suyaklari oralig‘ida sagittal tekislik bo‘ylab joylashgan ikkita varaq ko‘rinishida
davom etadi.
Shunday qilib, tos chanog‘i a’zolari qov va dumg‘aza suyaklari hamda ikki
tomondan tos fassiyasining sagittal varaqlari orasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqda
joylashadi. Bu bo‘shliq qorinparda-oraliq aponevrozi (aponeurosis peritoneo-
perinealis) yoki boshqacha qilib aytganda Denonvilye aponevrozi deb yuritiluv-
chi frontal tekislikdagi to‘siq orqali orqa va oldingi bo‘limlarga ajratiladi. Bu
aponevroz birlamchi qorinpardaning duplikaturasi bo‘lib, qorinparda xaltasining
tubi bilan siydik-tanosil diafragmasi orasida joylashgan.
Qorinparda-oraliq aponevrozi to‘g‘ri ichakni siydik pufagi va prostata bezi-
dan ajratib turadi, shunday qilib oldingi bo‘shliqda erkaklarda siydik pufagi, pros-
tata bezi, urug‘ pufakchalari, urug‘ yo‘lining ampulasi, ayollarda esa siydik pufa-


311
gi va qin joylashgan; bo‘shliqning orqa qismida esa ayollarda ham, erkaklarda
ham to‘g‘ri ichak joylashadi.
Denonvilye aponevrozi bilan tos fassiyasi sanab o‘tilgan barcha a’zolarga
g‘iloflar hosil qiladi. Ulardan Retsiy g‘ilofi e’tiborga molik bo‘lib, u prostata bez-
ini o‘rab turadi. Ikkinchisi Amyuss g‘ilofi deb yuritiladi va u to‘g‘ri ichakni o‘raydi.
Keyingi paytda L.P.Krayzelburdning ta’kidlashicha, Denonvilye aponevrozi
chanoq yon devorlariga o‘tmaydi, balki to‘g‘ri ichakni aylanib o‘tib, uning orqa
devoriga birikadi. Tos chanog‘i a‘zolari chanoq bo‘shlig‘ining o‘rtasida joylashar
ekan, ularning birortasi ham chanoq devoriga tegmaydi, aksincha, yog‘ to‘qimalari
yordamida devordan ajralib turadi. Qorinparda bilan o‘ralmagan a’zolar tos fassi-
yasining vistseral varaqlari bilan o‘ralgan, ular oralig‘i, ya’ni fassiya va a’zo
oralig‘i, kletchatka bilan to‘lib turadi. Bu kletchatkalarda esa qon tomir, nerv va
limfa tomirlari joylashgan.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish