Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Buyraklar
Buyraklar (renes) o‘zining yog‘ kletchatkasi (paranephron) bilan o‘ralgan
holda, umurtqa pog‘onasining har ikki tomonida, qorinparda orti bo‘shlig‘ining
yuqori qismida joylashgan.
Buyraklar turlicha joylashib, tananing gorizontal holatida ularning yuqori
qutbi XI-XII, pastkisi esa II-III bel umurtqalariga to‘g‘ri keladi. Normada chap
buyrakning pastki qutbi IV bel umurtqasiga yetib bormaydi, o‘ng buyrakniki esa
shu umurtqaning yuqori qismi bilan chegaralanadi. Tananing vertikal holatida yoki
chuqur nafas olinganda buyraklarning o‘rtacha pastga siljishi 2,5-3,0 sm ga tengdir.
XII qovurg‘a chap buyrakni teng ikkiga bo‘lsa, o‘ngining uchdan bir qismi
qovurg‘adan yuqorida, ikkisi pastda qoladi. Buyraklar darvozasi XII qovurg‘a
orqasida yoki qovurg‘adan pastda, I-II bel umurtqalari ro‘parasida joylashgan.
Buyrak darvozalarining proyeksiyasi old tomondan qovurg‘a yoyi, qorinning to‘g‘ri
muskulini lateral chekkasi bilan kesishgan nuqtaga, orqa tomonda XII qovurg‘a
204-rasm. Bel sohasi va
qorinparda orti bo‘shlig‘i
kletchatkalari ko‘ndalang
kesimda.
1–ko‘ndalang fassiya;
2–qorinning ko‘ndalang
muskuli; 3–qorin ichki
qiyshiq muskuli; 4–qorin
tashqi qiyshiq muskuli;
5–siydik yo‘li; 6–buyrak
oldi fassiyasi; 7–o‘ng
buyrak; 8–buyrak orti
fastsiyasi; 9–belning kvadrat muskuli va kvadrat fassiya; 10–orqaning serbar
muskuli; 11–belning xususiy fassiyasi; 12–ko‘krak-bel fassiyasi; 13–bel
muskuli va bel fassiyasi; 14–orqani tiklovchi muskul.


294
gavdani rostlovchi muskulning yon chekkasi bilan kesishgan nuqtaga to‘g‘ri keladi
(205-rasm).
Buyraklarning bo‘ylama o‘qlari pastga ochilgan o‘tkir burchak hosil qiladi,
ya’ni buyraklarning yuqori qutblari bir-biriga yaqinlashadi, pastkilari uzoqlasha-
di. Buyraklarning yuqori qutblari umurtqaning o‘rta chizig‘idan 5 sm, pastkilari
esa 8 sm masofada joylashgan.
Buyraklar o‘zlarini o‘ragan fassiya va kletchatka qatlamlari orqali qorin
bo‘shlig‘ining bir qancha a’zolariga tegib turadi. Orqa tomondan ular diafragma-
ning bel qismiga, belning kvadrat muskuliga, ko‘ndalang muskulning
aponevroziga, ichki tomondan esa bel muskuliga tegib turadi. Buyraklarning late-
ral chekkasi bel-ning kvadrat muskuli va undan yuzaroqda joylashgan gavdani
rostlovchi muskuldan 2-3 sm tashqariga chiqib turadi. Ularning XII qovurg‘adan
yuqorida joylashgan qismlari orqasida plevraning qovurg‘a-diafragma sinusi turadi.
O‘ng buyrakning old yuzasini jigarning o‘ng bo‘lagi, ko‘tariluvchi chambar
ichak va o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi qoplab turadi (203-rasm).
Chap buyrakning old sathi oshqozon, oshqozon osti bezining dumi, cham-
bar ichakning o‘ng burchagi, oldingi va yon sathi, shu ichakning tushuvchi qismi
va taloq bilan tutashadi. Har ikkala buyrakning yuqori qutbiga ichki tomondan
buyrak usti bezlari tegib turadi.
O‘ng buyrakning ichki tomonida pastki kavak vena, chap buyrakning shu
yuzasi yaqinida aorta yotadi. Tomirlar bilan buyrak darvozalari o‘rtasida buyrak
oyoqchalari joylashgan. Buyrak oyoqchalari yog‘ kletchatkasi bilan o‘ralgan
buyrak arteriyalari, venalari, buyrak nerv chigali, limfa tomirlari, buyrak jomi va
siydik yo‘lidan tashkil topgan.
Buyrak oyoqchasining orqaroq qismida buyrak jomi va undan boshlanuvchi
siydik yo‘lining boshlang‘ich qismi, bir oz yuqorirog‘ida va oldinda buyrak ar-
teriyasi, Yana ham oldinda va yuqorida – buyrak venasi va uni tashkil qiluvchi
tarmoqlari joylashadi.
205-rasm. Buyraklarning
skeletotopiyasi.


295
Buyrak arteriyalari (aarenales) qorin aortasining yon tomonidan, I-II bel
umurtqalari ro‘parasida boshlanib, buyrak darvozasida ko‘pincha ikkita: kattaroq
oldingi va orqa tarmoqlarga bo‘linadi. O‘ng buyrak arteriyasi pastki kavak vena
va duodenumning tushuvchi qismi, chapdagisi esa oshqozon osti bezi dumining
orqasidan o‘tadi. Odamlarning qariyb uchdan bir qismida aorta yoki uning boshqa
tarmoqlaridan boshlanadigan qo‘shimcha arteriyalari buyrakka buyrak darvozasi
orqali kirishi mumkin, lekin ko‘pincha bu qo‘shimcha arteriyalar buyrak qutblari,
ayniqsa, pastki qutb orqali kiradi. Bular perforant arteriyalar deyiladi. Shuning
uchun buyrakni ajratib olishda ana shu qo‘shimcha tomirlarni ham bog‘lab qo‘yish
zarurligini esdan chiqarmaslik lozim.
Buyrak venalari pastki kavak venaga quyiladi. Chap vena o‘ngdagisidan
uzunroq bo‘lib, qorin aortasining oldidan o‘tadi. Buyrak venalari va unga quyilu-
vchi boshqa venalar (vsuprarenalis inferior, vtesticularis (ovarica) sinistra)
qopqa venasining tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Chap buyrak venasining taloq
venasiga yaqin joylashishi, portal sistemasi gipertenziyasini davolash maqsadida
shu venalar o‘rtasida anastomoz hosil qilishni osonlashtiradi.
Buyraklarning innervatsiyasi buyrak arteriyasi atrofida joylashgan buyrak
chigali (plexus renalis) hisobiga amalga oshadi. Bu chigallarning asosiy manbai
yuqori va pastki buyrak-aorta simpatik tugunlari hisoblanadi. Buyrakning limfa
tomirlari pastki kavak vena va aorta atrofida joylashgan limfa tomirlariga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish