287
A.
colica media o‘zining o‘ng
(yoki tushuvchi) shoxi bilan yuqoriga
ko‘tariluvchi chambar ichakni qon bi-
lan ta’minlashda ishtirok etadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning
arteriyalari
(a.
colica media) hamda
a.
colica sinistra–dan boshlanadi.
A.
colica media ko‘ndalang cham-
bar ichakning o‘ng 1/3
qismiga
yo‘nalib, o‘ng (tushuvchi) va chap
(ko‘tariluvchi) shoxlarga bo‘linadi.
O‘ng shoxi
a.
colica dextra bilan, chap
shoxi esa pastki tutqich arteriyasidan
chiquvchi
a.
colica sinistra–ning
ko‘tariluvchi shoxi bilan anastomoz-
lashib, ko‘ndalang chambar ichakning
tutqichida arterial anastomoz – Riolan
ravog‘ini hosil qiladi.
Pastga tushuvchi chambar
ichakning arteriyalari
a.
colica sinistra
va
a.
sigmoideadan boshlanadi.
A.
colica
sinistra pastki tutqich arteri-
yasidan
boshlanib, qorinpardaning
orqasida chap tutqich sinusi bo‘ylab
yo‘naladi va chap siydik yo‘lini oldin-
dan kesib o‘tib, chambar ichakning
char burilmasi yaqinida ikkita:
ko‘tariluvchi va tushuvchi shoxlarga
bo‘linadi. Ko‘tariluvchi shoxi riolan
ravog‘ini hosil qilishda ishtirok etadi,
tushuvchi shoxi esa birinchi S–simon arteriya bilan anastomozlashadi.
S–simon ichak arteriyalari
(aa.
sigmoideae) 2-4 ta shox shaklida dastlab qorin-
parda ortida, so‘ngra S-simon ichak tutqichining varaqlari orasida yo‘naladi. Ular-
ning orasidagi eng yirik tomir birinchi S–simon arteriya hisoblanadi. Undan past-
da boshlanuvchi arteriyalar joylashgan o‘rniga
qarab tartib bilan ikkinchi, uchin-
chi va hokazo arteriyalar deb belgilanadi.
Ularning har biri ko‘tariluvchi va tushuvchi shoxlarni berib, shu shoxlar
orqali o‘zaro hamda chap chambar arteriyasi va yuqori to‘g‘ri ichak arteriyalari
bilan anastomozlashadi.
Yuqori to‘g‘ri ichak arteriyasi
(a.
rectalis superior) pastki tutqich arteriyasi-
ning so‘nggi shoxi bo‘lib, to‘g‘ri ichakning ampula qismiga yo‘naladi. U anasto-
mozlar yordamida pastki S–simon va o‘rta to‘g‘ri ichak arteriyalari bilan bog‘lanadi.
Yo‘g‘on ichakning qon bilan ta’minlanishida faqat birgina ichakning tut-
qich chekkasi bo‘ylab joylashgan birinchi tartibli arkadaning (parallel yoki chek-
ka tomirning) bo‘lishi xosdir.
199-rasm. Yo‘g‘on
ichakning qon
bilan ta’minlanishi.
1–
a
.
mesenterica
superior
;
2–
a
.
colica
media
; 3–
a
.
colica
dextra
; 4–
a
.
ileocolica
;
5–
a
.
mesenterica
inferior
;
6–
a
.
colica
sinistra
;
7–
aa
.
sigmoidea
; 8–
a
.
rectalis
superior
; 9–
a
.
rectalis
media
;
10–
a
.
rectalis
inferior
.
288
Chambar ichakning vena o‘zani devor ichida (intraorgan) va devordan tashqa-
rida (ekstraorgan) joylashgan venoz tomirlardan iborat. Ichak devorining har bir qa-
vatidagi intraorgan (a’zo ichidagi) venalar bir-biri bilan anastomozlashib, ichakning
tutqich chekkasida ekstraorgan to‘g‘ri venalarni hosil qiladi. Ushbu to‘g‘ri venalar
ichakning yo‘nalishi bo‘ylab parallel boruvchi vena magistraliga quyiladi. Yo‘g‘on
ichakning ekstrorgan venalari yuqori va pastki tutqich venalarni hosil qiladi.
Pastki tutqich vena
(v.
mesenterica inferior) o‘n ikki barmoq och ichak buril-
masidan chapda, oshqozon osti bezi tanasining ostida o‘tadi va taloq venasiga
yoki ba’zan bevosita darvoza venasiga quyiladi.
Yo‘g‘on ichakning limfa sistemasi. Yo‘g‘on ichakning limfa sistemasi a’zo
ichidagi limfa to‘ri, limfa tugunlari va olib ketuvchi limfa tomirlarini o‘z ichiga
oladi. Ichak devoridagi har bir qavatning a’zo ichidagi limfa to‘ri o‘zaro qo‘shilib,
olib ketuvchi limfa tomirlarini hosil qiladi.
Bu tomirlar, o‘z navbvtida, ichakning
devorlarida va uning tutqich chekkasi bo‘ylab joylashgan birinchi bosqich limfa
tugunlariga quyiladi. Ularni ko‘r, chambar va to‘g‘ri ichak limfa tugunlariga bo‘lish
mumkin. Keyingi bosqichdagi limfa tugunlari yuqori va pastki tutqich arteriy-
alarining shoxlari bo‘ylab zanjirsimon joylashadi. Bu tugunlarni bog‘lovchi limfa
tomirlari buyrak tomirlari sathida aorta va pastki kavak venaning tevaragida joy-
lashgan markaziy limfa tugunlariga boradi. Pastki kavak venaning oldida joylash-
gan limfa tugunlarida jigardan, o‘ng buyrakdan, ingichka va yo‘g‘on ichaklardan
va tuxumdondan (yoki moyakdan) keluvchi limfa oqimlari uchrashadi.
Chambar ichakning innervatsiyasi vegetativ nerv
sistemasining simpatik va
parasimpatik bo‘limlari hamda visserosezuvchi nerv tolalari yordamida amalga
oshiriladi. Vegetativ innervatsiya manbaini yuqori tutqich chigali
(plexus mesen-
tericus superior), pastki tutqich chigali
(plexus mesentericus inferior) va ularni
o‘zaro bog‘lovchi tutqicharo chigal
(plexus intermesentericus) tashkil etadi. Tut-
qicharo chigalga
truncus vagalis posterior-dan parasimpatik tolalar keladi.
Sanab o‘tilgan chigallardan yo‘g‘on ichakning tuqich chekkasiga nerv tar-
moqlari (
rr.
colici) keladi va devorning ichiga kirib devor ichi nerv chigallarini
hosil qiladi.
Ko‘r ichak va chambar ichakning o‘ng yarmi, asosan, yuqori tutqich chigali
hisobiga, chap yarmi – pastki tutqich chigali hisobiga innervatsiya qilinadi. Bar-
cha bo‘limlar ichida retseptor tuzilmalar
bilan iletsekal qism, shu jumladan
valva
ileocecalis boy ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: