Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


IX bob. UMURTQA POG‘ONASI SOHASI VA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

299
IX bob. UMURTQA POG‘ONASI SOHASI VA
ORQA MIYANING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Gavdaning orqasi gardanning yuqori chizig‘i (linea nuchea superior) dan
dumg‘azagacha bo‘lgan yuzani egallaydi. U umurtqa pog‘onasi hamda unga taqa-
lib turuvchi gardan sohasi, ko‘krak va qorin bo‘shliqlarining orqa devorlarini o‘z
ichiga oladi.
UMURTQA POG‘ONASI SOHASI
Ch e g a r a l a r i: Umurtqa pog‘onasi sohasi (regio mediana posterior) ensa
suyagidagi yuqorigi gardan chizig‘idan dumg‘azagacha davom etadi va o‘zida
umurtqa pog‘onasi hamda uni qoplovchi to‘qimalarni tutadi.
U m u r t q a p o g‘ o n a s i yuqori gardan chizig‘idan oxirgi dum
suyagigacha cho‘zilgan bo‘lib, unda bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum
bo‘limlari tafovut etiladi.
T a sh q i m o‘ l j a l l a r. Umurtqa pog‘onasi yuqoridan pastga paypaslab
ko‘rilganda, dastlab II bo‘yin umurtqasining o‘tkir o‘sig‘i qo‘lga unnaladi. VII
bo‘yin umurtqasining o‘tkir o‘sig‘i orqaga turtib chiqib ko‘rinib turganligi uchun
vertebra prominens deb atalgan. III-VI bo‘yin umurtqalarining o‘tkir o‘siqlarini
deyarli palpatsiya qilib bo‘lmaydi. VII bo‘yin umurtqasidan boshlab pastdagi
barcha ko‘krak va bel umurtqalarining o‘tkir o‘siqlarini paypaslab aniqlasa bo‘ladi,
ular ko‘zga ham tashlanib turadi.
Qo‘l pastga tushirilib, kurak suyaklarining pastki burchaklarini o‘zaro tutash-
tiruvchi ko‘ndalang chiziq o‘tkazilsa, bu chiziq VII ko‘krak umurtqasining o‘tkir
o‘sig‘i orqali o‘tadi. Yonbosh suyagi qirralari (crista iliaca) ning eng yuqori
206-rasm. Gardan sohasi.
1 - ensa arteriyasi;
2, 13, 14 - ensaning katta nervi;
3 - yarim qirrali muskul;
4, 12 - boshning tasmasimon
muskuli;
5-kurakni ko‘taruvchi muskul;
6-kichik rombsimon muskul;
7-katta rombsimon muskul;
8-bo‘yin nervlarining orqa
shoxlari; 9-trapetsiyasimon
muskul; 10 - tasmasimon va
trapetsiyasimon muskullar
orasida tortilgan muskul
tutami; 11 - to‘sh-o‘mrov-
so‘rg‘ichsimon muskuli;
15 - tashqi ensa dumbog‘i.


300
nuqtalari orasida o‘tkazilgan chiziq (Yakobi chizig‘i) IV bel umurtqasining o‘tkir
o‘sig‘i orqali o‘tadi. Yakobi chizig‘i umurtqa kanalini punksiya qilishda mo‘ljal
bo‘lib xizmat qiladi. Dum suyagi cho‘qqisi oson palpatsiyalanadi.
Ko‘krak bo‘limidagi umurtqalarning o‘tkir o‘siqlari pastga o‘tkir burchak
ostida yo‘nalgan bo‘lib, bir-birini cherepitsa kabi qoplab turadi, bel bo‘limida esa
bu o‘siqlar to‘g‘ri yo‘nalganligi tufayli umurtqa kanaliga ninani ular orasidan
qiynalmay kiritish mumkin.
Dumg‘aza suyagining orqa yuzasida, uning cho‘qqisida o‘rta chiziqning ikki
yoni bo‘ylab dumg‘aza shoxlari (cornu sacrale)ni paypaslash mumkin. Bu shox-
lar ikki yon tomondan, o‘rta dumg‘aza qirrasi (crista sacralis mediana), esa yuqori-
dan dumg‘aza kanalining chiqish teshigi (hiatus sacralis) ni chegaralaydi. Bu teshik
elastik parda (ligsacrococcigeum) bilan yopilgan bo‘lib, u orqali ninani dumg‘aza
kanalining epidural bo‘shlig‘i kiritib, novokain yuborish orqali tashqi jinsiy
a’zolarda, tashqi chiqaruv yo‘lida va ayrim urologik operatsiyalarda
og‘riqsizlantirish o‘tkazish mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish