Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
1
Umurtqa pogʻonasi
suyaklari.
Umurtqa pogʻonasi (columna vertebralis) uzun qiyshiq ustun shaklida boʻlib, bir-
birining ustida oʻrnashgan umurtqalar (vertebrae) dan tashkil topgan. Umurtqa
suyaklari gʻovak moddadan tuzilgan boʻlib, tashqi tomoni qattiq suyak moddasining
yupqa plastinkasi bilan qoplangan. Umurtqalar tanalari bir-biri bilan intervertebral
disklar orqali tutashib turadi. Umurtqa pogʻonasi 5 boʻlimdan iborat boʻlib, boʻyin
umurtqalari 7 ta (C
I
-C
VII
), koʻkrak umurtqalari 12 ta (Th
I
-Th
XII
), bel umurtqalari 5 ta
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
2
(L
I
-L
V
), dumgʻaza umurtqalari 5 ta (S
I
-S
V
), dum umurtqalari 2-4 ta (Co
I
-Co
IV
) boʻladi.
Yangi tugʻilgan chaqaloqda umurtqalar soni 33 ta boʻladi. Katta yoshli odamda esa
dumgʻaza va dum umurtqalari oʻzaro qoʻshilib ketib yaxlit suyaklar hosil qilgani uchun
umurtqalar soni 28 ta boʻlib qoladi. 25 ta umurtqa – boʻyin, koʻkrak, bel va 1-dumgʻaza
umurtqalari oʻzaro zigapofizial (faset) boʻgʻimlar orqali birikib turadi.
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
3
Umurtqa (vertebra) old tomonga qaragan tayanch qismi – umurtqa tanasi (corpus
vertebrae) va shu tananing orqa tomonidagi umurtqa yoyi (arcus vertebrae) dan iborat
boʻlib, yoy tanaga ikkita oyoqchasi (pedunculi arcus vertebrae) orqali birikkan. Tana
va yoyning bunday birikishidan umurtqa teshigi (foramen vertebrae) hosil boʻladi.
Umurtqa pogʻonasidagi barcha umurtqalarning teshiklari ustma-ust joylashib, umurtqa
kanali (canalis vertebralis) ni hosil qiladilar. Bu kanalda orqa miya joylashgan.
Umurtqa tanasining umurtqa teshigiga qaragan orqa tomoni botiq boʻlib, u yerda oziq
bilan taʼminlovchi teshiklar (foramina nutricia) mavjud boʻladi; bu teshiklarda suyak
ichiga qon tomirlari kirib, uni oziq moddalari bilan taʼminlaydi.
Umurtqa yoyidan umumiy 7 ta oʻsiq chiqadi. Ularga muskullar birikadi. Orqa
tomondagi oʻrta chiziqda yotuvchi qirrali oʻsiq (processus spinosus) har bir umurtqada
bittadan boʻladi. Frontal kenglik (peshonaga parallel xayoliy chiziq oʻtkazilganda
olingan kenglik) boʻyicha yoyning oʻng va chap tomonlaridan juft koʻndalang oʻsiq
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
4
(proceccus transversus) chiqadi. Yoyning har ikkala tomonida, yuqoridan va pastdan
bir juftdan umurtqa boʻgʻim oʻsiqlari (processus articulares yoki proccessus
zygapophyses
) chiqadi. Ularning yuqoridagilari processus articularis superior,
pastkilari processus articularis inferior deyiladi. Ushbu boʻgʻim oʻsiqlarining asosida
yuqorigi va pastki umurtqa oʻymalari (incisurae vertebrales superior et inferior)
joylashgan. Umurtqalar ustma-ust turganida oʻng va chap tomonda yuqoridagi
umurtqaning pastki oʻymasi bilan pastda turgan umurtqaning yuqorigi oʻymasi oʻzaro
Umurtqa pogʻonasi suyaklari.
MEDIATOR JAMOASI
5
umurtqalararo teshiklar (foramina intervertebralia) hosil qiladilar. Bu teshiklardan orqa
miya nervlari hamda qon tomirlari oʻtadi.