Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining gormonlari
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining gormonlari
2. Glukokortikoidlar vazifasi
3. Kortizol darajasining oshganlik belgilari
III. Xulosa
Kirish
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo’lib , o’ng va chap buyraklaming ustki qismida joylashgan . Ularning birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-po‘stloq va ichki-mag‘iz qavatdan iborat. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan turlicha bo’lgan ichki sekretsiya bezlaridir, bulardan chiqadigan gormonlar o ‘z ta’siri jihatidan katta farq qiladi. Buyrak usti bezlarining mag’iz qavati xromaffin hujayralardan tuzilgan, ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan po‘stloq qavatidan katta farq qiladi. Mag‘iz qavat embriogenez jihatdan simpatik asab tizimining hujayralariga yaqin turadi. Ular kaliy bixromat bilan bo'yalganda sarg’ish jigarrang tusga kiradi, ulaming xromaffin hujayralar deb atalishiga ham sabab shu. M ag‘iz qavatda adrenalin va noradrenalin gormonlar ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xil bo’lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Adrenalin buyrak usti bezidan qonga muntazam chiqib turadi. B a’zi bir favqulodda holatlarda (arterial qon bosimining tushishi, qon yo’qotish, sovuq qotish, gipoglikemiya, jismoniy mehnat, emotsiya, og’riq, q o ‘rqish, g’azablanish) qon tomirlarga adrenalinning sekretsiyasi kuchayadi. Simpatik asab tizimining qo‘z g ‘alish natijasida ham m ag‘iz qavati gormonlari-adrenalin va noradrenalinning ishlanib chiqarilishi kuchayadi. Katexolaminlar simpatik asab tizimi ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi. A ’zolar funksiyasiga hamda fiziologik tuzilmalari faoliyatiga adrenalin simpatik asab tizimi kabi ta’sir etadi. Adrenalin karbonsuvlar almashinuviga ta’sirlab, jigarda va mushaklarda glikogen parchalanishida shuningdek qonda glukoza miqdorini ortiradi. Organizmga adrenalin kiritilganda, yoki buyrak usti bezining giperfunksiyasida giperglikemiya va glukozuriya yuzaga chiqadi. Adrenalin bronx mushaklarini susaytirib, ulaming diametrini kengaytiradi. U yurak mushagining q o’zg ‘aluvchanligini va qisqarishini oshiradi, qon tomirlar tonusini ko’taradi, buning natijasida arterial qon bosim oshadi. Birok yurak shox tomirlariga, o ‘pka tomirlariga, miya tomirlariga va ishlayotgan mushaklarga adrenalin tomir kengaytiruvchi ta’sir ctadi. Adrenalin skelet mushaklar qisqarishini kuchaytiradi. Bu funksiyasi bilan u organizmga adaptasion-trofik ta’sir bag4ishlaydi. Adrenalin me’da ichak yo’lining motor (harakat) funksiyasini susaytiradi. Adrenalinning ta’sir etish muddati qisqadir. Bu effekt uning qonda tez parchalanib ketishiga bog‘liq. Monoaminooksidaza fermenti ta’sirida adrenalin gormonlarga xos bo‘lmagan mahsulotlami parchalanadi. Noradrenalin adrenalinga nisbatan qarama-qarshi-mediator funksiyasini bajaradi, ya’ni qo‘zg‘aluvchan asab uchidan sekretsiya bo‘lib, effektorlarga ta’sir etadi. Markaziy asab tizimida joylashgan neyronlarda qo‘zg‘alishni o 4tkazishi ham noradrenalin orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |