Lektrovozlar tuzilishi. 2 Asosiy qisimlari



Download 0,83 Mb.
Sana29.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#417512
Bog'liq
video rolikga


Elektrovoz tuzilishi va asosiy qisimlari.
Reja
1. lektrovozlar tuzilishi.
2 Asosiy qisimlari.

Elektrovoz mexanik, pnevmatik va elektr qismlardan tashkil topgan. Mexanik qismlariga kuzovi, yurish uskunalari, zarb-tortuvchi asboblari, pnevmatik qismlariga – tormozlash tizimi va boshqarish asboblari, elekt qismlariga esa – tortuvchi elektryuritmalari, yordamchi mashinalari, tokqabulqilgich va elektrovozni boshqarish apparatlari kiradi.


Misol tariqasida ko’mir va ruda karyerlarida ko’p qo’llaniladigan olti o’qli 21E1 va YeL-1 kontaktli elektrovozlarining tuzilishini ko’rib chiqamiz.
Mexanik qismlari. 21E1 elektrovozi 3 ta sharnirli-birlashgan qismlardan: ikkita oxirgi va mashinisit kabinasi joylashtirilgan o’rta qismdan iborat. Xar bir qismning aloxida mustaxkam ramasi bor. Xar bir qism kuzovida elektrouskunalar o’rnatilgan.
Elektrovozning uch telejkali qilib yasalganligi burilishga va vertikal tekislikdagi notekisliklarda xarakatlanishga moslashtiradi.

1.20-rasm. Tortish agregatining telejkasi.


EL-1 elektrovozi 3 ta telejka va 2 sektsiyali kuzovdan iboratdir. Xar bir kuzov boshqarish kabinasiga egadir. Kuzovning vagon shaklida yasalganligi elektr uskunalarni joylashtirishni va ularga xizmat ko’rsatishni osonlashtiradi. Kuzovda kompressor qurilmasi xam o’rnatilgan bo’lib, tormozlash tizimi uchun xizmat qiladi.




1.21 rasm. Elektrovozning gildiraklari.


Elektrovozning g’ildirak juftlari vagonlar va parovozlar g’ildirak juftlaridan keskin farq qilib, o’qlarga katta tishli yulduzchalar maxkamlangan. Bu yulduzchaga tortish elektryuritmani valiga maxkamlangan kichik tishli yulduzcha birikib turadi. Shu tariqa xar bir o’q shaxsiy yuritmaga egadir. Elektr yuritmalar bir tomondan podshipnik orqali o’qqa ikkinchi tomondan esa spiral prujina orqali ramaga osiladi.


Bundan maqsad doimiy zarb bilan xarakatlanuvchi elektrovoz dvigatelining erkin (yumshoq) vertikal tebranishiga sharoit yaratishdir.
Elektrovoz buksalari o’zimoylanadigan ishqalanish podshipniklari bilan ta’minlangan. O’qlar esa lopastlar bilan jixozlangan bo’lib, buksaning ichki tag qismidagi moyni o’zi sidirib oladi. Moy podshipnik kanalchalari orqali singib o’qni moylaydi.
Elektrovozning osmalari po’lat listli va spiral prujinali osmalardan tashkil topgan.
Elektrovozning pnevmatik qismlari quyidagi tizimlardan tashkil topgan: a) elektrovoz va sostavni xavo bilan tormozlash tizimiga xizmat qilish uchun;
b) siqilgan xavoda ishlovchi pnevmatik yuritmaga ega bo’lgan boshqarish asboblari uchun;
v) dumpkarlari yukini bo’shatish, qum to’kish tizimini ishlatish va yordamchi signalizatsiya asboblarini ishlatish uchun;
Xavo tizimidagi siqilgan xavo elektrovozda o’rnatilgan kompressor qurilmasidan olinib, siqilgan xavo to’planadigan rezervuar va magistral ta’minlash quvurlari orqali uzatiladi.
Pnevmatik boshqaruv tizimidagi tok qabul qilgich va boshqarish apparatlari (kontaktorlar, regulyatorlar, boshqaruv kontroleri va boshqalar) siqilgan havo bilan ta’minlangan bo’ladi.
Yordamchi pnevmatik tizimi esa qumdonlar, tovush signallari va dumpkarlardan yuk bo’shatishning markaziy boshqaruvini xavo bilan ta’minlaydi.
Elektr qismi. Elektrovozni kontakt tarmog’idan tok bilan ta’minlash markaziy va yon tok qabul qilgichlar orqali amalga oshiriladi.
Markaziy tokqabul qilgich (pontograf) lar sharnirli konstruktsiyaga egadir. Elektrovoz xarakati vaqtida pontografning ulanish qismi kontakt tarmog’iga 8-12 kG kuch bilan tegib turadi. Pontograf pnevmatik boshqariladi. Yon tokqabul qilgichlar suriluvchan zaboy va ag’darma yo’llarida yon tarafdan kontakt tarmog’i o’tkazilgan vaqtlarda ishlatiladi.
K o’pchilik elektrovozlar ketma-ket quzg’arishli elektr yuritmalari bilan jixozlangan. Bunday yuritmalar yakori chulg’amlari bosh polyus chulg’ami bilan ketma-ket ulangan bo’lib, katta kuch momentga ega bo’ladi.

1.22-rasm. Elektrovoz tortish dvigateli


Ko’pchilik elektrovozlar ketma-ket quzg’arishli elektr yuritmalari bilan jixozlangan. Bunday yuritmalar yakori chulg’amlari bosh polyus chulg’ami bilan ketma-ket ulangan bo’lib, katta kuch momentga ega bo’ladi.
Yuritmaning xarakteristikasi shundayki yuklanish oshishi bilan aylanish momenti avtomatik ravishda kamayadi. Shuning uchun og’ir yo’l uchastkalarida elektrovozning tarmoqdan talab qiladigan quvvati bir muncha oshadi. Elektrovoz tortuvchi yuritmalari soatli va uzoq muddatli quvvatlari farqlanadi.
Yuritmaning soatli quvvati – bir soat davomida belgilangan yuklanishda qizimasdan ishlash kuvvatidir. Soatli quvvatdagi yuritma toki mos ravishda soatli toki deyiladi.
Uzoq muddatli quvvati – yuritmaning uzoq muddat ishlaganda belgilangan yuklanishda biror bir qismi qizimasdan ishlashidagi quvvatidir. Uzoq muddatli quvvatidagi yuritma toki mos ravishda uzoq muddat ishlashdagi toki deyiladi.
Yuritmaning uzoq muddatli quvvatini oshirish uchun shamollatish zarur bo’ladi. Bunday shamollatish uchun elektrovozda shamollatish dvigatili o’rnatilgan.
Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish