Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi. Suv bilan ikkita tuz (bir xil ionli) sistemasidagi fazaviy muvozanatni koʻrib chiqamiz. Agar ikkala tuzda kation va anionlar turlicha boʻlsa, u holda sistema 4 komponentli boʻlib qoladi.
Keltirilgan grafikda suv bir xil ionli 2 tuz sistemasi izotermik proyeksiyasining holat diagrammasi ifodalangan. Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qoʻsh tuz, kompleks birikma yoki qattiq eritmalar hosil qilmaydi. Rozebum uchburchagining uchlari H2O, PX va QX toza komponentlariga mos keladi. A nuqta suvning toʻyingan eritmasida PX ning konsentratsiyasini, B nuqta esa, QX tuzining suvning toʻyingan eritmasidagi konsentratsiyasini koʻrsatadi.
Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi: Rozebum uchburchagiga izotermik proyeksiya.
Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi. AC egrisi PX tuzining QX ning turli tarkibli eritmalaridagi eruvchanligini tavsiflaydi, BS egrisi esa, QX tuzining PX ning suvli eritmasidagi eruvchanligini koʻrsatadi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan toʻyingan (evtonika) boʻladi. H2O choʻqqi bilan ACB orasidagi maydonda joylashgan har bir nuqta tuzlarning toʻyingan eritmalariga javob beradi. ACPX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va PX qattiq tuzdan iborat 2 fazali sistemani ifodalaydi. CBQX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va QX qattiq tuzdan iborat sistemani bildiradi. PXCQX maydoni 3 fazali sistemalarga mos keladi: ikkala tuz bilan toʻyingan C tarkibli eritma hamda PX va QX kristallari.
Agar M figurativ nuqtaga mos keluvchi toʻyinmagan eritma olib, sekin-asta suvni bugʻlatsak, suvning kamayib borishi bilan sistemadagi tuzlarning miqdoriy nisbati oʻzgarmaydi, shuning uchun bugʻlatish jarayonida sistemaning tarkibiga javob beruvchi figurativ nuqtalar (H2O) E chizigʻida yotadi. a nuqtada PX tuzining kristallari ajrala boshlaydi. b figurativ nuqtaga mos keluvchi eritmaning tarkibini topish uchun PX choʻqqidan va b nuktadan AC egrisidagi b1 nuqtagacha kesishguncha konnoda oʻtkazamiz.
Agar M figurativ nuqtaga mos keluvchi toʻyinmagan eritma olib, sekin-asta suvni bugʻlatsak, suvning kamayib borishi bilan sistemadagi tuzlarning miqdoriy nisbati oʻzgarmaydi, shuning uchun bugʻlatish jarayonida sistemaning tarkibiga javob beruvchi figurativ nuqtalar (H2O) E chizigʻida yotadi. a nuqtada PX tuzining kristallari ajrala boshlaydi. b figurativ nuqtaga mos keluvchi eritmaning tarkibini topish uchun PX choʻqqidan va b nuktadan AC egrisidagi b1 nuqtagacha kesishguncha konnoda oʻtkazamiz.
d nuqtada eritma ikkala tuzga nisbatan toʻyingan boʻlib qoladi: ushbu eritmaning tarkibi C nuqta bilan ifodalanadi. Suvni bugʻlatishni davom ettirsak, ikkinchi QX tuzining kristallanishi boshlanadi. Eritmaning tarkibi oʻzgarmas boʻlib qoladi (C nuqta), chunki 3 ta faza boʻlganda izotermik proyeksiyada erkinlik darajalari soni nolga teng boʻladi (Ф = 3: F = k-Ф = 3-3 = 0). e nuqtada sistema С tarkibli eritma va PX va QX kristallarining aralashmasidan iborat boʻladi. Suv toʻliq chiqarilganda E nuqtada PX va QX quruq tuzlarning aralashmasi hosil boʻladi. Ushbu tuzlarning massa miqdorlarining munosabati QXE va PXE kesmalarning munosabati ga teng boʻladi.
Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi: toʻgʻri burchakli kordinatalar sistemasidagi izotermik proyeksiya.
Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi: toʻgʻri burchakli kordinatalar sistemasidagi izotermik proyeksiya.
Bir xil ionli va evtonikaga ega boʻlgan ikki tuz eritmasining holat diagrammasini toʻgʻi burchakli kordinatalar sistemasida ham ifodalash mumkin. Kordinata oʻqlari boʻyicha komponentlarning nisbiy miqdorlari qoʻyiladi. Bunday ifodalashda PX va QX toza komponentlarga javob beruvchi nuqtalar cheksizlikda boʻladi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan toʻyingan.
M nuqta bilan ifodalangan 2 tuzning toʻyinmagan eritmasidan oʻzgarmas haroratda suvning bugʻlanishini koʻrib chiqamiz. Figurativ nukta OMe toʻgʻri chizigʻi boʻyicha siljib boradi, chunki ikkala tuzning sistemadagi massalarining nisbati oʻzgarmayapti.
a nuqtada PX tuzining kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda boʻladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф = 3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bugʻlatish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarkibi oʻzgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng
a nuqtada PX tuzining kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda boʻladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф=3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bugʻlatish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarkibi oʻzgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng
(F = k-Ф = 3-3 = 0). Agar tuzlar suv bilan gidratlar yoki qoʻsh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil qilsa, ikki tuzning suvdagi eritmalarining holat diagrammalari ancha murakkab koʻrinishda boʻladi.