Hajmiy diagramma.
Tarkibning oʻzgarishi bilan xossaning oʻzgarishi prizmaning balandligi boʻylab koʻrsatiladi. Bir biri bilan kimyoviy birikma hosil qilmaydigan, masalan, Bi-Sn-Pb sistemani koʻrib chiqaylik. Prizma yuzalarida ikki komponentli sistema, uning ichida uch komponentli sistema tasvirlanadi. 5 rasmda shu sistemaning oddiy diagrammasi keltirilgan.T Bi× T Sn× T Pb komponentlarning suyuqlanish temperaturalari E1,E2,WE ikki komponentli E4-uch komponentli sistemalar uchun mansub evtetik nuqtalar . E1-nuqta Bi-Sn, E2 nuqta Sn-Pb, E3 nuqta Bi-Pb sistemalar evtetikasi E1,E2,E3 evtetikalar prizma yuzalarida.E4-prizma ichiga joylashgan.
Prizma ichidagi T Bir E3 E4 E1, T Pb E2 E4 E3 va T Sn E1 E4 E2 lar likvidus yuzalari boʻylab, bu yuzalardan yuqorida bitta-suyuq faza mavjud. Bu yuzalardan pastda ikki faza-suyuq faza va tegishli metallardan bittasining kristallari mavjud. Masalan, T Bi T3 E4 E1 yuzasida pastda- suyuq faza va Bi kristallari bor. Odatda prizmaning boʻyini kesib, fazoviy diagrammalar proyeksiyasi prizma asosidagi uchburchak yuzasiga tuwuriladi. Bu 5 rasmda punktir chiziqlar bilan koʻrsatilgan va proyeksiyasi olingan nuqtalar tagida “o” ishorasi qoʻyilgan. Shu xilda olingan proyeksiya 6-rasmda koʻrsatilgan.
5-rasm.Uch komponentli sistemalarning holat diagrammasi.
6-rasm. Uch komponentli sistemalarining holat diagrammasi (Punktir chiziqlar bilan koʻrsatilgan oddiy proyeksiya diagrammasi).
E1, E2, E3- ikki komponentli sistemalar uchun va ER uch komponentli sistemalar mansub evtetik nuqtalar. Oʻqlar bilan temperaturaning pasayishi koʻrsatilgan. Agar temperaturalarning qiymati va sekin yoki keskin oʻzgarishini koʻrsatish kerak boʻlsa, buni punktir chiziqlar bilan koʻrsatiladi.(6-rasm).
Proyeksiyada komponenetlar oʻrtasida sodir boʻladigan oʻzgarishlarni ham tasvirlash mumkin. Masalan 7 rasmda oddiy diagramma tasvirlangan.
7-rasm. Uch komponentli sistemalarning holat diagrammasi.
8-rasmda A-B lar birikma hosil qilgandagi holat diagrammasining proyeksiyasi berilgan.
Uch komponentli sistema sovutilganda uning qotishini kuzatsak.(5 rasm) Likvidus toʻgrisi yuzalarning yuqorisida bir fazada suyuq qotishmalar bir. M figurativ nuqtadagi suyuqlik sovuta borilsa, M1 nuqtada Bi kristallari tusha boshlaydi. Sovutish yanada davom ettirilsa, qotish jarayoni M1A yuza boʻylab boradi uning proyeksiyasi Mo Ao boʻladi. Demak, suyuq fazada Sn:Pb oʻzgarmasdan qoladi, faqat Bi miqdori oʻzgaradi. A nuqtada Bi bilan bir qatorda Sn kristallari ajraladi boshlaydi. Demak, fazalar soni 3 ga teng C-1 boʻladi, yani har qaysi temperaturaga maʼlum tarkibdagi suyuq qotishma toʻgri keladi.
Temperatura yanada pasaytirilsa, jarayon”a” da AE4 tamon “b” da AoE4 tomon boradi. E4E da Pb kristallari ajrala boshlab, sistema 4 fazadan: Bi, Sn, Pb kristallari va suyuq qotishmadan iborat boʻladi, demak C-O: 4-faza mavjudligida sistemaning holatini belgilovchi faktorlar temperatura va tarkib oʻzgarmasdan qoladi. Agar temperatura yana pasaytirilsa,qolgan suyuq qotishmaning hammasi kristallanadi va sistemada 3 ta faza mavjud boʻladi, demak,C-1. Shunga koʻra, temperatura yanada pasayadi, qolgan suyuqlanmalari MAE4 (MoAoE4 ) yoʻli bilan kristallanadi-E4E4 .
Do'stlaringiz bilan baham: |