2. Uch komponentli sistemalarning grafik tasviri.
Uch komponentli sistemalarining holat diagrammasi uch yoqli toʻgri burchakli prizmada tasvirlanadi. Bu prizmaning asosi teng tomonli uchburchak boʻlib, uning yuzasida sistemaning tarkibi, prizmaning balandligi boʻylab uning biror xossasi, masalan, suyuqlanish temperaturasi qoʻyiladi.
Sistema tarkibini teng tomonli uchburchak yuzasida tasvirlash geometriyaning quyidagi qoidasiga asoslangan: “Teng tomonli uchburchakning istalgan nuqtasidan uch tomonga tushirilgan tik chiziqlar yigʻindisi uchburchak balandligiga teng”. Agar balandlik 100% deb qabul qilinsa, tik chiziqlarning yigʻindisi ham 100% ha teng boʻladi. Tarkibni tasvirlashda ikki xil usul qoʻllaniladi. Lekin bu ikki usul bir xil natija beradi. Uchburchak uchlarida komponent 100% qabul qilinadi. Quyidagi rasmda koʻrsatilgan A nuqtada A modda 100%, C nuqtada C modda 100%. B nuqtada B moddadan 100% bordir.
Uchburchak uchchala tomonlariga qoʻyilgan figurativ nuqtalar ikki komponentli sistema tarkibini koʻrsatadi. Masalan, AC chizigʻiga joylashgan figurativ nuqtalar A-C komponentlardan iborat sistemaning tarkibini koʻrsatadi. Uchburchakning ichidagi nuqtalar esa uch komponentli sistema tarkibini koʻrsatadi. Demak, A1 nuqtada A modda B1 nuqtada B modda, C1 nuqtada C modda nolga teng. A moddaning miqdori uning qarshisidagi tomondan boshlab hisoblanadi. Xuddi shunday B, C moddalarning miqdori ham shu xilda oʻzgaradi. Masalan, C1B1 chizigʻining hamma nuqtalarida A 50% , MM1 chizigʻida B ning miqdori 20% ga teng va hokazo.
1-rasm.Uch komponenetli sistemalarning a holat diagrammasi tasviri.
Uchburchakning biror uchidan uning qarshisiga tushirilgan chiziq boʻylab joylashgan figurativ nuqtalarda ikki komponentning nisbiy miqdori bir xil, uchinchi komponentning nisbiy miqdori esa har xil boʻladi. Masalan 2 rasmda CN chizigʻida C nuqtada C ning miqdori 100% va N nuqtalarda nolga teng. CN va Cl boʻylab A:B nisbati bir xil, C miqdori har xil boʻladi. Masalan, rasmda CN chizigʻi boʻylab A:B =3:7 va CB boʻylab 1:1 ga teng, lekin C ning miqdori har xil va hokazo.
A gar teng tomonli uchburchakning uchchala balandligini 100 boʻlakka boʻlib, bu nuqtalardan uchburchak tomonlariga parallel chiziqlar oʻtkazilsa, uchburchakning yuzasi oʻlchov katakchalariga boʻlinib qoladi. Bu qatorlar soni hisoblanib, tik chiziqlarning uzunligi topiladi.
2-rasm. Uch komponentli sistemalarning b holat diagrammasini tasvirlash.
Gibbs usuli. Faraz qilamiz, sistema tarkibida A- 50%,B-20% va C-30% boʻlsin. Bu tarkibni koʻrsatuvchi figurativ nuqta quyidagicha topiladi. AA1 chizigʻida 50% A koʻrsatgich nuqtadan CB chizigʻiga parallel chiziq oʻtkaziladi, bu chiziq boʻylab A-50% boʻladi. BB1 chizigʻidan B-20% ni koʻrsatgan nuqtadan AC chizigʻiga parallel chiziq oʻtkazamiz, bu chiziq boʻylab B-20%boʻladi, CC1 chizigʻida 30% C koʻrsatgan AB chizigʻiga parallel chiziq oʻtkazamiz, bu chiziq boʻylab C-30% boʻladi. Bu parallel chiziqlar bir nuqta P da uchrashadi. Demak, P yuqoridagi tarkibni koʻrsatgan figurativ nuqtadir. Agar P nuqta berilgan boʻlib, bu nuqta qanday tarkibni koʻrsatishini bilish kerak boʻlsa, yuqoridagi ishlarning aksi qilinadi. Bu nuqtadan uchburchak balandliklariga tik chiziq tushiriladi va bu tik chiziqlarning balandliklar bilan uchrashgan nuqtasi komponenetlarning foizli miqdorini koʻrsatadi.
Rozebum usuli bilan teng tomonli uchburchakning quyidagi xossasiga asoslangan, teng tomonli uchburchak ichidagi har qanday nuqtadan uchburchak tomonlariga oʻtkazilgan parallel chiziqlar uzunliklarining yigʻindisi uchburchak biror tomonining uzunligiga teng.
Maʼlum tarkibi aks etgan figurativ nuqtani topish kerak boʻlsin. Masalan, yuqoridagi tarkibni koʻrsatgan nuqtani topish uchun quyidagicha ish tutiladi: uchburchakning qanday boʻlsin bir tomonida : masalan, AB tomonida A va B miqdorini koʻrsatgan nuqtalaridan uchburchakning qolgan ikki tomoniga parallel chiziqlar tortiladi,bu chiziqlarning uchrashgan nuqtasi izlanayotgan figurativ nuqtani beradi. Masalan, P figurativ nuqtani 2 rasmda koʻrsatilganidek qanday tarkibga toʻgri kelishini bilish uchun yuqoridagi ishning aksi bajariladi. P nuqtadan CB va AC tomonlarga parallel ravishda chiziqlar tortiladi: AB tomonidan koʻrinib turibdiki, M nuqtada B-20%,C nuqtada A-50%. Demak C-30% dir.
A gar R 2 rasmda figurativ nuqta bilan xarakterlangan sistema S va T tarkibli ikki fazada ajralsa, birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqlar qoidasiga muvofiq bu uchchala fazaning figurativ nuqtalari bir toʻgri chiziqda yotadi. Bu sistemalarga ham richag qoidasini qoʻllash mumkin.
m1,m2- massalar S va T – nuqtadagi fazalar massasi.S,T, - nuqtalar fazalar kinsentratsiyasini koʻrsatadi. RS,RT lar 1 va 2 fazalar yelkasi. Mo – sistemaning dastlabki (R-nuqtadagi) massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |