Tayyorlagan kurs ishi mavzu: Uch komponentli sistemalarning holat diagramalari


Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi



Download 1,42 Mb.
bet8/10
Sana10.07.2022
Hajmi1,42 Mb.
#773660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chiqarishga

3. Tuzlarning eruvchanlik diagrammasi.
Agar ikki tuzning ( NaCl va KBr) suvdagi eritmasi boʻlsa, ular NaCl+KBr=NaBr+KCl tenglama bilan ifodalanadigan qaytar reaksiyaga kirishadi. K-4 ligicha qoladi. Agar tuzlar umumiy ionga ega boʻlsa, sistema uch komponentli (K-3) boʻladi. Masalan, KBr+NaBr+H2O sistemasi uchun K-3 dir. Endi biz shunday tuzlar aralashmasining eruvchanligini qarab chiqamiz. A, B yaʻni berilgan tuzlarining suvda eruvchanligini ifodalovchi holat diagrammalari 3 rasmda koʻrsatilgan. Faraz qilaylik,tuzlar suv bilan gidratlar, qoʻshaloq tuzlar, kompleks birikmalar va qattiq eritmalar hosil qilmasin. Uchburchakning uchlarida moddalar 100% toza X nuqta A ning suvdagi toʻyingan eritmasi kinsentratsiyasini, y nuqta esa B ning toʻyingan eritmadagi kinsentratsiyasini koʻrsatadi. XC-egri chiziq eritmadagi B tuzning miqdori oʻzgarishi bilan A ning eruvchanligi oʻzgarishini koʻrsatadi. Xuddi shunday uchun egrisi B ga nisbatan boʻlib, C nuqtada eritma A vaB ga nisbatan toʻyingan boʻladi. Demak,xcy-likvidus chizigʻi boʻlib,uning ustida tuzlarning toʻyinmagan eritmasi bor.xcy-sohasi ikki fazali- ikki tuzning eritmasi va A kristallaridan iborat.UCB ham ikki yuz eritmasi va B kristali bilan muvozanatda boʻladi.ACB sohasida uch faza bor. Ikkala tuzning toʻyingan eritmasi A va B tuzlar kristallari bilan muvozanatda turadi.
Endi toʻyinmagan eritma buglatilganda sodir boʻladigan oʻzgarishlarni kuzatamiz. M figurativ nuqtasidagi toʻyinmagan eritma buglatilganda sistemada suvning miqdori kamayadi, lekin tuzlarning miqdori, demak, A:B nisbat oʻzgarmaydi, shunga koʻra, bugʻlanish jarayoni H2O-E chizigʻi boʻylab bitadi, a nuqtada A-ning toʻyingan eritmasi olinadi,suv yana bir oz buglatilsa, A tuzning kristallari tusha boshlaydi, eritma tarkibini aniqlash uchun A burchagidan b nuqta orqali CX chizigʻi bilan kesishguncha toʻgri chiziq tortamiz: b1- nuqta eritma tarkibni koʻrsatadi. Bugʻlanish yana davom ettirilganda d-nuqtada A bilan bir qatorda B kristallari ham tuwa boshlaydi, demak d- nuqtada eritma ikki tuzga nisbatan toʻyingan boʻladi. Bu nuqtada eritmaning tarkibi C nuqtadagi tarkib kabi boʻladi, e- nuqtada sistema C tarkibli toʻyingan eritma va A, B kristallaridan iborat boʻladi. Suv toʻla buglatilganda E- nuqtada hamma tuz kristalga tuwadi,yani sistema ikki tuz kristallaridan tushadi, yaʼni sistema ikki tuz kristallaridan iborat boʻladi va ularning miqdor nisbati AE va BE b oʻlaklarining nisbatiga teng boʻladi.

4-rasm. Bir xil ionli ikki tuzning suvda eruvchanligi diagrammasi


Bayon etilgan jarayonni ikki oʻqli koordinata da ham tasvirlash mumkin quyidagi rasmlardagi harflar chiziqlar bir manoni anglatadi. MC -buglanish egrisi. Bugʻlanish jarayonida sistema a nuqtaga kelganda, sistema A ga nisbatan toʻyingan va B ga nisbatan toʻyinmagan eritmadan iborat boʻladi. Bu nuqtada 100 gr suvda 80gr A va 40 gr B bor. 80 gr A Dan 25 framing eritmada va 55 grammi kristal holida, B ning hammasi-40 grami eritmada boʻladi. Bundan keyingi sovutishlarda ikkala tuzning kristallari tuwa boshlaydi va eritmaning tarkibi oʻzgarmaydi e- nuqtada 100 ge suvda 100 gr A va 50 gr B tuz toʻgri keladi, demak, eritmada 100 gr suvda 25 gr A va 40 gr B tuz bor, 75 gr A va 10 gr B kristal holida boʻladi.
Agar tuzlar gidratlar qoʻshaloq tuzlar kompleks birikmalar va qattiq eritma hosil qilsa, diagramma bir oz murakkabroq boʻladi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish