227
6) doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtayi nazaridan yondashish.
Mijozni muhokama qilmaslik
va unga tanbeh bermaslik, shaxs yoki individlar
guruhidagi g‘ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish,
mijozning jismoniy yoki ruhiy ung‘aysizlikdan, asabiylashishdan, turli xavflardan
va haqoratlardan himoya qilish;
7) o‘z xulq-atvorining yuksak axloqiy standartlarga mosligini saqlash, har
qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok xatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo
faqatgina mijoz manfaatlari yo‘lida
harakat qilish;
8) o‘ziga ko‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda
jamoatchilik ko‘magini ta’minlash;
9) faqatgina o‘zi vakolatli bo‘lgan doirada ish yuritish, o‘z ishining sifati
uchun shaxsan mas’ul bo‘lish, tashqi ta’sir va bosimlarga berilmaslik, mijozga
nisbatan qo‘llanilayotgan
chora-tadbirlar, unga ko‘rsatilayotgan yordam xarakteri,
axborot va to‘planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish;
10) o‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo‘lida
foydalanmaslik, vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy
maqsadlar bilan ishtirok etish. Mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni
fosh etmaslik. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish.
Bajarilgan ish uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik;
11) kasbiy bilim, mahorat va malakalarni uzluksiz oshirib borishga intilish.
o‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish;
12) kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish hamda orttirishga intilish.
Kasbiy o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonida
hamkasblar ishonchiga
hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar,
hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish va b.
Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me’yorlarni buzish yoki
xatolar “beg‘amlik, malakasizlik yoki oldindan o‘ylangan niyat tufayli kasbiy
me’yorlarni buzish” sifatida baholanadi. Ijtimoiy ish xizmatchilari maxfiylikni
buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo‘linayotgani haqidagi shubha
to‘g‘risida
xabar bermaganlari, suiiste’molliklar, so‘z bilan haqoratlash yoki
jismoniy zo‘ravonlik tahdidi singari holatlarga befarqlik, xatti-harakatlar
yordamida haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga xato natijasida
yotqizish tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan jazo qo‘llanilishi
belgilangan.
Malaka tavsifi bilan belilangan majburiyatlarni bajarish uchun ijtimoiy soha
xizmatchisi o‘zining quyidagi huquqlaridan keng foydalanadi:
- mijozlarning manfaatlarini qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati
organlarida ifodalash va himoyalash;
- maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi va litsenziyaga mos bo‘lgan diplom yoki
sertifikat bo‘lgani taqdirda davlat yoki xususiy ijtimoiy amaliyotni yuritish;
- mijozlar ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash,
aholi orasida
sotsiologik so‘rovlar, diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish;
228
- mijozlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini hal qilish to‘g‘risidagi
rasmiy so‘rovlar va iltimoslari bilan jamoat tashkilotlariga, davlat muassasalariga
murojaat qilish;
- o‘z faoliyati doirasidagi u yoki bu muammoning holati to‘g‘risida davlat
idoralariga axborot berish;
- ijtimoiy tashabbus va faollik ko‘rsatganlari uchun ota-onalar, oilalar,
ijtimoiy ish volontyorlarini taqdirlash to‘g‘risida korxonalar va muassasalar, tijorat
tuzilmalari va jamoat birlashmalariga takliflar kiritish;
- oiladagi tarbiya, ijtimoiy ishdagi tajribani ommaviy axborot vositalari
yordamida targ‘ib qilish uchun faol ish yuritish;
- muayyan ijtimoiy muammolarni hal
qilishga qaratilgan jamoat
tashabbuskorlik harakatlariga boshchilik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: