231
iqtisodiy, siyosiy va hududiy qamrov omili inobatga olingan. Tadqiqotchi shu
ma’noda buni “ijtimoiy siyosatni qurollantirish modellari” deb izohlagan.
A.Hazratqulov mamlakatimizda mavjud bo‘lgan ijtimoiy muammolarni bartaraf
etishda asosiy e’tiborni
iqtisodiy omilga qaratgan
315
. Iqtisodiy omil, ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir ko‘rsatish bilan birga,
uni samaradorligini
ta’minlovchi substansional asos hisoblanadiki, muallif buni alohida ko‘rsatib
o‘tgan. Fikrimizcha, bunda inson omilining qadriyat tarzida aks etishini ham
e’tiborga olish lozim. Bu yo‘nalishda Ozarbayjonda ijtimoiy ish tajribasi o‘ziga
xosligi bilan, ya’ni “ijtimoiy himoya va din”, “sovet modelidan katolik modeliga”,
“ijtimoiy ish doirasida profilaktika”, “ijtimoiy hayot va ijtimoiy adolat”
tarzida
olib borilishi bilan ajralib turadi
316
.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mazmun-mohiyati haqida yangi tasavvurni 1995-
yilda qabul qilingan “Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
asoslari to‘g‘risida” hamda “Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida” Federal qonunlari ko‘rsatilgan.
“Rossiya Federatsiyasida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish asoslari
to‘g‘risida”gi Federal qonunining 1-bandida “ijtimoiy xizmat ko‘rsatish murakkab
sharoitda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-kundalik,
ijtimoiy-tibbiy,
psixologik-pedagogik, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va moddiy
yordam, ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiyasi bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarning
faoliyatidan iborat” deb belgilangan.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlarining asosiy mazmuni ochib beriladigan
Qonun bandlari muhim rol o‘ynaydi, masalan,
moddiy yordam, uyda ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish, statsionar sharoitlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, vaqtincha
boshpana berish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida kunduz qolishni tashkil
qilish, konsultativ yordam, fuqarolar va oilalarga ijtimoiy patronaj va h.k.
“Katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
to‘g‘risida”gi Federal qonuni jamiyatdagi alohida ijtimoy guruhlariga ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tasavvurlarimizni sezilarli darajada to‘ldiradi va
aniqlik kiritadi. U aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining yo‘nalishlardan
biri bo‘lgan katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
sohasida munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga
Qonunda uning predmeti quyidagicha tavsiflanadi: “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
ko‘rsatilgan fuqarolarning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish
bo‘yicha faoliyatdan iborat”.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga mulk shaklidan qat’iy ravishda uyda va
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarda katta yoshdagi fuqarolar va nogironlarga
ko‘rsatiladigan ijtimoy xizmatlar yig‘indisini olgan. Davlat tomonidan
kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar federal va hududiy ro‘yxatlariga kiritilgan asosiy
yashash uchun zarur ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar olish
imkoniyati ko‘zda tutilgan.
315
Хазраткулов А. Социальные проблемы Узбекистана и пути их решения. Автореф. ... канд. экон. наук. –
Ташкент, 1994. –32 б.
316
Модель социальной защиты-www.kaspiy.az
232
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish quyidagilarda asoslangan: manzilli bo‘lish,
foydalanish
uchun ochiqli, ko‘ngilli bo‘lishi, insonparvarlik, og‘ir vaziyatda
qolgan balog‘at yoshiga yetmagan, yoshi katta va
nogiron insonlarga ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish ustuvorligi; konfidensiallik; profilaktika o‘tkazishga yo‘naltirish;
inson va fuqaro huquqlarini ta’minlash; ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning barcha
turlarini uzluksizlik tamoyili.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muammolari tadqiqotchilari ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish tizimning ikki guruh vazifalarni ajratishadi:
1. birinchi guruh – mohiyati va faoliyati bilan bog‘liq vazifalar (profilaktik,
ijtimoiy-reabilitatsiya, moslashtirish, qo‘riqlash-himoya, ijtimoiy patronaj);
2. ikkinchi guruh – axloqiy-insonparvarlik vazifalari (shaxs-insonparvarlik,
ijtimoiy-insonparvarlik).
Ushbu vazifalarni amaliy bajarish ijtimoiy xizmat qilishning barcha kichik
tizimlari va elementlari ishlashining optimal darajasi bilan chambarchas.
Ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish funksiyalari makro va mikro darajalarida namoyon buladi.
Demak, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Finlyandiya, Isroil
va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan ijtimoiy ish xodimiga
berilgan professional – shaxsiy tavsif kasbning mohiyatini va unga bo‘lgan zamo-
naviy talablarni chuqur anglashga imkon beradi.
Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi tuzilmasi va vazifalari va tuzilmasi
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mohiyatining implitsitli indikatori va ko‘zgusidir. Ushbu
holat ijtimoiy xizmatlar tizimi va alohida mutaxassislar orqali ijtimoiy faoliyat
nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: