230
yo‘qotganlik kabi ijtimoiy yordam olishga ehtiyojmand guruhning ijtimoiy
tavsifidan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatish texnologiyasini tanlash lozimligi
zarur.
V.Antropov Yevroittifoq davlatlari ijtimoiy himoyasini iqtisodiy modellarini
o‘rganib, bunda yetakchi davlatlar iqtisodining rivojlanishi va ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish tizimiga ta’sir ko‘rsatishni ta’kidlaydi
310
. Buning sababi shundaki, bu
mamlakatlarda fuqarolarning ijtimoiy faollik darajasi
va ularning huquqiy ongi
orasidagi aloqadorlik ijobiy korrelyatsiyaga ega bo‘lib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
texnologiyasi yordam oluvchilarning guruhiy mansubligi va talablari asosida
xususiylashib borilayotganligidan dalolat beradi. Fikrimizcha, ijtimoiy yordam
ko‘rsatishda ijtimoiy jins (gender) faoliyat turining
mazmunini belgilovchi xossa
hisoblanib, N.Shvedova ijtimoiy ishda gender birlik ko‘rsatkichi mavjudligini
alohida qayd qiladi
311
. Shu sabab xizmat ko‘rsatishda gender tenglikka emas, balki
gender farqlarga e’tibor qaratgan holda, amaliy yordam ko‘rsatish tartibi va tarzini
qo‘llash tavsiya etiladi.
Rossiya Federatsiyasida ijtimoiy ish aholiga amaliy yordam ko‘rsatish tizimi
doirasida joriy qilinib, tibbiy, huquqiy, axborot, madaniy, iqtisodiy kabi sohalarda
keng namoyon bo‘lmoqda
312
. Buni Rossiya Federatsiyasining demografik holati,
ya’ni aholi o‘rtacha yoshining kattalashishi bilan bog‘lash mumkin. Ayni shu omil
alohida inobatga olinganda, hozirda Germaniya va
Buyuk Britaniyada ham shu
holatni ko‘rish mumkin
313
. Buning sabablari: farzandsiz oilalarning (natijada yoshi
keksalarning qarovsiz qolishi); farzandlarning ota-onalardan yiroq yashashi;
mehnat migratsiyasining faollashuvi; kattalarning maslahati va tajribasiga
ehtiyojning susayganligi singari salbiy holatlarda namoyon bo‘lmoqda.
Bunda
kelib chiqqan holda, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda vorislik masalasiga ham e’tibor
qaratish shartki, aynan vorislik keng ma’noda nafaqat yordam ko‘rsatish, balki
yordam olish jarayonining takomillashuvi uchun xizmat qiladi.
“Xorijiy adabiyotlarda ijtimoiy ishning ikkita ‒ Amerika va Yevropa modeli
tashkiliy jihatdan bir-biriga qarshi qo‘yiladi. Albatta, bu tabiiy holat. Gap ijtimoiy
ishning aynan Amerika va Yevropa modellarining o‘zi haqida emas, balki ijtimoiy
siyosatni qurollantirish modellari, ijtimoiy yoki ijtimoiy farovonlik konsepsiyasini
amalga oshirishning turli shakllari haqida ketishi mumkin”
314
. Haqiqatan ham
ijtimoiy xizmat rivojlangan davlatlarda doimiy
ravishda siyosiy hokimiyat
nazoratida bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy, iqtisodiy va madaniy
me’yorlarga bo‘ysundiriladi, siyosat o‘zi zarur deb topgan vaziyatlarda uni
ommaviy ta’sir manbalaridan biriga aylantirishi tabiiy holga aylangan. Shuning
uchun ham AQSh va Yevropadagi ijtimoiy xizmatlarining
tarkibida huquqiy,
Do'stlaringiz bilan baham: