233
e’tiqod, ham ma’naviy
madaniyat tarzida kechib, etnoan’ana tarzida bu kunga
qadar davom etib kelmoqda.
Tabaqalanish bilan bog‘liq milliy tarixga doir manbalar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish institutlari bo‘lmagan sharoitlarda ijtimoiy
xizmat madaniy omil sifatida amal qilib, zamonaviy ushbu ishning tizimlashgan va
tuzilmalashganlikdan tashqari eng muhim barcha elementlarini qamrab oladi.
Yoshga nisbatan tabaqalanishda xizmat ko‘rsatish bolalarga shafqat, o‘smirlarga
marhamat, balog‘atdagilarga quvvat, keksalarga
muruvvat shakllarida mavjud
bo‘lgan. Ijtimoiy mavqega nisbatan tabaqalanishda xizmat ko‘rsatishga diniy
hukmlar asosida yondashilgan bo‘lsa, kasbiy va harbiy tabaqalanishda hukmdor
qonunlari va farmonlari vositachilik qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida qadimdan keksalarga hurmat va ehtirom
ko‘rsatish, keksayganda ularga g‘amxo‘rlik qilish ijtimoiy
himoyaning tarkibiy
qismi bo‘lib kelganki, ular etnoan’ana tariqasida namoyon bo‘lmoqda. Bunda jins,
yosh, kasb kabi ijtimoiy-madaniy omillar belgilovchi hisoblangan. Bu o‘ziga
xoslikning ma’naviy asosi o‘zbek xalqining turmush tarzida dehqonchilik,
chorvachilik bilan shug‘ullanishi va jamoaviy tarzda mehnat qilish singari omillar
bilan izohlanadi. Mazkur holat ma’naviy birlik tuyg‘usi bilan bog‘liq bo‘lib, milliy
ma’naviyatning tarkibiy elementi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bois
mehr ko‘rsatish, oqibatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish milliy ta’lim-tarbiya tizimida
vazifadorligi jihatidan ajralib turishini ta’kidlash lozim. Inson o‘z yaqinlariga
moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish
bilan birga, ularning g‘am-tashvishlariga
hamdardlik qilishga tayyor turish fazilatini o‘zida mujassam etishi lozim. Aynan
ana shu jihatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan xalq og‘zaki ijodi
namunalarida, ya’ni rivoyat va ertaklar,
afsona va maqollarda, shuningdek,
“Avesto”, Qur’oni Karim, Hadislar to‘plami kabi diniy manbalar va o‘tmish
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir qo‘lyozmalarda ham o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, “Avesto” davrida ham ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlar inobatga olingan
holda maishiy turmush tarzi tashkil etilgan, ya’ni uning shartlari, talablari mavjud
bo‘lgan. So‘g‘d viloyatining Mug‘ tog‘idan topilgan tarixiy yozma hujjatlarda ham
bu masala alohida aks ettirilgan bo‘lib, yozilishicha erkaklar oila qurishda barcha
mas’uliyat va javobgarlikni bo‘yinlariga olishlari bilan birga,
ayollar bilan
shartnoma tuzib, ularning haq-huquqlarini ta’minlash uchun (ajrashishda tovon
to‘lash) kafolat berganliklarini ko‘rish mumkin
320
.
Islom dinining muqaddas kitobi Qur’onda ham ijtimoiy ishning an’anaviy
usullariga doir, ya’ni insonning o‘z yaqinlariga mehribonlik qilish, yaxshilik qilish
va xayr-ehsonga doir bir qator mulohazalar uchraydi:
Do'stlaringiz bilan baham: