Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

349
 Технология социальной работы /Под ред. И.Г.Зайнышева. – Москва: ВЛАДОС, 2002. - С. 28. 
350
 Мамашокиров С., Тоғаев Ш. Эркин ва фаровон ҳаёт ўурилишининг ғоявий-мафкуравий масалалари. 
Рисола. – Тошкент: Маънавият, 2007. -Б.9. 


244 
nuqsonlar bilan tug‘ilgan”lar ko‘rsatib o‘tilgan
351
. Bu yana bir bor ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish barqaror ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashning asosi ekanligini ko‘rsatadi. 
Mazkur jarayonda, davlat ichki funksiyasi doirasida regulyativ vazifani
352
bajarib 
kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy ishning quyidagi ijtimoiy-kasbiy guruhlari ishini 
samarli yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: 
1. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha mutaxassislar.
2. Bandlik muammolari sohasidagi mutaxassislar. 
3. Xavf-xatar guruhlari bilan ishlash sohasi mutaxassislari. 
4. Sog‘liqni saqlashda ijtimoiy xodimlar. 
5. Ta’lim tizimi ijtimoiy xodimlari.
6. Qurolli Kuchlarda ijtimoiy faoliyat mutaxassislari. 
7. Jazoni o‘tash muassasalarida ijtimoiy faoliyat mutaxassislari. 
8. Imkoniyati cheklanganlar bilan ishlash mutaxassislari. 
9. Keksalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar. 
10. Ijtimoiy ta’minot xizmati mutaxassislari. 
11. Ijtimoiy faoliyatni tashkil qilish, ijtimoiy sohada menejment bo‘yicha 
mutaxassislar va b.
Kelajakda ekologik himoya tizimi ijtimoiy xodimi sifatida mutaxassislik 
kiritilishi mumkin. Muhtojlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kasbiy faoliyat 
tiklanishida nisbatan mustaqil yo‘nalish sifatida valeologiya rivojlanadi.
Xalq xo‘jaligi sohalarida ijtimoiy ish xodimlarni mutaxassislariga nisbatan 
ehtiyoj kuzatilmoqda. Jumladan, ijtimoiy xodim faoliyatining metallurgiya, tog‘-
kon qazib chiqarish, ko‘mir qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligida, savdoda, transport 
sohalarida amalga oshirish maqsdga muvofiq.
Ijtimoiy xizmat sohasida innovatsiyalarni tasnifi deganda bu sohada 
qo‘llaniladigan bilimlar, usullar, obyektlar (hodisalar, jarayonlar, kishilar guruhi, 
ularning jamoalari va hakozolar), rivojlanishi va mukamallashish uchun ta’sir 
etishning ma’lum ketma-ketligini fan-texnika yutuqlaridan foydalanilgan holda 
amalga oshirishni tushunish lozim. 
Ijtimoiy xizmatda innovatsiyalarning tasnifi turli asoslarning ko‘rsatkichi 
bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan: 
- qo‘llanilishining turlari bo‘yicha; 
- qo‘llanilish darajalarining sathi bo‘yicha; 
- qo‘llanilishi sohalari bo‘yicha; 
- qo‘llanilishda ishtirok etadigan mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi 
bo‘yicha; 
- qo‘llanilishning yengil va murakkabligi bo‘yicha. 
Ta’sirga uchragan obyektning ko‘lamiga qarab esa quyidagi: jahon 
miqyosidagi, butun jamoat miqyosidagi, ijtimoiy hayotning turli jabhalari, ijtimoiy 
institutlar, jarayonlar, hodisalar xarakteridagi texnologiyalarni ajratish mumkin. 
351
 Ўзбекистон Республикасининг “Ногиронларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада 
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” Фармойиши, 2017 йил 1 август - http:// uz24.uz 
352
 Давлат ва ҳуқуқ асослари. - Тошкент: Шарқ, 2002. Б. 12 – 13. 


245 
Ijtimoiy texnologiyalar qo‘llanish sohasiga ko‘ra iqtisodiy-ishlab chiqarish, 
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy va ijtimoiy-maishiy munosabatlarni tartibga 
solishdagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda, turli xil masalalarni samarali 
hal etishda qo‘llaniladi
353

“Bizning asrimiz globalizatsiya va axborotlashuv, yuqori texnologiyalar asri 
bo‘lib, ularsiz umumiy taraqqiyot va fuqarolik jamiyatining rivojlantirishning asosi 
bo‘lmish iqtisodiyot taraqqiy etmas”ligini
354
inobatga olsak, boshqa sohalar qatori, 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ham fan va texnika yutuqlari qatori, rivojlangan 
davlatlarning soha bo‘yicha tajribasini milliy taraqqiyot strategiyasining asosiy 
yo‘nalishlariga tayangan holda o‘rganib, ijobiy jihatlarini qabul qilish maqsadga 
muvofiq. Chunki yangi texnologiyalarni geografik, madaniy (shu jumladan, 
etnomadaniy, demografik, iqtisodiy kabi) omillarning ta’sir darajasini inobatga 
olinmagan holda shundayincha qabul qilib bo‘lmaydi. Va shu bois 
mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi 
PF-5264-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 30-noyabrda esa O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PQ-3416-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion 
rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va 
unga muvofiq:
“Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari 
bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari 
hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga 
oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona 
buyurtmachisi hisoblanishi belgilangan”
355

Ko‘rinib turibdiki, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni 
joriy etish masalalari bo‘yicha tizimli tarzda davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-
tadqiqot va axborot-tahlil markazlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning 
faoliyatini jamiyat hayotini ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtiradi Bu o‘z navbatida 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ham qamrab oladi.
Yuqoridagi 
fikrlardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
ijtimoiy 
xizmatdagi 
texnologiyalarni turli asoslari bo‘yicha tasniflash mumkin. Chunki ijtimoiy xizmat 
va xizmat ko‘rsatish tizimi sifatida obyektlar, maqsad, vositalar, boshqarish usuli, 
funksiyalar kabi tarkibiy qismlarda namoyon bo‘ladi. Va bu ko‘rsatkichlar, 
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Individlarimizning hayotiy ehtiyoj va 
manfaatlarini ta’minlashda bu muhim masalaning naqadar o‘tkir va dolzarb 
muammo bo‘lib turganini hisobga olib, bu ishlarning hajmini oshirgan holda, biz 
yangi yilda ham albatta, davom ettiramiz. Chunki xalqimiz ertaga emas, uzoq 
353
 Социальная работа: теория и практика / Отв. ред. Е.И.Холостова. - М.: Инфра-М, 2002. - С.321. 
354
 Кадырова З.Р., Хакимов Н.Х. Концептуально философиские, социальные и духавно-нравственные 
проблемы процесса интеграции науки и образования в Узбекистане. – Ташкент: НУУз, 2017. – С.11. 
355
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПҚ-3416-сонли “Ўзбекистон Республикаси Инновацион 
ривожланиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги Қарори -www.lex.uz  


246 
kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni istaydi. 
Bizning mehnatkash, oqko‘ngil, bag‘rikeng xalqimiz bunga to‘la haqlidir”
356

Innovatsiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash obyektning differensiatsiya-
lashuviga bog‘liq. Ijtimoiy xizmat obyektlari ancha xilma-xildir va ularning har 
biri qadriyatli-funksional yondashishni taqozo etadi. Bular: qariyalar va 
pensionerlar; 
nogironlar 
va 
bolalar; 
deviant 
xatti-harakatli 
o‘smirlar; 
boshpanasizlar; migrantlar; to‘liqsiz, ko‘p bolali oilalilar va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. 
Mamlakatimizda 2017-yil 12-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PQ-3268-sonli “Aholining kam ta’minlangan 
qatlamini 
qo‘llab-quvvatlashning 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”
357
gi qarorida, bir qator idora va tashkilotlar tomonidan ishlab 
chiqilayotgan aholining kam ta’minlangan qatlamini 2017-2018-yillarda 
ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hududiy manzilli dasturlari ishlab 
chiqilib, unda quyidagilar: 
a) mehnat bilan bandlikning ma’lum bir turlari bilan shug‘ullanish 
istagida bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilasini o‘ziga 
yetarliligini ta’minlovchi mikrokreditlar tijorat banklarining imtiyozli 
kreditlash maxsus fondi mablag‘lari hisobidan ajratish; 
b) og‘ir uy-joy va maishiy sharoitlarda yashovchi, boquvchisini 
yo‘qotgan, nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga maqsadlarda beg‘araz 
yordam ko‘rsatish o‘z ifodasini topgan. 
Umuman olganda ijtimoiy xizmatda innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish 
orqali bir tomondan respublikamizda mavjud ijtimoiy muammolarni keltirib 
chiqarayotgan sabablarni o‘rganish va ularni samarali bartaraf etish yo‘llari, chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqish, ijtimoiy dasturlarning jamiyat ijimoiy hayotida 
amaliy jihatdan o‘z ifodasini topishi, ikkinchi tomondan ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatishda etnoan’analarni amal qilishini inobatga olgan holda yangi 
texnologiyalarini yaratish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning 
oldini olish, xalqimiz turmush darajasi o‘sishiga va farovonlikning ortib borishiga 
xizmat qilishi shubhasizdir.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish