Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

336
 “Темур тузуклари”. Тошкент, 1991. 98-бет.
337
 Ўша асар. 99-бет. 
338
 “Темур тузуклари”. Тошкент, 1991. – Б. 100. 


238 
resurs ta’minoti kabi masalalar manbalar asosida tadqiq etish lozimligini ko‘rsatib 
o‘tgan
339

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Mirzo Ulug‘bek tomonidan amalga 
oshirilgan bunyodkorlik ishlari va ilm-fan sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari 
xususida Zahriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma”
340
asarida: 
“Ulug‘bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qal’asining ichida madrasa va 
xonaqohdur. Xonaqog‘ning gunbazi bisyor ulug‘ gunbazdur, olamda oncha ulug‘ 
gunbaz yo‘q deb nishon berurlar...yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo 
hammomig‘a mashhurdur...Yana bir oliy imorati Pushtai Ko‘hak dominasida 
rasaddurkim, zich bitmakning olatidur. Uch oshyonliqdur. Ulug‘bek mirzo bu 
rasad bila Ziji Ko‘ragoniyni bitibturkim, olamda holo bu zich musta’maldur”, – 
deya ta’kidlaydi.
Mamlakatimiz yangilanish va yuksalish davrini boshidan kechirayotgan 
bugungi kunda tarix saboqlaridan kelib chiqadigan murakkab savollarga javob 
topish har bir ijtimoiy fan vakilining fuqarolik burchidir. Zero, endilikda xalq, 
millat va davlatning taqdiri faqat moddiy boyliklar bilan belgilanmaydi, uning 
ma’naviy kuch-qudrati va salohiyati ko‘p narsani hal qiladi
341

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayoni insonga xos faoliyat turi hisoblanib, 
uning zamirida ma’naviy-kognitiv konseptlar ifodalangandir. Ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish hayotiy turli ko‘rinishdagi qiyinchiliklar, iqtisodiy muammolar hamda 
jismoniy sog‘liqning yo‘qolishi natijasida dolzarblashib boradi. Ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish bevosita ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. Bu 
borada Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi 
kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz 
o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni 
egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz 
o‘zgaradi”
342

O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxas-sisliklari klassifikatoriga kiritilib, 2004-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi 
Toshkent Madaniyat institutida (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat 
instituti tashkil etilgunga qadar bo‘lgan davrgacha), 2005-yildan boshlab esa 
Samarqand va Farg‘ona davlat universitetlarida, 2010-yildan O‘zbekisont Milliy 
universitetida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy ishni nazariy jihatdan rivojlantirish 
borasida ham bir qator ilmiy izlanishlar asta-sekinlik bilan bo‘lsada amalga 
oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2018-yilda professor M.G‘aniyeva ilmiy 
rahbarligida tadqiqotchi A.S.Alekseyeva “O‘zbekistonda ijtimoiy ishning institut 
339
 Raxmonov D.A. Cultural Aspects of Social Services // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 
24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. -P.6468-6472. https://www.psychosocial.com/article/PR2020632/27915/ 
340
 Заҳриддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома.-Тошкент, 1990. –Б. 44. 
341
 Жакбаров М. ва б. Миллий ғоя-хавфсизлик ва барқарорлик омили.-Тошкент: Turon zamin ziyo, 2014.- 
Б.124. 
342
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси - http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-
2020 


239 
sifatida shakllanishi” mavzusida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi va 2019-yilda tadqiqotchi D.Rahmonov professor R.Samarov 
rahbarligida “O‘zbekiston ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishning etnomadaniy 
xususiyatlari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishganligi ijtiimoiy ish sohasi ilmiy-
metodologik asosini ma’lum bir ma’noda boyitish uchun xizmat qilganligini 
ta’kidlash o‘rinlidir. 
Hozirgi vaqtda Toshkent, Samarqand va Farg‘onada talabalar amaliyotini 
o‘tkazishning yangi modeli ishlab chiqilgan va o‘qitish tizimiga tadbiq qilingan. 
Umuman olganda, ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis nazariy bilim olib va amaliy 
ko‘nikmaga ega bo‘lib, ijtimoiy ish sohasida tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik 
va amaliy ish olib borilmoqda. Xususan, o‘tgan vaqt oralig‘ida ijtimoiy ish 
sohasini rivojlanitirish, sohani ilmiy-uslubiy, nazariy-uslubiy va tashkiliy 
masalalar borasida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Respublikamizda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ijtimoiy sohani rivojlanishi 
va ijtimoiy ish sohasini mutaxassislarini xalqaro talabga javob beradigan darajada 
tayyorlash asosiy maqsad va vazifa qilib belgilandi.
2006-2008-yillar mobaynida ijtimoiy ish bo‘yicha Milliy komandaning 
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston 
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va BMTning O‘zbekistondagi 
YUNISEF Bolalar jamg‘armasi ko‘magida “Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash 
dasturlarini tarqatish va O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” kasbini rivojlantirish” 
loyihasi doirasida barcha institutsional muassasadagi mutaxassislar jahon 
tajribasida keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy ish sohasiga dahldor bo‘lgan zarur 
bilimlar bilan boyitishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (2008-yil) 
“O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimining samarali modelini 
rivojlantirish va mamlakatning boshqa hududlarida oila va bolalarni qo‘llab-
quvvatlash pilot xizmatini ommalashtirish” loyihasi doirasida Toshkent va 
Samarqand shaharlaridagi oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati ko‘magida 
Andijon va Buxoro shahri, shuningdek, Guliston viloyatida pilot xizmat tashkil 
etildi. Shuningdek, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash dasturini tarqatilishi va 
“O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” kasbining rivojlanishi” loyihasi doirasida amalga 
oshirilgan qayta tayyorlash kursida 3-4 nafar oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash 
pilot xizmati mutaxassislari ijtimoiy ishchi diplomiga ega bo‘ldilar. Uchinchi 
bosqich (2009-yil) amalga oshirilib, “O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash 
samarali modelini ilgari surish – oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati 
modelini tadbiq etish” loyihasi barcha hududlarda Oila va bolalarni qo‘llab-
quvvatlash xizmati samarali modelini omalashttirish va himoya qilish, shuningdek, 
boshqa jarayonlarni samarali boshqarish modelini ishlab chiqishga qaratilgan 
chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 
Mamlakatimizdagi ijtimoiy ish institutlari rivojlanishining tahlili, mazkur 
institut uzoq tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar va o‘zbek xalqiga xos mehr-
shafqat tuyg‘ulari shaklidagi o‘zaro yordamning kuchli potensialini o‘zida 
birlashtirgan-ligini 
ko‘rsatdi. Aynan ushbu jihatdan manzilli yordam 


240 
mexanizmlarini rivojlan-tirishda foydalanish zarur. Bundan kelib chiqqan holda
ijtimoiy ish institutlarining jadal rivojlanishi hamda, tezkorlik bilan muayyan 
maqom kasb etishi uchun uning shakllanishdagi sotsiomadaniy va milliy-tarixiy 
xususiyatlarini nazarda tutish zarur
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatchilar kasbiy va axloqiy 
kodeksini yaratish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi «Keksalar, 
nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy 
xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli, 2017-yil 1-dekabrdagi «Nogironligi 
bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF5270-sonli, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirish 
choratadbirlari 
to‘g‘risida»gi PF-5325-sonli Farmonlari, 
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2017-2020-yillarga 
mo‘lljallangan amaliy ish rejasi «Yo‘l xaritasi» va boshqa soha rivojiga oid 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar shular jumlasidir.
Bugungi kunda Ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik 
va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda 
tasdiqlangan 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish