Agrobiznesda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yo`llari



Download 27,36 Kb.
Sana16.01.2020
Hajmi27,36 Kb.
#34840
Bog'liq
AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH YO


AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH YO`LLARI


REJA:

1. Agrobiznesda moliyalashtirish mohiyati

2 Qishloq xo`jaligi tarmoqlari faolyatining asosiy omilari

3. Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ko’rsatkichlari

4. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi

5. Foydalanilgan adabiyotlar



Agrobiznesda moliyalashtirish mohiyati

Qishloq xo’jaligining rivojlanishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi va ekstensiv va intensiv yo’llaridan foydalaniladi. Ekstensiv shaklidagi qishloq xo’jaligini rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o’sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o’zlashtirish, ekin maydonlarini ko’paytirish, chorva mollarini bosh sonini ko’paytirish va qo’shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslarining ko’lamlarini ortishi yuz bergani holda texnika-texnologiyasifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o’zgarmaydi.

Ekstensiv omillar o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko’plab ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar o’z tarixining dastlabki davrlaridan boshlab, o’zlari o’zlashtirgan yerlarni tark etib unumdor yerlarni qidirish uchun yer sharining har tomoniga tarqalganlar. Yangi yerlarni o’zlashtirish hozirgi davrda bizning mamlakatimizdagi kabi dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom etmokda. Shu bilan birgalikda dunyo mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligini yuksaltirishni nisbatan samaradorlik va ahamiyatliroq shakli bo’lgan intensivlashtirish muhim o’rin tutadi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirishni intensiv shaklda mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi sifat omillar evaziga, ya’ni nisbatan takomilashgan zamonaviy ishlab chiqarish resurslarini tadbiq etish (ulardan to’la va samarali foydalanish), dehqonchilik va chorvachilikning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etuvchi ilg’or texnologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga oshiriladi. Shuni nazardan chetda qoldirmaslik kerakki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv shakli ba’zi hollarda samarali bo’lishi mumkin, shunga muvofiq har doim ekstensiv shaklni samarasiz deb ta’kidlash fikri o’zini oqlamaydi. Amalda bu ikki yo’l ishlab chiqarishni rivojlanishida bir-birini to’ldirib, piravordida umumiy iqtisodiy samardorlikning oshishiga olib keladi.

Ular yagona xo’jalik faoliyatiga xos usullar bo’lib, bir vaqtning o’zida iqtisodiy o’sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat(intensiv) jihatlari mavjud bo’ladi, ammo ularning nisbati har xil mutanosiblikda bo’ladi. Iqtisodiyot qo’l mehnati texnologiyasi va malakasiz ish kuchiga asoslangan joyda, ekstensiv o’sish ustun turadi. Aksincha, ishlab chiqarish mashinalashgan, serunum texnologiya va yuksak malakali ish kuchiga tayangan joyda intensiv o’sish birinchi o’rinda turadi, ishlab chiqarish rivojlangan sari qonuniyatli tarzda intensiv o’sishning ahamiyati barqaror oshib boradi.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining intensivlashtirish nazariyasi avvalom bor yerning xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki yerning asosiy vosita sifatida muhim xususiyatlaridan biri uni chegaralanganligidir. Yerning chegaranganligi o’z navbatida qishloq xo’jaligini intensivlvashtirishni taqazo etadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishni qo’shimcha yer maydonlarini o’zlashtirish orqali amalga oshirish chegaralanganligi ishlab chiqarish oldiga mavjud o’zlashtirilgan yerlarni sifatini yaxshilash, binobarin, ulardan intensiv foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ma’lumki, mamlakatimizda don mustaqilligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. Almashlab ekish tizimlari yangilanib g’o’za, g’alla, beda ekinlari ekiladigan qisqa aylanishli yangi me’yor joriy etildi. Binobarin, respublikada paxta maydonlari qisqartirildi va 2000 yillarda 1,5 million gektar chigit ekildi. Bu ko’rsatkich yildan yilga kamayib, endigi talab paxta yetishtirishni faqat intensiv texnologiya asosida ko’paytirilishidan iboratdir. O’zbekistonda 2014 yilda chigitni yangi texnologiyalar asosida erta muddatlarda ekish joriy etilib, u yaxshi natijalar berdi, ya’ni hosildorlik ochiq maydonlardagidan gektariga 5-8 tsentner yuqori, kultivatsiya va o’g’it solish tadbirlarining takomillashuvi natijasida yoqilg’i moylash materiallari sarfi 20%ga kamaydi. Paxta yig’im-terimini erta tugatishga erishish hisobiga esa kuzgi boshoqlilarni ekish imkoniyati yaratildi.



Qishloq xo`jaligi tarmoqlari faolyatining asosiy omilari

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish - ko’p jihatli jarayon bo’lib, hozirgi sharoitda uning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi:

1).Iqtisodiy munosabatlarni tubdan qayta qurish. Qishloq xo’jaligini yuksaltirishning birlamchi masalalaridan biri qishloqda iqtisodiy munosabatlarni o’zgartirish, dehqonlarga kam xarajatlar sarflagan holda ko’plab sifatli mahsulot yetishtirishga intilish hissiyotiga ega bo’lgan yerning haqiqiy egalik huquqini qaytarish. Qishloqda iqtisodiy qayta qurishning asosida - dehqonlarga mustaqil harakat etish, tadbirkorlik va tashabbuskorlikni amalga oshiririshga zamin yarata oladigan xo’jalik yuritishning turli mulkka va shakliga asoslangan muhitni yaratish.

2)Etishtirilgan mahsulotlarni asrash, uni nobudgarchiligini oldini olish. Qishloq xo’jaligini mavsumiylik xususiyatini unga mutanosib holda ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishiga bo’lgan talabni yanada oshiradi. Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning turli mulk shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarishga yaqin yillarda saqlash, qayta ishlash shoxobchalarini yaratish imkoniyatlari tug’ildi. Mahsulotlarni nobudgarchiligini oldini olish bilan bir qatorda ularni tashish bilan bog’liq xarajatlarni kamayishiga erishildi.

3)Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish. Ishlab chiqarishni kimyolashtirishning asosida yerning unumdorligini oshirish orqali o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi:

a)Hosildorlikni oshirishga qaratilgan mineral o’g’itlarni tadbiq etish tadbirlari;

b)Kimyoviy vositalardan begona o’tlarga qarshi kurashish tadbirlari;

v)O’simlik va chorva mollari zararkunanda hashoratlari va kasalliklariga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalanish;

g)Chorva mollarini to’yimliligini oshirishda kimyoviy chiqarilgan mahsulotlarini keng ko’lamda qo’llanishiga qaratilgan tadbirlar.

d)Qishloq xo’jaligida, kimyo sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni keng ko’lamda qo’llanilishiga qaratilgan tadbirlar.

4)Qishloq xo’jaligini melioratsiyalash. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mahsuldorligini oshiradigan qo’shimchalardan foydalanish. Qishloq xo’jaligida, kimyo sanoatida, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda - sug’orish, zaxni qochirish, yerni ohaklash, sho’rni yuvish tadbirlarini o’z vaqtida, sifatli amalga oshirish muhim omillar jumlasiga kiradi.

5)Resurs talabchanligi kam bo’lgan intensiv texnologiyalarni qo’llash. Dehqonchilikda mavjud texnologiyalarni takomillashtirish muhim bo’lib, ularni asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

a)Ilmiy asoslangan o’g’it me’yorlarini qo’llash orqali qishloq xo’jaligi ekinlarining ozuqa talabchanligini optimallashtirish;

b)Qishloq xo’jaligi ekinlarining intensiv navlarini ishlab chiqarishga tadqiq etish;

v)Yerdan va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanishni ko’zda tutgan holda o’simliklarni joylashtirishning ratsional sxemalarini ishlab chiqish;

g)Qishloq xo’jaligi mashinalarini takomillashtirish orqali agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishni qisqartirish va qo’shib olib borish;

d)Mahsulotlarni yig’ish, ortish va tashishdagi tadbirlarni takomillashtirish.

Chorvachilikdatexnologiyalarni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

a)Chorva mollarini saqlash, boqish va boshqa yo’nalishlarda intensiv texnologiyalarni joriy etish;

b)Mollar ozuqasi va ulardan olinadigan mahsulotlarni standartlashtirish;

v)Chorva mahsulotlari ishlab chiqarishni sanoat asosiga o’tkazish.

6)Chorva mollarining tarkibi sifatini va ularning ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni intevsivlashtirishning muhim omili poda harakati va sifatini yaxshilash hisoblanadi, bunga yuqori mahsuldor mollar nasllarini yaratish bilan bog’liq tadbirlar kiradi. Chorvachilikni rivojlantirishda uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo’lib, ozuqa tarkibi, ko’lami va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni o’z ichiga oladi.

7)Ishlab chiqarishni joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi tinimsiz yuksala boradi. SHu bilan birga iqtisodiy asoslangan qishloq xo’jaligi korxonalarining optimal katta-kichikligi, ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini ko’tarishga, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tadbiq etilishiga zamin yaratilib, natijada mahsulot yetishtirishning samaradorligini oshirishga erishiladi.

8)Mutaxassislarning malakasini oshirish. Qishloq xo’jaligiga fan yutuqlarni tadbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq xo’jaligida mutaxasislarning malakasini oshirish birinchidan, mutaxassislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni bajarish uchun, ularning malakasini oshirish va egizak kasblarni egallashiga zamin yaratish, ikkinchidan nisbatan yuqori sifatga ega bo’lgan mahsulot olish, uchinchidan ma’lum bir vaqt oralig’i davomida avvaldagidan ko’proq mahsulot ko’lamini yetishtirish yoki xizmatlar hajmini bajarishga imkon yaratish.

9)Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va ilg’orlar tajribasini tadbiq etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligini intensivlashtirish sur’atlarini oshirish va uning samaradorligini ko’tarishni fan-texnika yutuqlari natijalarini tadbiqisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Fan-texnika sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi muhim omil bo’lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishda amaliyotda mavjud bo’lgan ilg’or tajribalar natijasini tahlil qilish va ularni ishlab chiqarishga keng tadbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib, mahsulot ko’lamini ko’payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ishlab chiqarishni intensivlashtirishning ko’rsatkichlari

Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish masalalarini o’rganishda intensivlik va intensivlashtirish darajasi, intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi tushunchalarini bir-birdan ajrata bilish lozim.

Intensivlik - bu qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ining ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligini aks ettiradi.

Intensivlashtirish darajasi esa qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ini xolisona o’sish sur’ati darajasini o’zida aks ettiradi.

Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi esa mahsulotning ekin maydoni birligi hamda chorva mollari boshi soni hisobiga o’sishni o’zida aks ettiradi. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasi natura va qiymat ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Natural ko’rsatkich yordamida xo’jalikdagi tarmoqlar va ularning bir-birlari bilan qanchalik bog’langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo’yicha qancha mahsulot yetshtirilganligini aniqlash mumkin.

Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o’zida aks ettiruvchi natural ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:

1).Yer maydoniga to’g’ri keladigan energetika quvvati. Bu ko’rsatkich har 100 gektar yer maydoniga qancha texnika vositalari, avtomashina va boshqa qishloq xo’jaligi mashinalari to’g’ri kelishini ko’rsatadi;

2).Har gektar ekinzorga to’g’ri keladigan mineral va mahalliy o’g’it. Bu ko’rsatkich yerning iqtisodiy unumdorlik darajasiga ta’sir etish ko’lamini o’zida ifoda etadi;

3).Yer fondida ekin maydonlari hissasini ko’paytirish. Bu ko’rsatkich yerdan qay darajada foydalanilayotganligini ko’rsatadi;

4).Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy yer maydoniga nisbati. Bu ko’rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi o’sish darajasini ifodalaydi.

Chorvachilikning intensiv rivojlanganligini aks ettiradigan ko’rsatkichlarning asosiylari quyidagilardan iborat.

1.Har bir bosh qishloq xo’jaligi hayvoniga to’g’ri keladigan qiymat ko’rinishdagi jonli va buyumlashgan mehnat sarfi. Har bir bosh hayvon hisobiga qancha ko’p ishlab chiqarish vositalari va bevosita mehnat xarajatlari to’g’ri kelsa, qoidaga muvofiq undan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi;

2.Har bir bosh qishloq xo’jaligi hayvoniga to’g’ri keladigan oziqa. Ma’lumki, chorva mollarini ilmiy asoslangan ratsion asosida oziqlantirish ularning mahsuldorligini ortishiga olib keladi;

3.Chorvachilikni yuritish madaniyatini ko’tarish: maxsus qulayliklarga ega bo’lgan chorva binolarini barpo etish, ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish, sanitariya va gigiena sharoitlarini yaxshilash va boshqarish;

4.Chorvachilikda naslchilik bilan bog’liq ishlarni yaxshilash. Ma’lumki chorva mollarining nasli qancha yuqori bo’lsa, undan olingan mahsulot miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi;

5.Mutaxassislarning malakasini oshirish mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir etadi.

Qiymat ko’rsatkichi sarflangan mehnat va mablag’ evaziga qancha so’mlik qo’shimcha mahsulot yetishtirilganligini ko’rsatadi.

Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanish darajasini o’zida aks ettiruvchi qiymat ko’rsatkichlari quydagilardan iborat:

1.Bir gektar yerga to’gri kelgan asosiy ishlab chiqarish vositalari va joriy ishlab chiqarish xarajatlari (amartizatsiyadan tashqari). Bu ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

Iv+Ix

Id=--------------


Yer

Bunda: Id- intensivlik darajasi, so’m/ga;

Iv- asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati, so’m;

Ix- joriy ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;

Yer- yer,gektar.

Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligining qay darajada intensiv rivojlanganligini o’zida aks ettiradi;

2.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan asosiy ishlab chiqarish vositalar qiymati. Bu ko’rsatkich har gektar yer maydoni hisobiga qancha ishlab chiqarish vositalari to’g’ri kelishini o’zida aks ettiradi;

3.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan joriy ishlab chiqarish xarajatlari. Bu ko’rsatkich har gektar yer va har bir qishloq xo’jaligi hayvonlaridan olingan mahsulot uchun bevosita sarflangan xarajatlar miqdorini o’zida ifoda etadi;

4.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan jonli mehnat sarfi. Bu ko’rsatkich mahsulot yetishtirishda sarflanayotgan jonli mehnat hissasini ko’rsatadi.

Shunday qilib, intensivlashtirishning natural va qiymat ko’rsatkichlari yordamida uning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash mumkin.



4. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko’paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo’shimcha mablag’ning o’sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur’atda olishda ifodalanadi.



Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Nazariy jihatdan har qanday yer uchastkasiga, har qanday hajmda, har qanday kapitalni qo’yish mumkin, lekin bu o’z-o’zidan ma’lumki, agar shu mamlakatda shu paytda barcha sharoitlar, ya’ni iqtisodiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sharoitlar mavjud bo’lishiga bog’liq. Qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo’jalik har bir birlik xarajatga ko’proq mahsulot va maksimum foyda olishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Abdug’aniev A.A., Abdug’aniev A.A. Qishloq xojaligi iqdisodiyoti. Darslik. - T: “Adib Nashriyoti” MCHJ, 2011, – 400 b.

  2. David L. Debertin. Agricultural Production Economics Textbook. -2nd ed. Published by Macmillan. University of Kentucky, USA. 2012.

  3. Rustamova I.B., SHeripbaeva U.A., Dexkonova N.S., Axmedova V. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. –T.: TDAU. 2015. 174 b.

  4. Samatov G.A., Rustamova I.B., Sheripbaeva U.A. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik. Cholpon nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi. Toshkent. 2012 y. 320 b.

  5. Umurzoqov O'.P., Toshboev A.J., Rashidov J., Toshboev A.A.. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Oquv qo'llanma . O'z.R Oliy va o'rta ta'lim vazirligi. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008y. -264 b.

Download 27,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish