234
(Isro surasi, 22, 24 oyatlar)
321
,
Baqara surasi, 83-oyatida esa:
“Va odamlarga
yaxshi gaplar ayting”,
– deya ko‘rsatilgan.
322
Islom olamida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas kitob Hadisi
Sharifdir. Sharif degan so‘z arabcha bo‘lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni
anglatadi. Qur’oni Karimni Kalomi Sharif deb ham ataydilar.
Shuningdek, sharif
unvoniga sazovar bo‘lgan shaharlar ham bor: Shom, Bog‘dod, Quddus, Mozor,
Buxoroyi sharif. Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari,
qilgan ishlari,
shuningdek, payg‘ambar alayhissalom boshqalarning biror ishini ko‘rib, uni ma’n
qilmagan bo‘lsalar, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat
esa hadisdir.
Imom Buxoriy payg‘ambar alayhissalomning 600 ming hadislarini jamlab,
shulardan 300 mingini yodlagan. O‘zlarining to‘rt jilddan iborat “Al-Jomi’ as-
sahih” (Bu asar “Sahihi Buxoriy” nomi bilan ham mashhur), ya’ni “Ishonchli to‘p-
lam” nomli kitoblariga 7275 hadisni sahihx deb dalillar asosida isbotlab
kiritganlar.
Olimlarning ta’kidlashicha, “Al-Jomi’ as-sahih” da fiqh, islomiy
marosimlar,
axloq-odob, ta’lim-tarbiya haqida, shuningdek, o‘sha davr tarixi va
elshunosligiga doir ma’lumotlar kiritilgan.
Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-sahih” asarida ijtimoiy ishning an’anaviy
usullariga doir mulohazalar uchraydi. Ulardan ayrimlarini shu o‘rinda
keltirib
o‘tishni joiz deb topdik. Masalan, “Eng avvalo, oilangga sadaqa berg‘il (oilangni
boqg‘il)! O‘zidan orttirib qilingan sadaqa – eng yaxshi sadaqadir!”
323
deyilsa, “Ey
iymon keltirgan bandalar, peshona teri birlan topgan mablag‘laringizdan va biz
sizlarga yerdan undirib berayotgan ne’matlardan sadaqa aylab turingiz!”
324
–
deyiladi. Demak, insonlarni saxovatpeshalikka va saxiy bo‘lishga undaydi.
“Yaxshilik qilmoq yo‘liga o‘tib,
yomonlikdan qaytsin, ana shuning o‘zi
uning sadaqa qilganidir!”
325
– deya esa insonlarni bir-birlariga yaxshilik qilishga va
yomonlikdan qaytishga undaydiki, bu esa xalqimizga xos qadriyat sifatida
ulug‘lanib kelingan. Bu borada Abdulla Avloniy shunday degan edi: «Bu sanagan
yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini
insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini tinglab
amal qilmak, yomonlarini anglab, hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati,
dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub
hissa olmak, yomon va
zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq va millat
foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub ketmakdadur»
326
.
Ma’lumki,
birovni haqqini yemaslik, faqir va kambag‘allarga mehr va
g‘amxo‘rlik qilish kabi odatlarga doir mulohazalar ham uchraydi. Bu haqda Al-
Buxoriy quyidagicha yozadi: “Mol
dunyosini miskin, yetim va musofirlarga
321
Қуръони Карим. - Тошкент: Чўлпон, 1992. – Б. 367.
322
Қуръони Карим. - Тошкент: Чўлпон, 1992. – Б. 168.
Do'stlaringiz bilan baham: