243
holda sotsiologik nuqtayi nazardan kengroq tadqiq va tahlil qilinmaganligi sababli
mavzu dolzarbligicha qolmoqda.
Ijtimoiy ish istiqboli, aniqrog‘i, “ijtimoiy xizmat olishga muhtoj fuqaro →
fan-texnika yutuqlari → ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasasi → ijtimoiy
yordamga muhtoj fuqaroga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi xodim →
ijtimoiy xizmat olishga talab (ehtiyoj) = ijtimoiy siyosat”
tarzidagi murakkab
aloqadorlikka ega aksiologik konseptlardan tarkib topgan. Va ularning har bir
strukturaviy-funksioanl va institutsional mazmundorligi bo‘yicha o‘z mantig‘iga
ega bo‘lib, inson hayotini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Inson oliy qadriyat, uning
talab va ehtiyojlarini qondirish ijtimoiy siyosatning
bosh maqsadi ekanligini
nazarda tutishni taqozo etadi. Bunday aksiologik tasniflarni turli modellarini
keltirish mumkin. V.Bogdan va V.Ivanovlar tasnifida quyidagi konseptlar ajratib
ko‘rsatiladi:
- boshqaruv strategiyasini izlash texnologiyasi;
- ijtimoiy modellashtirish va prognozlash
texnologiyalari;
- axborot kommunikatsiya texnologiyalari;
- tatbiq etish texnikalari;
- innovatsion faoliyat;
- o‘tmish tajribasi + real ijtimoiy vaziyat + mavjud resurslarning holati =
innovatsiyalar
349
.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda innovatsiyalardan foydalanish ijtimoiy
hayotning turli ranglar jozibasiga ega ekanligi jihatidan xilma-xiligini ko‘rsatadi.
Bunda, hududiy va etnomadaniy omillar qatori jamiyatda hukm surayotgan
mafkuraviy jarayonlarga ham bog‘liqdir. Chunki “...jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida: ham individual va ijtimoiy, ham mikro
va makro darajalarda amalga
oshirilayotgan nazariy va amaliy ishlarning mazmun-mohiyati, ahamyati va
ko‘lami, yo‘nalishlari, bosqichlari va usullari,
bu jarayonlarning istiqbollari,
shuningdek, qurilayotgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar xarakteri, ularning
kelgusi taraqqiyot bosqichlari...”
350
bilan bevosita aloqadordir. Shu sababli,
ijtimoiy birdamlik
hissini shakllantirish, ijtimoiy taraqqiyot yo‘li uchun xizmat
qilishini inobatga olish lozim. Chunki bu masala oxir oqibatda siyosiy mazmun
kasb etib, jamiyatda namoyon bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 1-avgust kuni “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Farmoyishida
qayd etilishicha, 2017-yil 1-yanvar holatiga 650284 nafar shaxs
nogiron deb topilgan, ularning 84908 nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil
etadi. Ularga har yili Davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m miqdorida pensiya va
nafaqalar to‘lanadi.
O‘rganishlar sog‘liqni saqlash organlari tomonidan homilador ayollarning 60
foizdan ortig‘i skrining tekshirishlari bilan qamrab olinmaganligini ko‘rsatdi.
Kasalliklar o‘z vaqtida aniqlanmaganligi oqibatida 3568 nafar bola tug‘ma
Do'stlaringiz bilan baham: