Shaxsning shartli kasbiy tuzilmasi. Kasbiy motivatsiya.
130-19EA Rashidov Doston
Reja: 1. Shaxsninig shartli kasbiy tuzilmasi. 2. Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi. 3. Kasbiy psixologiyada motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri. 4. Yoshlarda kasb tanlash va kasb etikasi kategoriyalari.
Shaxsninig shartli kasbiy tuzilmasi. Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma’no topishi, kasbiy jihatdan o‘zini asray olish lozim. Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘z-o‘zini o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini, o‘zini ruyobga chiqarishi, kasbiy hayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib o‘tish bilan bog‘liqdir.
Kasbiy shakllanish
Kasbiy shakllanish - getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro aloqalariga ko‘ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual to‘laqonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy mahoratlar kiradi. Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining psixologik jihati.
Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi. Germaniyada kasbiy ta’limning tuzilmasi.
1-bosqich: Kasbiy ta’limga tayyorgarlikning birinchi yili (nazariy bilimlar
berilib, ushbu kasbga yo‘naltiriladi).
2-bosqich: O‘quvchilar nazariy va amaliy oiladosh kasblar bilan ham tanishib boradilar (tugatilganidan so‘ng, birinchi sinov olinadi).
3-bosqich: Mutaxassislashtirish jarayoni bo‘lib, u imtihon bilan tugallanadi.
Bu tizimda ta’lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarga hamda kasblar
haqida tushunchaga ega bo‘lishlari kerak.
Кasb motivlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi)
Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga chiqarish)
Komformist
Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan)
- 1.Dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
- 2. Ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
- 3. Jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar;
- 4. Borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar:
Yoshlarning mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholashorqali) mustaqil kasb tanlashga o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi.
Yoshlarda kasb tanlash va kasb etikasi kategoriyalari.
Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ngra kasbga yo‘llash kerak.
E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |