222
Individual va tashxisiy-tibbiy modeliga freydistcha urg‘u berish mijozning
vaziyatiga ular ham ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillarni o‘rganish
uchun kam
o‘rin qoldiradi. Ba’zi mualliflar bunday model ijtimoiy ishni hamjamiyatdagi
uning asoslaridan chetlatdi va uning e’tiborini ijtimoiy harakat va ijtimoiy adolatga
yo‘naltirganligini ko‘rsatadilar
296
. Bugungi kunda ijtimoiy ish amaliyotida ham
tashxisiy, ham funksional yondashuv xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Biroq
bugungi kunda mijozning o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va o‘z intilishlarini
amalga oshirish qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsata oladigan va ta’sir ko‘rsatadigan
ijtimoiy muhit umumiy tan olingan hisoblanadi. Mijozning ijtimoiy xodimlar bilan
hamkorlikdagi ishiga yordam beradigan uning
kuchli tomonlari ham muhim, deb
tan olinadi. Shu bilan birga, faqatgina qandaydir kamchiligini tuzatishga va
mijozning alohida muammolarini hal qilishga qaratilgan kamchilikni yo‘qotish
modeli zararli va samarasiz hisoblanadi.
Jahonning barcha mamlakatlarida ham ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bir xil
tushunilmaydi. Ko‘p hollarda ushbu atamaga turlicha mazmun beriladi. Misol
uchun, Finlyandiyada “Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish qonuni”da (1982) ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish deb “ijtimoiy ta’minotni mustahkamlashga hamda alohida inson,
oila, hamjamiyat rivojlanishiga xizmat qilishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar,
yashash uchun mablag‘lar bilan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar va ular bilan
bog‘liq xatti-harakatlar yig‘indisi”
297
tushuniladi.
R.Barkerning “Ijtimoiy ish lug‘ati”da “ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga boshqa
individlarga qaram bo‘lgan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qila olmaydigan insonlar
normal rivojlanishi uchun zarur ehtiyojlarini qondirish uchun aniq ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish”
298
, ‒ degan ta’rif berilgan.
Ijtimoiy xodimlar Milliy Assotsiatsiyasi ijtimoiy ishni “insonlar, guruhlar
yoki hamjamiyatlarga ijtimoiy faoliyatlari uchun imkoniyatlarini
oshirish yoki
tiklash masalasida va ushbu maqsadlarni bajarishga imkon beruvchi ijtimoiy
sharoitlarni yaratishda ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy faoliyat”
299
, ‒
deya ta’riflab, Barkerning tushunchasini biroz kengaytiradi. Ushbu tushunchadan
ijtimoiy xodimlar faqat alohida insonlarga emas, balki butun bir tizimlarga yordam
ko‘rsatishi kelib chiqadi. Ijtimoiy xodimlar kamida ikki turdagi insonlar bilan
ishlaydilar, degan aniq tushuncha ham mavjud: hayotlarini ancha sog‘lom davrga
qaytarishga yordam ko‘rsatish kerak bo‘lganlar (qayta tiklash) va o‘zining hayotiy
sharoitlarini mustaqil yaxshilashga qodir bo‘lganlar (oshirish).
Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Axloq kodeksining kirish
qismida ijtimoiy ishning vazifasi haqida, yuqorida keltirilgan fikrlar bilan bog‘liq
ammo biroz farq qiluvchi qarashni beradi. Ushbu hujjatda “ijtimoiy ishning asosiy
vazifasi inson farovonligini oshirish va ijtimoiy zaif,
jabrlanuvchi hamda nochor
hayot kechiruvchi aholi guruhi ehtiyojlariga va ta’minlanishlariga alohida e’tibor
296
Linda A. Chernus. Social workers: fallen angels or mere mortals? Unfaithful angels: how social work has
abandoned its mission, Harry Specht and Mark Courtney, New York, New York: The Free Press. 1994, $22.95, 209
pp. //Clinical Social Work Journal. Vol. 23, No. 3, Fall 1995.
297
Законодательство зарубежных стран по социальному обслуживанию населения. - М.: Минсоцзащиты
России, 1994. С. 10.
298
Баркер Р. Словарь социальной работы. М.: Институт социальной работы, 1994. С. 113
299
NASW, 1973, p. 4.
223
bilan asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishda yordam ko‘rsatish”
300
ekanligi ta’-
kidlanadi.
1994-yilda Kolomba shahri (Shri-Lanka)da Ijtimoiy ish xodimlar Xalqaro
Federatsiyasi umumiy yig‘ilishda
Do'stlaringiz bilan baham: