219
7-bob. KASBIY AXLOQIY KODEKSLAR: XALQARO TAJRIBA.
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY VA AXLOQIY
KODEKSI YARATILISHI TARIXI
Reja:
1. Axloqiy kodekslar taraqqiyotida ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro
va milliy uyushmalarining roli
.
2. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivojlanishining mumtoz va amaliy
yo‘nalishlari
.
3. Ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini rivojlantirish istiqbollari.
Tayanch so‘z va iboralar:
ijtimoiy ish instituti, institutsionallashuv,
xalqaro tajriba,
xalqaro huquqiy asos, milliy qonunchilik, kasbiy standart va
qadriyatlar, xalqaro kodekslar.
1. Axloqiy kodekslar taraqqiyotida ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro
va milliy uyushmalarining roli
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida “axloqiy qadriyatlar”, “axloqiy prin-
siplar”, “o‘zini tutish standartlari” tushunchalarini hayotga joriy etish XX asrning
30-yillaridan boshlab Yevropaning ko‘plab mintaqalarida faoliyat yuritayotgan
ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining xodimlarini
amaliyotga tayyorlashda
foydalanilgan. Jumladan, Belgiya va Norvegiyada 1920-yilda, Italiyada 1928-
yilda, Ispaniyada 1932-yilda, Isroil va Irlandiyada 1934-yilda, Lyuksemburg va
Portugaliya 1935-yilda, Gretsiya va Daniya 1937-yilda ijtimoiy xizmat turlaridan
foydalanilgan. Chunki ijtimoiy yordamga muhtoj inson va davlat ijtimoiy siyosati
o‘rtasidagi munosabatlarda bu qatlamga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy xizmat,
davlat ijtimoiy siyosatining takomillashuvi Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston
va Misrda ham amal qila boshlandi. 1936-yilda Hindiston hayotida sanoatning
keng miqyosda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan “Tata”
guruhi tashkil etilib,
ular ishlab chiqarish va ijtimoiy fanlar orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga
alohida e’tibor qaratgan. Misrda esa shu yili birinchi marotaba ijtimoiy xizmat
xodimlarini tayyorlovchi kurs tashkil etildi
289
. Bunda xodimlarning axloq
me’yorlari islomiy axloq asosida belgilab qo‘yildi.
Ijtimoiy xizmat, davlat ijtimoiy siyosatini institutsional tarzda amaliyotga
tadbiq etilishida
muhim omil hisoblanib, bunda aholining muhtoj qismi va davlat
munosabatlari muvozanatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-5308-sonli “2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-
quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida,
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar,
birinchi navbatda,
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘ligini saqlashni kuchaytirish, aholini
arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real
289
Агапов А.П. История социальной работы. - М. - Берлин: Директ-Медиа, 2015. - С.167-169.-
http://books.google.com
220
daromadlarini
oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish,
nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash”
290
kabi
masalalar davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Shu sababli, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyotida axloqiy qadriyatlarni
tadbiq etilishidan nafaqat fuqarolar, balki jamiyat va davlat ham manfaatdordir.
“O‘zbekiston davlati o‘z siyosatini ‒ mamlakatda yangicha boshqaruv tizimini
rivojlantirish va bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan
mos ravishda, uning sotsial munosabatlarining negizini tashkil etuvchi guruhlar va
qatlamlarga alohida e’tibor qaratib, ularning maqsad, manfaatlari hamda
muammolarini hisobga olgan holda amalga oshirmoqda”
291
. Bu o‘z navbatida
jamiyatda ijtimoiy birlik hissini shakllantirish uchun amaliy ahamiyat kasb etishi
bilan birga, innovatsiyalarni qo‘llash masalasiga e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yigirmanchi
asrning dastlabki yillarida
ijtimoiy ish shakllangan kasb sifatida tushunilmagan. Aniqrog‘i, u o‘z faoliyatlari
roli va vazifasi bo‘yicha turli qarashlarga ega bo‘lgan uchta turli yo‘nalish
vakillaridan iborat bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: