214
olingan ma’lumotlar o‘rganilganida, ayollarga nisbatan eri tomonidan zo‘ravonlik
ishlatil-gan taqdirda ham bu haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka, shunday
holatlarni yashirishga yoki tibbiyot muassalariga murojaat qilgan taqdirida ham
olgan tan jaro-hatini o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida olganligi bilan izohlashga
harakat qilishadi.
Buning asosiy sababini, ayollarning oilaning buzilib ketishidan
qo‘rqishi, oila sirini tashqariga chiqarmaslikka intilishi deb izohlash mumkin.
Oilada yuzaga kelgan nizoni bartaraf etishda jabrlanuvchining ojiz ahvolda
ekanligi uning jabrlanishiga sharoit yaratadi. Ko‘p hollarda jabrlanuvchilar
o‘zining salbiy
xulq-atvori, axloqi, ma’naviyatsizligini namoyon qilib, jinoyatning
jabrlanuv-chisiga aylanadi. Buning asosiy sababi jabrlanuvchining viktim
(ig‘vogar) xulq-atvoridir.
Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvoriga xos psixologik xususiyatlar:
zo‘ravonning tajovuzkor xulqi darhol yuzaga kelib, o‘z
talablarining baja-
rishlarini xohlaydi;
o‘z jahlini boshqara olmaydi, psixologik zo‘riqish paytida o‘zini nazorat qil-
maydi;
xavotirlik va asabiylik holatini boshqara olmasligi, tajovuzkor xulq-atvoriga
sababchi bo‘ladi;
o‘z aybini tan olmasdan, boshqalarga yuklaydi va o‘zini “jabrlanuvchi” deb
e’tirof etadi. Sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglamaydi;
har qanday tanqidni ko‘tara olmaydi va o‘zi sodir etgan qilmishni huquqbu-
zarlik ekanligini tan olmaydi, o‘zini oqlashga harakat qiladi;
muloqot davomida hech kimga mehr-shafqat ko‘rsatmaydi va muloqotdan
o‘zini olib qochadi;
spirtli
ichimliklar,
giyohvand
moddalarni
iste’mol qilishi uning
tajovuzkorligini yanada oshiradi;
begonalar oldida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib berishga harakat qiladi.
Zo‘ravonlikni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar quyidagilardan iborat:
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan notinch oilalarni o‘z
vaqtida
aniqlash, nizo kelib chiqish xavfi bo‘lgan oilalarga ijtimoiy profilaktika ishini
tashkil etish;
huquqbuzarlik yoki jinoyatlardan jabrlanishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni
aniqlash va ularning zo‘ravonliklardan jabrlanish ehtimolini kamaytirish bo‘yicha
tegishli choralar ko‘rish;
ma’muriy hududda g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etish-
ga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning
hisobi-ni yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish;
ijtimoiy mavqeyi, fiziologik holati, xulq-atvori, hayot tarzi bilan bog‘liq
holda huquqbuzardan jabrlanuvchiga aylanishi xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarni
aniqlash va ularga nisbatan viktimologik profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llash;
huquqbuzarliklarning sodir etilishida jabrlanuvchilarning tutgan o‘rnini
hamda jabrlanishning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash
va bartaraf etish;
215
notinch oilalarda yashayotgan shaxslarning zo‘ravonliklardan jabrlanish
ehti-molini kamaytirish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish;
oiladagi zo‘ravonliklardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar toifa-
larini aniqlash;
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning individual va ijtimoiy psixologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda profilaktika tadbirlarni ishlab chiqish;
oiladagi zo‘ravonlik bilan bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga
doir dasturlar ishlab chiqishva amalga
oshirishda ishtirok etish;
oiladagi ziddiyat va nizolarni aniqlash, tahlil qilish hamda mavjud kuch va
vositalardan foydalangan holda ularni hal etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;
zo‘ravonlik
holatlari, ularni sodir etgan shaxslarni va undan
jabrlanganlarning profilaktik hisobini yuritish hamda bunday ma’lumotlarning
tahlilini amalga oshirish;
zo‘ravonlik va uning bog‘liq huquqbuzarliklarning profilaktikasini bevosita
amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi organlar va muassasalar bilan hamkorlik
qilish;
zo‘ravonlik va unga bog‘liq huquqbuzarliklarning sodir etgan shaxsga
nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmayotgan va ular bilan shafqatsiz
muomalada bo‘layotgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchishaxslarni ota-
onalik huquqidan mahrum qilishto‘g‘risida sud va prokuratura organlariga
taqdimnomalar kiritish;
oiladagi zo‘ravonlik va uning bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan,
ulardan jabrlanganlar bilan ijtimoiy reabilitatsiya qilish
va ijtimoiy moslashtirish
chora-tadbirlarini ko‘rish.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlarini
aniqlash, tegishli chora-tadbirlarni tegishli tashkilotlar hamkorligida amaga
oshirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va
zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni
doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zo‘ravonlikning
kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: