Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Birinchi yo‘nalish vakillari
o‘z kasblari mohiyatini ijtimoiy harakat, deb 
tushunganlar. Bular asosan o‘z mijozlarining uy-joy muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi xodimlar bo‘lganlar. Ular insonlar o‘z maqsadlariga erisha 
olishlari uchun jamiyat o‘zgarishi zarur, deb hisoblaganlar. Ammo ularning 
ishlaridagi asosiy yo‘nalish, baribir, bugungi kunda biz keysvork jarayoni kabi 
ta’riflaydigan individual yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan. 
Ikkinchi yo‘nalish
ko‘p jihatdan birinchi yo‘nalish vakillari qarashlarini 
to‘g‘ri, deb tan oluvchi guruhli xodimlardan tashkil topgan, ammo ushbu guruh 
vakillari aynan guruhlarni insonlarga hayot qiyinchiliklarini yengishda yordam 
ko‘rsatuvchi asosiy manba, deya hisoblaganlar. 
Uchinchi yo‘nalish
mablag‘lar 
to‘plash va xizmatlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan tashkil 
topgan, bu fuqarolik tashkilotlari ishlarining ilk namunasi bo‘lgan. O‘ttizinchi 
yillar boshlariga kelib uchta yo‘nalish – keysvork, guruhli ish va fuqarolik 
tashkilotlari – nazariy mazmunda farq qilishlariga qaramay birlashtiriladi. 
1955-yilda mana shu uchta birlashtirilgan yo‘nalishlar 
Ijtimoiy ish 
xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi 
tashkil etilganidan so‘ng kasb sifatida rasman tan 
olingan, u o‘sha davrda alohida ishlaydigan yettita tashkilotdan tashkil topgan. Shu 
bilan bir qatorda, yagona axloq kodeksi, o‘xshash qadriyatlari, bilimlarning 
umumiy bazasi va ko‘nikmalarning asosiy to‘plamiga ega bo‘lishiga qaramasdan, 
ixtisosliklardan har biri saqlab qolinadi va alohida tan olinadi. 
Birinchi qarashda yuqorida ko‘rsatilgan evolyutsiya jarayoni yengil va tekis 
ko‘rinsa ham, bularning barchasi ko‘plab kelishmovchiliklar, tortishuvlar bilan 
davom etgan. Misol uchun, Abraxam Fleksner 1915-yilda ijtimoiy ishni kasb 
290
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5308-сонли “2017-2021 йилларда Ўзбекистон 
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Фаол 
тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид 
давлат дастури тўғрисида”ги Фармони, 2018 йил 22 январь - http://president.uz 
291
 Алиев Б. Барқарор тараққиёт стратегиясида фуқаролик жамияти ривожланишининг сиёсий ҳуқуқий 
асослари // Ўзбекистонда демократик жараёнларнинг чуқурлашуви–обод турмуш кафолати. Республика 
илмий-амалий конференция мақолалар тўплами. Тошкент: ТДИУ, 2013.-Б. 25. 


221 
sifatida tan olmaydi va tortishadi, chunki u ma’lum shartlarga javob bermagan 
(Austin, 1983). Keyingi 25 yil davomida ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ish mavqeyini 
ko‘tarish yo‘lida ko‘pgina ishlarni amalga oshirdilar. Tibbiyot amaliyotidan 
olingan tashxis modelining qabul qilinishi eng tortishuvli vaziyatlardan biri 
bo‘lgandir. Freyd va boshqa mualliflarning ishlari mijozlarni yaxshiroq tushunish 
uchun go‘yo nazariy asosni berardi. Tashxis maktabi shifokor kasallikning 
sababini aniqlagani kabi asosiy e’tiborni mijozlarda qiyinchiliklar yuzaga kelishiga 
olib kelgan o‘ziga xos sabablarni aniqlashga qaratadi. Inson xulqini tushuntirishga 
uringan nazariyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borgan bo‘lsa ham yana mijozning 
muammolarini “tashxis qilishga” asosiy e’tibor qaratiladi. 
Tashxis maktabi nazariyotchilari o‘z g‘oyalarini rivojlantirar ekanlar 
funksionalizm nomini olgan boshqa bir maktab paydo bo‘ladi. Otto Renk ishlariga 
asoslangan funksionalistik maktab 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish