Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

Kooperativ mulk 
jamoa mulkining ko`p uchraydigan shaklidir. Kooperativ 
xillari ko`p, ular shu xil mulkka asoslangan va keng tarqalgan korxonalardir. 
Kooperativlarga birlashganlarning mulki umumiy va daromadi asosan sarf etilgan 


54
mehnati bilan belgilanadi. Bu guruh asosidagi birlashma bo`lib, hissadorlik 
mazmunida tashkil topadi. Kooperativlarga qo`shilgan mulk bilan bir qatorda shaxsiy 
qatnashuv hal qiluvchi rol o`ynaydi. Har bir kooperativ bozorda mustaqil ishtirokchi 
sifatida faoliyat ko`rasata oladi.
Qo`shma mulk 
– bu mulklarning bir-biriga qo`shilishi tufayli yuzaga keladi. 
Ikki usulda barpo bo`lishi mumkin bo`lgan bu xil mulk mamlakatlarning ichki va 
tashqi imkoniyatlariga bog`liqdir. Chunki qo`shma mulk ichki yirik mamlakatlarning 
bir-birlari bilan qo`shilib ish ko`rishga asoslansa, shu bilan birga mamlakatlararo 
qo`shilish tufayli ham shakllanadi. Shuning uchun ham boshqa xil mulk shakllaridan 
farqli o`laroq, bu mulk xalqaro ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga o`tishda chet sarmoyalarni jalb etish bu 
jarayonni tezlashtirishda juda qo`l keladi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet 
kapitalini jalb etgan xolda qo`shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda, ayniqsa 
Turkiya, Korea Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH kapitallari 
qatnashuvida qo`shma mulklar ko`paymoqda.
Chetki kapital asosidagi qo`shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani 
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shalklantirishda ortib 
boradi. Katta mablag`lar zaruriyati sharoitida qo`shma mulk orqali chet kapitalini jalb 
etish zaruriyatdir. Zero, yuqorida aytib o`tganimizdek, Respublikamiz oldida xalq 
xo`jaligi tuzilishini tubdan o`zgartirish, yangi tarmoqlar yaratish, zamonaviy 
texnologiyani o`zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar o`z-o`zidan katta-katta 
sarmoyalarni talab etadi. Qo`shma mulk esa bu muammoni yechishda katta rol 
o`ynashi turgan gap. 
Qo`shma mulk tufayli jalb etiladigan chet kapitali yangi texnologiyani olib 
kirmoqda. Chunonchi, Korea Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati kapitallari 
asosida yuzaga kelgan qo`shma korxonalar Respublikamiz uchun yangi avtomobil 
sanoatini zamonaviy darajada yuzaga keltirish imkonini bermoqda. 
Xomashyoviylik yo`nalishini bartaraf etib, tayyor mahsulot yaratishni 
o`zlashtirishdan paxtadan kiyim-kechak tayyorlashgacha bo`lgan texnologik ishlab 
chiqarishni yaratishda Turkiya, Korea Respublikasi kabilar bilan yuzaga kelayotgan 


55
qo`shma mulk juda ahamiyatlidir. Bunday jarayonlar kundan-kunga rivojlanib, turli 
mamlakatlar ishtirokida qo`shma mulkni kengaytirish tufayli avj olmoqda. Bundan 
ko`zlangan asosiy maqsad qo`shma mulkning shakllanish jarayoniga chetdan yirik 
kapitallarni jalb etish, uni miqdoriy va hajmiy kengaytirish yo`li bilan yangi 
tarmoqlar barpo etish, zamonaviy texnologiyani qo`llash kabi hajmli sarmoyalarga 
bog`liq masalalarni muvaffaqiyatli bajarilishni tezlashtirishdir. 
Diniy tashkilotlar mulki –
bu faqat diniy bino va inshootlar bilan 
chegaralanmay, balki xo`jalik faoliyati imkon tug`dirgan jamg`armalar, turli 
marosimlardan tushadigan mablag`lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo`jalik 
faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib 
boradilar. Bu mulk faqat diniy yo`lda qo`llaniladi va ishlatiladi.
Aktsioner mulk 
– bu turkumdagi eng salmog`li va ta’sirli shakl bo`lib, keng 
tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo`lib, aktsiya chiqarishga 
asoslangandir. Bu aktsiyalar erkin harakatda bo`ladi, qimmatbaho qog`ozlar qatorida 
savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aktsiyaga ega bo`lganlar shu 
asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida ishtirok 
etish huquqiga ega bo`ladilar. Aktsiyalar uchun korxonalar faoliyatlari natijasiga 
qarab daromad oladilar Bu mulkda ishtirok etish juda ixtiyoriydir. Chunki istagan 
vaqtda aktsiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin. 
Xalq korxona mulki 
– bu shakldagi mulk aktsioner mulkdan kelib chiqadi. 
Chunki aktsiyalar egalari korxonada ishlaydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda 
korxonaning mulkdori huquqiga ega bo`ladilar. Bu korxona faoliyatiga aktsiyaga ega 
bo`lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo`lga kiritadilar. Natijada aktsioner 
korxona daromadidan shu aktsionerlar manfaatdor bo`ladilar. Masalan, AQSHni xalq 
kapitali mamlakati deydilar. Chunki aktsiyaga ega bo`lgan xodimlar korxonalarda 
ko`pchilikni tashkil etadi. 1994 – yilda xalq korxonalarida 11 mln.dan ortiq kishi 
ishlagan va aktsiyalarning 20-50 foizgachasi ishlovchilarning birgalikdagi mulkidan 
iborat bo`lgan. U yerda xalq korxonalari deb ataluvchi xo`jaliklar miqdori ortib 
bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya mazmuni o`zgaradi va mehnatga 
erkli munosabat asos bo`lib hisoblanadi.


56
Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko`rsatadiki, 
bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo`lib, har biri o`ziga xos 
ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti uchun 
zaruriy bo`lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to`ldirib boradi. Shuning 
uchun ham bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va har bir 
mavjud shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin raqobat 
sharoitida amalga oshishi kerak.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish