75
Erkin iqtisodiyotni o`zboshimchalik deb tushunmaslik zarur.
Chunki
tadbirkorlikdagi mustaqillik jamiyat talabiga mos holda, joriy qonun, qoidalar talabi
asosida hamda mavjud belgilangan huquq va majburiyatlar asosida amalga oshadi.
Erkin iqtisodiyot taraqqiyoti, o`z navbatida, asoslarga ega bo`lib, bu avvalo
ko`p shaklli mulkchilik va raqobat sharoitlarining yaratilishida ifodalanadi. O`tish
davrida iqtisodiy asosning negizini davlat
mulkini xususiylashtirish, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish tashkil etadi. Tadbirkorlikni shakllanishi va uning taqdriri shu
jarayonga, uning uslubiga, tezligiga, xajmiga o`xshagan muhim tomonlariga
bog`liqdir. Shuning uchun ham mulkning xususiylashuvi,
uning yakka shaklliligi
hukmronligiga barham berish tadbirkorlik rivojining asosidir.
Ma’lumki, mulkni xususiylash jarayoni aralash iqtisodiyotni yuzaga keltirish
bilan tadbirkorlikka yo`l ochadi. Xususiy tadbirkorlik, birinchi navbatda, oz hajmli
kapital talab etadigan, tez foyda keltiradigan tarmoqlarda rivojlanadi. Bu esa mayda
korxonalarning
avj olishi, bandlik va xalq iste’moli muammolarini hal qilishda juda
qo`l keladi. Hozir respublikamiz sharoitida bu jarayonning ahamiyati cheksizdir.
Oldin bu savdo-tijoriy, umumiy ovqatlanish, xizmat ko`rsatish tarmoqlari kabilardan
boshlanib, o`z navbatida, mayda ishlab chiqarishga o`tadi.
Xususiylashtirishning keyingi qismi o`rta, katta korxonalarni o`z ichiga olib,
asosan hissadorlik, korporativ usullar bilan amalga oshadi.
Bunda avvalo yopiq,
so`ngra ochiq aksiyali jamiyatlarni tashkil etishga o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mulkni xususiylashtirish ayni vaqtda tadbirkorlik uchun zarur bo`lgan raqobat
sharoitlarini yaratib beradi. Shunga ko`ra nodavlat mulklarining shakllanishi xo`jalik
sohasidagi monopollashuvning oldini olish bilan birgalikda olib borilishi zarur.
Monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlik sharoitlarining yaratilishida raqobat
asosiy ta’sir ko`rsatishi kerak. Tadbirkor uchun xo`jalik yuritish raqobat kurashini
olib borish degan so`z. Ishlab chiqarish tashkil etilar ekan, demak, raqobat kurashiga
e’tibor berish zarur, ya’ni ijtimoiy iste’molga to`g`ri kelmaydigan va bozor
tomonidan siqib chiqarilayotgan hodisani e’tiborga olmaslik
va shu asosda ishni
tashkil etmaslikning iloji yo`q. Har bir tovar bo`yicha agarda ko`p miqdorli ishlab
chiqaruvchilar bo`lmasa, raqobat ham bo`lmasligi mumkin, ya’ni monopoliya
76
raqobatni so`ndirishini yuqorida ko`rib o`tgan edik. G`arbdagilarning fikricha raqobat
sharoiti bo`lishi uchun odatda kamida 8-15, lekin 4-5 dan kam bo`lmagan miqdorda
bir xil tovar ishlab chiqaruvchilar bo`lishi talab etiladi.
Tadbirkor uchun infrastrukturaning rivoji rivoji talab etiladi. Chunki ishlab
chiqarish resurslarini qaerdan, qanday usulda olish no`malum bo`lsa, kreditga
ishonch bo`lmasa, tovar xaridorlari noma’lum bo`lsa, reklama bo`lmasa
va aloqa
vositalari past darajada bo`lsa, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: