Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

3.3.1.-chizma
 
Biznes maqsadi
Tovar va 
xizmatlarni 
ishlab 
chiqarish 
Biznesni 
rivolantirish 
Foyda 
Ijtimoiy maqsadlar 


82
tadbirkorlar armiyasini yaratish va tarbiyalash kabilarga katta e’tibor berish, shu 
bilan birga bu sohadagi mavjud va ma’qul jahon tajribalarini qo`lash talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritish, sarmoya, ishlab chiqarish bilan 
bog`liq mulk asosan tadbirkorlar ixtiyorida bo`lgani tufayli ishlovchilar ikkiga, ya’ni: 
tadbirkorlar va yollanuvchilarga bo`linadi. Ma’lumki, tadbirkorlik, ishbilarmonlik har 
kimga ham buyurmaganligi uchun bunday bo`linish, ya’ni tadbirkor va 
yollanuvchilar bo`lish ixtiyoriydir. Ishlovchilarning asosiy qismi yollanuvchilar 
bo`lganligi sababli tadbirkorlar nisbatan son jixatidan kam bo`ladi. Rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti asosidagi mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, tadbirkorlar miqdor 
jixatdan bandlikning 8 foizi ko`pi bilan 9 foizdan oshmaydi. Demak, ish bilan band 
bo`lgan aholi qismining asosiysi yollanma ishlovchilardir. Albatta, ular tadbirkorlar 
va xususiy, davlat, korxona, muassasalarda yollanib ishlovchi shaxslardir. Bu bozor 
iqtisodiyotiga xos, g`oya nuqtai nazaridan biz uchun yangilikdir. Bunday yangi 
xolatga ko`nikish, unga o`rganish va oddiy tabiiy hayotiy talab deb qarash zarur. 
Ishga yollash tadbirkor ixtiyorida bo`lib, u ish manfaati asosida kimni yollash, 
qanchaga yollash, yollanuvchidan qanday va qaerda foydalanish kabi masalalarni o`zi 
xal qilishi kerak.
Tadbirkor va tadbirkorlikning avj olishida bunday xolat to`siq bo`lmasligi va 
bundagi ko`zga tashlanadigan “nohaqlik”ning oldini olish talab qilinib, tadbirkorga 
nisbatan do`stona munosabatda bo`lish haqiqatga to`g`ri keladi. Rivoj topgan 
mamlakatlarla bu muammo ancha yaxshi hal qilinib, ziddiyatlar asosan bartaraf 
etilgan. Tadbirkor – sohibkor bilan yollanma ishchilar o`rtasidagi ziddiyatlar hozirgi 
davrda o`z keskinligini yo`qotgan va jamiyat bu sohada juda ko`p ijobiy ishlarni 
amalga 
oshirib, 
nohaklikni 
asoslari 
yo`qotilib, 
ikki 
tomon 
o`rtasidagi 
kelishmovchilikka asosan barham berilgan. YOllovchi va yollanuvchilar o`rtasida 
kelishmovchilikka nisbatan kelishuv, bir-birini to`g`ri tushunish ustunlik qiladi. 
Qashshoqlanish xolatlarining oldi olingan va manfaatdorlikka yo`l ochilib, tadbirkor 
va yollanuvchilar o`rtasidagi bir-biriga qarshi kurash sabablari deyarli yo`q qilingan. 
Natijada yollanuvchilarning milliy daromaddagi ulushi ortib bormoqda, rivojlangan 
mamlakatlarda u 70-72 foizini tashkil qiladi. Bundan yollanma ishchilarning 


83
daromadlari yuqori darajada va tadbirkorlar hamda yollanuvchilarning manfaatdor 
ekanligini 
ko`ramiz. 
Ilg`or 
mamlakatlarda 
ikki 
tomonning 
bir-biridan 
manfaatdorligini ko`rsatuvchi dalillar ko`p. Aytaylik, tadbirkor – korxona egasining 
daromadi darajasining ishchi ish haqiga ta’siri, sohibkor foydasiga sheriklik, 
yollanma ishchilar ichida aksiya egalarining ko`payishi, ya’ni ishchilarning o`zi 
mulkdorga aylanishi, ish kuchining normalligi, ish kunining qisqaligi, keng hamda 
ijtimoiy himoyaning qo`llanishi, nafaqa, daromad kafolati kabi chora-tadbirlar borgan 
sari takomillashib bormoqda va o`zining samaradorligini mehnat unumdorligining 
o`sib borishida isbotlamoqda. Eng muhimi – bu chora-tadbirlar ishchilarning turmush 
darajasida o`z aksini topmoqda.
YOllovchi bilan yollanuvchilar o`rtasida munosabatning yaxshi bo`lishi, 
sohibkorga to`la ishonch xosil qilish tadbirkorning samarali faoliyatining zarur 
shartidir. 
Shakllanayotgan tadbirkorlar mamlakatimizdagi bozor iqtisodiyotining 
muvaffaqiyatida o`z o`rnini topa bilishlari uchun bu muammoning to`g`ri hal qilinishi 
va yollanuvchilarning tadbirkorlarga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishlari juda 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Tadbirkor o`z mablag`i-kapitali va ish hajmiga ko`ra yirik yoki o`rta, mayda 
bo`lishi mumkin. Bu, albatta korxonalar hajmi, bandlilik darajalarida ifodalanadi. 
Xalqaro o`lchov bo`yicha asos qilib korxonada ishlovchilar soni olinadi. 100 
kishigacha ishlovchisi bor korxona mayda, 100-500 gacha band bo`lganlari o`rtacha 
va undan yuqorilari yirik korxona hisoblanadi. Minglab ishlovchilari bor birlashma 
korxonalar, konsernlar mavjud bo`lib, bular juda yirik-gigant korxonalardir. Ularning 
eglarining mavqei ham yiriklikka qarab belgilanadi. 
Qishloq xo`jaligi, ya’ni agrar sektorni oladigan bo`lsak, fermerlar kamdan-
kam ishchilarni yollaydilar va asosan oila a’zolari bilan barcha xo`jalik ishlarini 
bajaradilar. Mehnat unumdorligi yuqoriligi sababli erkin raqobat davriga oid fermer-
tadbirkorlarning xonavayron holatlari birmuncha qisqarib, ancha turg`unlik mavjud 
bo`lgan. 


84
Yirik tadbirkorlik asosan aksiyali kapital orqali faoliyat ko`rsatadi. Bunda 
tadbirkorlik darajasi yuqori, ish natijasiga nisbatan javobgarlik ham juda katta. Lekin 
bu o`ziga xos afzallik va ustunliklarga ega. Chunki bunda bozorni o`rganish va 
shakllantirish, mehnat, moliya, moddiy sarmoyalardan foydalanish kabilarda 
imkoniyat juda kattadir. Mehnat taqsimoti afzalligidan foydalanish uchun katta 
sharoitlarga ega. Bozor kon’yunktura o`zgarishiga yaxshi moslashadi, mehnat 
ixtisoslashuvini keng qo`llay oladi. Shuning uchun ham yirik tadbirkorning turg`unlik 
darajasi va faoliyat samaradorligi darajasi juda yuqori bo`lishi mumkin.
Tadbirkorlar davlat va kopperativ korxonalarida ham mavjud, ya’ni ular 
umumlashtirilgan mulk sharoitida ham faoliyat ko`rsatadilar. Davlat tadbirkorligi 
ishlab chiqarish, infrastruktura, istiqboli ilmiy texnikaviy tarmoqlarning ish me’yorini 
ta’minlashda zarur. Ma’lumki, iqtisodiyotni markazlashgan holda tartibga solish 
muhtojligi yuzaga kelishi davlatning xo`jalik bilan shug`ullanishi zaruriyatini 
tug`diradi. Uzoq muddatli xarajatlar, markazlashtirish talab etadigan, yirik mablag`lar 
zaruriyati tug`iladigan tarmoqlar, korxonalar o`ziga xos tadbirkorlikni talab etadi va 
bunda davlat qo`l keladi. Kooperativlar mayda tadbirkorlikning birlashuvi natijasida 
yuzaga keladi. Bundagi asosiy maqsad mablag`larni birlashtirish, raqobatga bardoshli 
bo`lish uchun birgalashib ish yuritishdir. Shunday qilib, xususiy tadbirkorlik bilan 
birga davlat va kooperativ tadbirkorligi ham mavjud.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish